ECHL. Mavsumning ramziy jamoasi elon qilindi. Ro'yxatda "Yuventus" va "Real" vakillari yo'q
28 avg 2020 22:30
Yangiliklar


ECHL. Mavsumning ramziy jamoasi elon qilindi. Ro'yxatda "Yuventus" va "Real" vakillari yo'q
UEFA Evropa CHempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining ramziy jamoasini elon qildi.
Ro'yxatga 23 nafar futbolchi kiritilgan. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Manuel Noyer ("Bavariya"), Yan Oblak ("Atletiko"), Antoni Lopesh ("Lion");
Himoyachilar: Alfonso Devis, Yozua Kimmix, David Alaba (barchasi – "Bavariya"), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Dayo Upamekano ("Leypcig"), Anxelino ("Man Siti" / "Leypcig");
Yarim himoyachilar: Tiago Alkantara, Leon Goretcka, Tomas Myuller (barchasi – "Bavariya"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Ussem Auar ("Lion"), Marsel Zabitcer ("Leypcig"), Markinos (PSJ), Alexandro Gomes ("Atalanta");
Hujumchilar: Serj Gnabri, Robert Levandovski (ikkalasi – "Bavariya"), Kilian Mbappe, Neymar (PSJ), Lionel Messi ("Barselona"), Raxim Sterling ("Manchester Siti").
O’xshash yangiliklar

Fikrlar