So’nggi yangiliklar

08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  5 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  4 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0

ECHL. "Milan" javob uchrashuvida "Napoli" bilan durang qayd etib, ikki o'yin natijasiga ko'ra yarim finalga yo'l oldi! Yangiliklar

ECHL. "Milan" javob uchrashuvida "Napoli" bilan durang qayd etib, ikki o'yin natijasiga ko'ra yarim finalga yo'l oldi!

Teglar :  "Napoli""Milan"ECHL
ECHLning 1/4 finalidan o'rin olgan "Napoli" va "Milan" o'rtasidagi javob uchrashuvida milanliklar o'zlariga kerakli natijaga erishishdi va yarim finalga yo'l olishdi.

"Napoli" – "Milan" 1:1

19 aprel, 00:00 | "San-Paolo"

Napoli – Meret, Di Lorenco, Jezus, Rraxmani (Estigor, 74), Mariu Ruy (Olivera, 34), Lobotka, Zelinski (Raspadori, 74), Ndombele (Elmaz, 63), Politano (Losano, 34), Kvaracxeliya, Osimxen.

Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Krunich, Bennaser, Braim Dias (Junior Messias, 59), Tonali, Rafael Leau (Salemakers, 84), Jiru (Origi, 68).

Ogohlantirishlar: Ernandes (45), Menyan (45), Di Lorenco (45), Olivera (90).

Dastlabki uchrashuv - 0:1

SSC Napoli

Victor Osimhen - 90'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

19/04/2023, 00:00

1
:
1
Tugadi

AC Milan

Olivier Giroud - 43'

Stadion: Diego Armando Maradona, 52728 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
34'  Matteo Politano (Hirving Lozano)
34'  Mario Rui (Mathias Olivera)
45'  Giovanni Di Lorenzo
63'  Tanguy Ndombele (Eljif Elmas)
74'  Piotr Zielinski (Giacomo Raspadori)
74'  Amir Rrahmani (Leo Oestigard)
82'  Khvicha Kvaratskhelia
90'  Victor Osimhen
90'  Giacomo Raspadori
90'  Mathias Olivera
22'  Olivier Giroud
43'  Olivier Giroud
43'  Rafael Leao
45'  Theo Hernandez
45'  Mike Maignan
59'  Brahim Diaz (Junior Messias)
68'  Olivier Giroud (Divock Origi)
84'  Rafael Leao (Alexis Saelemaekers)

90+4. O'yin yakunlandi. "Napoli" ulgurmadi. "MILAN" ESA YARIM FINALDA!

90+3 GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Osimxen boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi .

90+1. Menyandan ajoyib seyv.  Xvicha uzatgan to'pni Raspadori darvozaga yo'llagandi, ammo Menyan o'z o'rnida!

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Uxxxxxx! "Napoli" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Oliveraning bosh bilan bergan zarbasi esa biroz noaniq.

85. Endi "Milan" oldinga bormoqda. Eng yaxshi himoya bu hujum ekanligi milanliklarning hayoliga 85-daqiqada keldi. 

84. O'zgarish. Rafael Leau o'rniga Salemakers maydonga tushirildi.

81. Mayk Menyan!!! Xvicha Kvaracxeliya penaltidan unumli foydalana olmadi. "Milan" darvozaboni Mayk Menyan to'pni qaytardi. Intriga qaytmaydigan bo'ldi.

80. PENALTI! "Napoli" tepadi! Intriga qaytishi mumkin! Gol urilishi kerak buning uchun. 

75. O'zgarishlar. "Napoli" ikkita almashtirish qilmoqda: Rrahmani va Zelinski ketdi. Ularning o'rniga Ostigard va Raspadori maydonga tushdi.

73. Saaaal xavfli vaziyat (s). "Napoli" yana bir hujum uyushtirdi va bosh bilan darvozaga zarba berildi. Biroz noaniq. 

72. Zarba berish navbati Zelinskida. To'p yana darvozadan baland ketdi. 

69. Rafael Leau xohlaganini qilmoqda. "Milan" forvardi chalqancha zarba berishga urinib ko'rdi, ammo o'xshamadi. O'xshaganda bormi...

68. O'zgarish. Hozircha yagona bo'lib turgan gol muallifi Olive Jiru maydonni tark etdi. Uning o'rniga o'sha mashxur Divok Origi uchrashuvni davom ettiradi.

63. O'zgarish. Tanguy Ndombele o'rniga, Elif Elmas o'yinga qo'shildi. 

60. Zarbaaa! Bu safar Irving Losano urinib ko'rmoqda. To'p yana tepaga uchib ketdi.

59. O'zgarish. Braim Dias o'rniga Junior Messias maydonga tushdi. 

58. Xvichadan zarbaaa! "Milan"ning ikki himoyachisi ichidan chiqib kelgan Kvaracxeliya zarbada yana adashdi!

53. "Napoli" har doimgidek faol, lekin jamoaga qandaydir bog'lamlar etishmayapti. Faollik bor, keskinlik yo'q.

50. Leau to'xtamayapti! Rafael yana bir reydni amalga oshirdi va jamoadoshiga to'pni uzatdi, ammo "Napoli" himoyachilari ushbu vaziyatni yo'qqa chiqarishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus! Birinchi bo'lim yakunlandi. "Napoli" bugun ham aynan birinchi o'yindagi xatoni takrorladi: taym davomida muntazam hujum va taym oxirida qarshi hujumdan gol o'tkazib yuborish. Rafael Leau bu o'yinda ham, xuddi o'tgan galgisi kabi "Napoli"ning butun himoyachilaridan o'tib ketmoqda. Bu safar esa vaziyat gol bilan yakunlandi. "Napoli" esa jarohatlar sabab birinchi bo'limdayoq ikki majburiy o'zgarishga qo'l urdi. 

45+7. Ogohlantirish. Di Lorenzo "Milan"ning taym oxiridagi hujumini to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

45+6. Ogohlantirish. Burchak zarbasidan oldin hakam Mayk Menyanga sariq ko'rsatdi. Sababi nomalum, katta ehtimol etiroz uchun. 

45+3. Osimxon gol kiritgandi. Biroq, hujum payti Viktor qo'li bilan o'ynagani malum bo'ldi. Gol emas. 

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rafael Leau yarim maydonni bosib o'tib, barcha himoyachilarni aldab, to'pni Olive Jiruga oshirdi. Rafael Leau 99% ishni bajargan hujumda Jiru gol urmoqda!

41. Ogohlantirish. Sandro Tonali qo'polligi sabab ogohlantirildi.

42. Ndombele chamasi 20 metrlardan muxlislar o'tirgan tribunalarni nishonga oldi. Eng tepadagi tribunalarni. 

39. Jarohatlarga boy bo'lim. Endi Olive Jiruga yordam ko'rsatildi. Losano Jiruning oyog'ini to'p deb o'yladi va kuchli zarba berdi.

37. VAR "Napoli" foydasiga penalti qo'yishi mumkin edi, ammo videotakrorlardan so'ng "Milan" himoyachisi to'pga o'ynagani malum bo'ldi.

34. "Napoli"ga nima bo'lmoqda?  Mario Ruy ham jarohat sabab maydonni tark etdi. Ruyning o'rniga Matias Oliveyra maydonga tushdi. 

34. Ha, Politano almashtirilmoqda. Uning o'rniga Irving Losano maydonga tushdi.

31. Politano jiddiy jarohat olgan bo'lishi mumkin. Futbolchi to'p uchun kurashda tizzasini jarohatlab oldi va maydon chetida yotibdi.

28. ZARBAAAAA! Jiru "Napoli" himoyachilarini aldab, darvozaga xavfli zarba yo'lladi.  Biroq, Jiruning yo'lidan har safar Aleks Meret chiqmoqda! Ajoyib seyv.

26. "Napoli"dan zarba!  Zelinski qulay imkoniyatda turib bergan zarbasi to'g'ri Menyanning qo'liga kelib tushdi.

22. Aleks Meret! "Napoli" darvozaboni Olive Jiru tomonidan tepilgan penaltini qaytardi va hozircha qahramonga aylanmoqda!

21. Penalti! "Milan" 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llaydi. Mario Rui Rafael Leauga nisbatan qoidani buzdi.

20. Zarbaaaaa! Politano xavfli zarba, biroq to'p shundoqqina darvoza yonidan o'tib ketdi.

7. "Napoli" burchak to'pini amalga oshirdi. To'p himoyachi tomonidan qaytarildi. 

6. Mario Ruining jarima zarbasidan bergan to'pi jonli devor tomonidan bloklandi. 

5. "Napoli" shundoqqina jarima maydoni tashqarisidan jarima zarbasiga ega bo'ldi. 

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun sizlar bilan "Napoli" va "Milan" o'rtasidagi ECHL chorak final javob uchrashuvini birgalikda kuzatamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика