So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

ECHL: MYU Parijda, "Yuve" Kievda, "Borussiya" Rimda mehmon bo'lsa, "Barsa" o'z uyida o'ynaydi (prevyu) Yangiliklar

ECHL: MYU Parijda, "Yuve" Kievda, "Borussiya" Rimda mehmon bo'lsa, "Barsa" o'z uyida o'ynaydi (prevyu)

Teglar :  ECHL Prevyu
Evrofutbol ixlosmandlari kutgan onlar yaqin! Bugun "ko'hna qita"ning klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqasi start oladi.

CHempionlar Ligasining bir qator ishtirokchilari turnirning guruh bosqichi 1-tur o'yinlarini o'tkazishadi: Pirlo boshchiligidagi "Yuventus" Kievda Mircha Lucheskuning "Dinamo"si bilan o'ynasa, Messi Kataloniyada Sergey Rebrov jamoasini sinovdan o'tkazadi, Neymar esa "Manchester Yunayted"dan revansh olishga urinib ko'rsa, ajab emas. Bugun quyidagi o'yinlar o'tkaziladi (boshlang'ich muddatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan):

E guruhi: "Renn" - "Krasnodar" (00:00)

E guruhi: "CHelsi" - "Sevilya" (00:00)

F guruhi: "Zenit" - "Bryugge" (21:55)

F guruhi: "Lacio" - "Borussiya" Dortmund (00:00)

G guruhi: "Dinamo" Kiev - "Yuventus" (21:55)

G guruhi: "Barselona" - "Fenerbaxche" (00:00)

H guruhi: PSJ - MYU (00:00)

H guruhi: "Leypcig" - "Istanbul Bashakshexir" (00:00).

"CHelsi" - "Sevilya"

Londonning "CHelsi" klubi turnirdagi so'nggi 4 ishtirokini 1/8 final bosqichida yakunlashga majbur bo'lgan. Transfer taqiqi va Eden Azarning ketishi tufayli o'tgan mavsum uchun nimchorak final yomon natija emasdi. Joriy mavsum Roman Abramovich ko'prog'ini xohlashi tayin. "Aristokratlar" uchun musobaqa oson boshlanmasligi aniq. "CHelsi" 1-turni "Stemford Bridj"da ancha jiddiy raqibga qarshi o'tkazadi – "Sevilya" (Evropa Ligasining amaldagi g'olibi). Katta ehtimol bilan mazkur ikki jamoa yakunda "E" guruhi g'olibiligi uchun kurash olib borishadi.

Klublar "Stemford Bridj"dagi o'yinga alo kayfiyatda etib kelishmadi. Frenk Lempard jamoasi Angliya premer-ligasi 5-turida "Sautgempton" bilan durang o'ynab qo'ygan bo'lsa, "Sevilya" La Liga 6-turida "Granada"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Xulen Lopetegi shogirdlarining muvaffaqiyatsizligini o'sha bahsga eksperimental tarkib tushirilgani va birinchi bo'lim oxirida jamoaning bir kishi kam bo'lib qolgani bilan izohlash mumkin. Ispaniyalik mutaxassis jamoa etakchilari Lukas Okampos, Lyuk de Yong va Markos Akunyani aynan "CHelsi"ga qarshi o'yin uchun saqlab qo'ygan edi. Umuman olganda, andalusiyaliklar yangi mavsumda ham yaxshi o'yin ko'rsatyapti. "Bavariya"ga qarshi UEFA superkubogi uchun bahs (1:2) va "Barselona" bilan o'yin (1:1) so'zimizning isboti bo'la oladi.

Yo'qotishlarga kelsak, Billi Gilmor va Edurd Mendi bugun "CHelsi"ga yordam berolmaydi. Xulen Lopetegi esa Jyul Kunde, Nemanya Gudel, Ussama Idrissi va Joris Nyanon singari futbolchilar xizmatidan foydalanolmaydi.

Taxminiy tarkiblar

"CHelsi": Kepa Arrisabalaga - Ris Jeyms, Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Ben CHiluell - Ngolo Kante, Jorjino, Hakim Ziesh, Kay Xaverc, Meyson Manunt - Timo Verner (4-5-1).

"Sevilya": Yassin Bunu - Xesus Navas, Serxi Gomes, Diego Karlos, Markos Akunya, Joan Jordan, Ferando, Ivan Rakitich, Suso, Lyuk de Yong, Lukas Okampos (4-3-3).

"Lacio" - "Borussiya" Dortmund — Immobile uchun ahamiyatli o'yin

Rimliklar etakchisi CHiro Immobile o'tgan mavsum "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi (36 gol). Italiyalik hujumchi uchun "Borussiya" begona emas. U 2014 yilda "Bavariya"ga o'tib ketgan Robert Levandovskining o'rnini to'ldirish uchun Dortmundga olib kelingan edi. Biroq, Germaniyada CHironing ishlari yurishmadi. Nemis klubi 34 o'yinda 10 ta gol urgan forvaddan voz kechdi. Bugun Immobileda sobiq jamoasi rahbarlariga o'ziing nimalarga qodirligini isbotlash imkoniyati bor. 

"Lacio" bu o'yinga juda yomon kayfiyatda etib kelmoqda. Rimliklar A Seriya 4-turida "Sampdoriya"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (3:0). "Borussiya" esa 17 oktyabr kuni "Xoffenxaym" maydonida g'alaba qozongan edi (1:0).

Yo'qotishlarga kelsak, "burgutlar" ustozi Simone Inzagi faqat 38 yoshli Pepe Reynaning xizmatlaridan foydalanolmaydi. Nemislarda bu ro'yxat uzunroq: SHmelcer, SHulc, Akanji, Zagadu, Torgan Azar, Jovani Reyna,  Rasshl.

Taxminiy tarkiblar

"Lacio": Tomas Strakosha - Patrik Gabarron, Franchesko Acherbi, Uesli Xudt - S. Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Muhammad Fares, Marko Parolo, Luis Alberto - CHiro Immobile, Xoakin Korrea (3-5-2).

"Borussiya": Roman Byurki - Lukash Pishchek, Mats Xummels, Tomas Delayni - Tomas Mene, Jud Bellingem, Aksel Vitsel, Rafael Gerreyru, Marko Roys - Sancho, Xoland (3-5-2).

"G" guruhi

"G" guruhi g'olibligi uchun "Barselona" va "Yuventus" kurash olib boradi. Bugun kataloniyaliklar o'z maydonida Sergey Rebrov boshchiligidagi "Ferencvarosh"ni qabul qilsa, turinliklar Kievda mehmon bo'lishadi. Eslatib o'tamiz, "keksa sinora" etakchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalingani tufayli o'zini-o'z yakkalagan va Ukrainaga kelmadi. 

"Yuventus" so'ngi bor bundan 18 yil muqaddam "Dinamo" bilan to'qnash kelgan. Eng qizig'i, o'shanda hamyurtimiz Maksim SHackix italyanlar darvozasini ishg'ol qilgan edi. Ushbu guruhda o'tkaziladigan har ikki o'yinda yaqqol favorit bor. Ammo ikkala favorit ham milliy chempionat so'nggi turida muvaffaqiyatsizlikka uchradi ("Barsa" "Granda"ga engildi - 1:0, "Yuve" "Krotone" bilan durang o'ynadi). Balki, bugun sensaciyalar guvohiga aylarmiz...

PSJ - MYU

Mazkur jamoalar so'nggi bor 2019 yilning 7 martida to'qnash kelishgan. O'shanda uchrashuvning 90+4 daqiqasida belgilangan shubhali penaltini Markus Reshford golga aylantirgan va "Manchester Yunayted"ni ECHL chorak finaliga olib chiqqandi. O'sha o'yinni muxlislar orasida tomosha qilgan Neymarning emociyasi yodingizdami? Bugun parijliklar alamli mag'lubiyat uchun revansh olishga urinib ko'rishadi. Biroq, bugun Tomas Tuxel jamoasida yo'qotishlar etarlicha: Bernat, Kerer, Verratti, Paredes, Ikardi, Markinos (?), Draksler (?). Ingliz klubi ham bunday muammolardan holi emas. Bugun "qizil iblislar"ga Bayi, Grinvud va jamoa sardori Xarri Maguayr yordam berolmaydi. SHuningdek, Edinson Kavani ham Parijga olib kelinmagan. "Park de Prens"da o'tkaziladigan uchrashuv afisha jihatidan kunning markaziy o'yini hisoblanadi. Maydonda nimalar bo'lishini esa bir necha soatdan keyin kuzatishimiz mumkin.

Taxminiy tarkiblar:

PSJ: Keylor Navas - A. Florenci, Abdu Diallo, P. Kimpembe, Kurzava - Idrissa Geye, A. Errera, Rafinya - Di Mariya, Mbappe, Neymar (4-3-3).

MYU: De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Tuanzebe, Telles - Maktominey, Pogba, Mata, Fernandesh - Reshford, Marsyal (4-4-2).

Qadrli muxlis, ushbu uchrashuvlar atrofidagi xabarlar kun davomida etiboringizga havola qilib boriladi. SHuningdek, "CHelsi", "Yuventus", "Barselona" va "Manchester Yunayted" ishtirokidagi o'yinlar saytimiz xodimlari tomonidan matnli translyaciya qilinadi. Championat.asia'ni kuzatishda davom eting!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика