So’nggi yangiliklar

09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  9 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  0 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  0 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  3 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2

ECHL. Messi Buffon darvozasiga "kalit" topdi, "CHelsi"dan gollar-shousi yoxud 1-tur haqida Yangiliklar

ECHL. Messi Buffon darvozasiga "kalit" topdi, "CHelsi"dan gollar-shousi yoxud 1-tur haqida

Evropa chempionlar ligasi 1-tur yakunlari haqida to'xtalamiz.


Bu yilgi mavsum ancha samarador boshlandi. Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng ko'p gol urilgan 1-tur sifatida qayd etildi.

Dastlabki turda nafaqat qiziqarli o'yinlar ko'p bo'ldi, balki kutilmagan natijalar ham qayd etildi.

Dastavval "A" guruhiga nazar solamiz.


"Manchester Yunayted"ni ECHLga qaytargan Mourinyu ilk bahsda "Bazel" qarshiligini ortiqcha qiyinchiliksiz engdi. "Old Trafford"dagi bellashuvda mezbonlar "Bazel"ning himoyasidagi bo'shliqlardan unumli foydalandi.
Narigi o'yinda esa CSKA Portugaliyada "Benfika"ni mag'lub etishga erishdi. Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib aytganda, "harbiylar"ni ushbu natijasi ko'pchilikni hayron qoldirdi.
CSKA uchun ECHL ancha omadli boshlandi. Ushbu g'alaba ularni guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin oshirdi. CHunki ushbu "kvartet"dagi raqiblar fonida CSKAga autsayder sifatida qaralayotgandi. Endi esa CSKAga bo'lgan munosabat va hurmat yaxshi tarafga o'zgargani aniq.


"B" guruhida kutilmagan natijalar qayd etilmadi. Bu erda guruh etakchilari kutilganidek katta ustunlik bilan o'z raqiblarini dog'da qoldirishdi.
"Bavariya" o'z uyida "Anderlext"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda gollar soni yanada ko'p bo'lishi mumkin edi. Biroq "Bavariya" futbolchilari yaratilgan ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. SHunga qaramay, myunxenliklar ilk bahsni o'z foydalariga hal etishdi.

Guruhdagi ikkinchi bellashuvda PSJ SHotlandiyada "Seltik"ni "kaltakladi". Neymar, Mbappe va Kavani "trio"si dahshatli muhitda mezbonlarni uyaltirib qo'yishdi. Ushbu o'yinda yozgi transfer bozorida xarid qilingan futbolchilar PSJga naf keltirishdi. Bu to'qnashuvda "Seltik" PSJga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi. Bu guruhda qaysi jamoalar favorit ekanligi va kimlar chiqishi deyarli aniq edi. Birinchi tur esa ushbu fikrlar naqadar haqligini amalda isbotladi. Bu erda barchasi aniq. "Bavariya" va PSJ ikkita yo'llanmani o'zaro bo'lishib olishi kundek ravshan. "Anderlext" hamda "Seltik" Evropa ligasida o'z ishtiroklarini davom ettirish uchun kurashib ko'rishlariga to'g'ri keladi.
Ikkita etakchi jamoalar ilk o'yindayoq yirik g'alabani rasmiylashtirdi.


"C" guruhida uchta kuchli jamoalar o'rtasiga tushib qolgan "Qorabog'" Londonda "CHelsi" tomonidan sharmandali hisobda taslim etildi. Antonio Konte ikkinchi tarkib bilan ozarboyjonlik raqiblarini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi. Rimda o'tgan taktik kurashda esa "Roma" va "Atletiko" jamoalari g'olib nomini aniqlay olishmadi. Jamoalar nursiz durangga imzo chekishdi. "Yopiq" o'yini bo'lishi taxmin qilingan bahsda har ikkala jamoa ehtiyotkorlik bilan o'ynadi va eng asosiy vazifalari, yani mag'lubiyatga uchramaslikni uddalashdi. Qo'lga kiritilgan bittadaon ochko hech kimni qattiq ranjitmadi.
SHuni alohida qayd etish kerakki, ECHLning 1-tur uchrashuvlari orasida faqatgina shu bellashuvda muxlislar gol ko'rishmadi.


"D" guruhidagi o'yinlarda nihoyat ko'pchilik kutgan voqea sodir bo'ldi. Lionel Messi bu safar Buffon darvozasini ishg'ol etishga erishdi. "Barselona" esa "Yuventus"dan o'tgan yilgi mag'lubiyat uchun revansh oldi.
Kataloniyada "Barselona" va "Yuventus" o'zaro to'qnash kelishdi. Tarkibdagi bir qator yo'qotishlar ushbu o'yinda "Yuventus"ga qimmatga tushdi.
Kellini, Markizio, Xedira, Kuadrado va Manjukichning yo'qligi Allegriga ortiqcha muammolarni taqdim etdi. "Barselona" uchun esa raqibning ushbu muammolaridan unumli foydalandi va uchrashuvda katta ustunlikka erishib, haqli ravishda yirik hisobda g'alabani tantana qildi.
Leo Messi esa Buffon darvozasini qulfiga kalit topdi.
Guruhdagi boshqa o'yinda esa Greciyada "Sporting" "Olimpiakos"ni ranjitdi. Bu g'alaba portugaliyaliklarni pley-offdagi ikkita yo'llanmadan bittasiga kurashib ko'rishlari uchun imkoniyatlarni ochdi.
"Yuventus" esa ECHLdagi startni ko'ngildagidek boshlay olmadi. Buyog'iga ularni xato qilishga haqlari qolmadi. Aks holda "Sporting" ikkita yo'llanmadan bittasini ulardan "ilib" ketishi mumkin.
Birinchi turda ushbu guruhda faqatgina "Yuventus" gol urishni uddalay olmadi.


"E" "kvarteti"dagi har ikkala o'yinda durang qayd etildi.
ECHLni sog'inib "Enfild"ga kelgan muxlislar o'z suyuklilarining g'alabasiga guvoh bo'lishmadi. "Liverpul" "Sevilya" bilan bo'lgan bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Gollarga boy bo'lgan o'yinda g'alaba qozonish hech kimga nasib etmadi.
"Liverpul"ning himoyadagi o'yini yakunda yana jamoaga qimmatga tushdi. Hujumdagi o'tkirlik va himoyadagi betartib o'yin jamoaning natijalarining muvozanatini buzib qo'ymoqda.  

Sloveniyada kechgan "Maribor" hamda "Spartak" o'rtasidagi bellashuvda ham g'olib aniqlanmadi. "Spartak" o'yinda bir qator vaziyatlar yaratgan bo'lishiga qaramasdan, ularning faqatgina bittasidan unumli foydalandi. Uchrashuv so'nggidagi birgina qo'pol xato esa og'izdagi oshni oldirib qo'yishlariga sabab bo'ldi.

Bu guruhda hozircha hech bir jamoa boshqalardan yaqqol ajralib chiqmadi. Turnir jadvalida ham barcha bir qatorda ketma-ket joylashgan.


"F" guruhda esa "Manchester Siti" shovqin ko'tardi. Gollandiyada mehmon bo'lgan "Siti" "Feyenoord" darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi. O'yinda ham juda katta ustunlik bilan harakat qilgan "shaharlik" uchun raqib kutilgan xavfni tug'dira olmadi.
Ukrainada esa "SHaxtyor" kutilmaganda "Napoli" ustidan g'alaba qozondi. Doneckliklarning o'z uyida qanday o'yin ko'rsatishlari inobatga oladigan bo'lsak, "Napoli"ni Ukrainada mag'lubiyatga uchragani sensaciya hisoblanmaydi. Ammo jamoalarning darajasi va tarkibdagi ijrochilardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ko'pchilik "Napoli"ni safardan kamida bir ochko bilan qaytashlarini kutgandi. Ammo "SHaxtyor"ning ajoyib o'yini ushbu taxminlarni chipakka chiqardi.
Birinchi turdan keyin "Siti" hamda "SHaxtyor" guruhda peshqadamlikni qo'lga olishdi.


Teng kuchli jamoalar jamlangan "G" guruhida "Beshiktosh" birinchi turdan keyin yakka peshqadamga aylandi. Gunesh boshchiligidagi "Beshiktosh" Portugaliyada "Portu"ni mag'lub etishni uddaladi. Tarkib jihatdan ancha boyigan hamda tajribali ijrochilarga o'z safiga qo'shib olgan "Beshiktosh" har qanday jamoaga jiddiy chorlov tashlashga tayyor ekanligini ko'rsatdi.
"Portu"dek jamoani safarda mag'lub etishni grandlar jamoalardan boshqa istalgan klub uddalashi juda qiyin masala. Ammo bu ishni "Beshiktosh" uddaladi.
ECHLda yangi hisoblangan "Leypcig" uchun debyut omadli chiqmadi. Jamoa o'z maydonida o'tgan yili grand jamoalarni qo'rqitgan "Monako"ni qabul qildi. Asabiy kechgan bahsda avvaliga "Leypcig" hisobni ochgandi, ammo bir daqiqa o'tib o'z darvozasidan gol qo'yvordi. Natijada esa jamoalar ilk turda bir ochkodan ishlab olishdi.


Oxirgi "H" guruhida amaldagi ECHL sohibi "Real" o'z uyida APOELni qabul qildi. Ronaldu kichik tanaffusdan so'ng nihoyat yashil maydonga qaytdi va o'z chanqog'ini ikkita gol bilan qondirdi. SHuningdek, Ramos urgan shedevr gol "Real"ni yirik g'alabasini taminladi. Amaldagi g'olib uchun start omadli chiqdi.
Londonda esa turning markaziy bahslaridan biri o'tkazildi. "Tottenxem" Peter Bosh boshchiligidagi "Borussiya"ni mehmon qildi. O'yin bobida dortmundliklar "Tottenxem" ancha yaxshi o'ynashganiga qaramasdan, g'alaba "taqachilar"ga nasib etdi. "Tottenxem"ning birinchi bo'limdagi ikkita qarshi hujumi gol bilan yakunlandi. Dortmund darvozaboni Byurki ikki bor yaqin burchakdan gol o'tkazib yubordi.
Uning bu xatosi yakunda jamoasi uchun qimmatga tushdi. "Borussiya" esa jamoaning qanday kuchga va potencialga ega ekanligini amalda ko'rsatdi. Bir vaziyatda yon hakam "Borussiya"ning toza golini inobatga olmadi. Yo'q joydan o'ylab topilgan offsayd yakunda "Borussiya"ni durang qayd etish imkoniyatidan ham mahrum qildi.
Natijada "Tottenxem" markaziy o'yinda omad evaziga g'alaba qozondi va o'z hisobiga dastlabki uch ochkoni yozdirib qo'ydi.


ECHL, 1-tur.

"A" guruhi
"Benfika" - CSKA 1:2
"Manchester Yunayted" - "Bazel" 3:0

"B" guruhi
"Bavariya" - "Anderlext" 3:0
"Seltik" - PSJ 0:5

"C" guruhi
"CHelsi" - "Qorabog'" 6:0
"Roma" - "Atletiko" 0:0

"D" guruhi
"Barselona" - "Yuventus" 3:0
"Olimpiakos" - "Sporting" 2:3

"E" guruhi
"Liverpul" - "Sevilya" 2:2
"Maribor" - "Spartak" 1:1

"F" guruhi
"Feyenoord" - "Manchester Siti" 0:4
"SHaxtyor" - "Napoli" 2:1

"G" guruhi
"Portu" - "Beshiktosh" 1:3
"Leypcig" - "Monako" 1:1

"H" guruhi
"Real" - "APOEL" 3:0
"Tottenxem" - "Borussiya" D 3:1


Evropa chempionlar ligasining 1-turida jami 54ta gol kiritildi. Bu esa rekordga sababchi bo'ldi.
O'tkazilgan 16 o'yindan 7tasida mezbon jamoalar g'alaba qozondi, 5ta bahsda esa g'alaba mehmonlarga nasib etdi. Qolgan 4ta uchrashuvda esa durang qayd etildi.
"Yuventus", "Roma", "Atletiko", "Qorabog'", "Seltik", "Anderlext", "Bazel", APOEL hamda "Feyenoord" jamoalariga hozircha gol urish nasib etmadi.
O'z darvozasi daxlsizligini saqlab turgan jamoalar soni esa 9tani tashkil qiladi. "Barselona", "Roma", "Atletiko", "CHelsi", PSJ, "Bavariya", MYU, "Real" hamda "Manchester Siti" darvozalari hali ishg'ol etilgani yo'q.


Birinchi tur statistikasi:
Darvoza tomon eng ko'p zarba yo'llagan jamoa: "Bavariya" (11)
Eng ko'p aniq to'p uzatma: PSJ (778)
To'p bilan muomala qilish bo'yicha eng yaxshi natija: "Bavariya" (75,7%)
Eng ko'p gol urgan jamoa: "CHelsi" (6)
Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa: "Qorabog'" (6)
Eng qo'pol jamoa: "Feyenoord", "Yuventus" (4ta sariq kartochka)
Turning eng yaxshi futbolchisi: Lionel Messi (9,46 ball)
Darvozaga eng ko'p xavf solgan futbolchi: Ronaldu, Kavani, Messi, Insine, Levandovski, Lukaku (3tadan zarba)
Eng faol futbolchi: Frank Riberi (jamoadoshlariga o'tkir to'p uzatma - 6)
Eng ko'p aniq to'p uzatma: Marko Veratti (147)
Eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabon: Alisson ("Roma"- 9)



ECHL, 1-tur ramziy terma jamoasi 4-3-3:
Darvozabon: Alisson ("Roma")
Himoyachilar: Zappakosta ("CHelsi"), Stounz ("Manchester Siti"), Ramos ("Real"), Eshli Yang (MYU)
Yarim himoyachilar: Stepanenko ("SHaxtyor"), Alkantara ("Bavariya"), Taliska ("Beshiktosh")
Hujumchilar: Neymar (PSJ), Messi ("Barselona"), Keyn ("Tottenxem")


Barcha guruhdagi holat


Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика