So’nggi yangiliklar

11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16

ECHL. "Manchester Yunayted" Bundesliga peshqadamini yanchib tashladi, Reshforddan xet-trik Yangiliklar

ECHL. "Manchester Yunayted" Bundesliga peshqadamini yanchib tashladi, Reshforddan xet-trik

"Old Trafford"da ECHLning 2-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Leypcig" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Manchester Yunayted" (Angliya) – "RB Leypcig" (Germaniya) 5:0

"Old Trafford"

Gollar: Grinvud (21), Reshford (74), Reshford (78), Marsyal (87), Reshford (90+2).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka (Tuanzebe, 83), Maguayr, Lindelef, SHou, Fred, Pogba (Kavani, 82), van de Bek (Fernandesh, 68), Matich (Maktomini, 63), Grinvud (Reshford, 63), Marsyal.

"RB Leypcig" – Gulachi, Xenrixs (Sabitcer, 63), Konate, Upamekano, Anxelino, Olmo, Nkunku (Sarlot, 66), Forsberg, Kampl, Xalstenberg, Poulsen.

Ogohlantirish: Matich (34), Sabitcer (86).

CHetlatish:

Manchester United

Mason Greenwood - 21', Marcus Rashford - 74', Marcus Rashford - 78', Anthony Martial - 87', Marcus Rashford - 90'

Champions League Grp. H . 2-tur

29/10/2020, 00:00

0
:
5
Tugadi

RB Leipzig

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Matej Jug

45'
90'
21'  Mason Greenwood
21'  Paul Pogba
34'  Nemanja Matic
63'  Mason Greenwood (Marcus Rashford)
63'  Nemanja Matic (Scott McTominay)
68'  Donny van de Beek (Bruno Fernandes)
74'  Marcus Rashford
74'  Bruno Fernandes
78'  Marcus Rashford
78'  Fred
81'  Aaron Wan-Bissaka (Axel Tuanzebe)
81'  Paul Pogba (Edinson Cavani)
87'  Anthony Martial
90'  Marcus Rashford
90'  Anthony Martial
46'  Benjamin Henrichs
63'  Benjamin Henrichs (Marcel Sabitzer)
65'  Christopher Nkunku (Alexander Soerloth)
75'  Kevin Kampl (Justin Kluivert)
77'  Justin Kluivert
86'  Marcel Sabitzer

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! CHiroyli o'yin uchun Sulsherga, xet-trik uchun Reshfordga, ajoyib g'alaba uchun MYUga rahmat aytamiz.

90+2. GOOOOOOOOOLLLL!! Reshford xet-trikini nishonlamoqda!

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOOOOOOOOOOLLL!!! YO'O'O'O'QQQQQ!! Upamekanoning xatosidan keyin Brunu to'pni Kavaniga oshirdi. Edinson chiroyli gol urgandi. Biroq offsayd ham bor edi.

87. GOOOOOOOOOOOOLLLL!! Marsyal o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi!

85. PENALTIIIIIII!!! Marsyal yiqitildi!!

84. RESHFORDDDD!!! O'z o'yinidan maza qilmoqda. Bu yog'iga barchasi "mojno". U istaganicha aldab, raqiblarini har ko'yga solmoqda.

79. Aytgancha, mankunianliklar ushbu mavsumda "Old Trafford"da ilk marta g'alabaga erishmoqda.

78. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Fredning pasidan keyin Reshford kuchli zarbasi orqali gol urdi va NUQTA!

75. GOOOOOOOOOLLLL!!! VAR golni inobatga oldi. Markus tabassum-la golni nishonladi.

74. Reshford gol urgandi. Biroq gol inobatga olinmadi. Bu erda VAR orqali tekshirish kerak. Markus offsaydda emasdi.

73. MYUda yana bir ajoyib hujum. Fernandeshning pasiga Pogba ulgurmadi. SHou to'pga etib bordi va jarima maydonchasiga oshirdi. Brununing zarbasi noaniq ketdi.

70. ZARBAAAAAAA!!! Hamma Brunu jarimadan zarba beradi deb turganida Marsyal tomon to'pni oshirdi. Antonining zarbasi raqib posboniga tegib qaytdi. "Manchester Siti" bilan o'yin yodimga tushib ketdi.

69. UXXXXX!! Reshford yiqitildi, MYU juda qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

68. MYUning asosiy figurasi Brunu maydonga tushdi.

65. ZARBAAAAAAAAAA!!! Nkunkuning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga De Xea super reakciya ko'rsatib, to'pni burchakka chiqarib yubordi!

62. XAVFLI VAZIYAT! Marsyal bir necha raqibini aldab o'tib, to'pni van de Bekka oshirdi. Donni yiqilib tushdi.

57. "Leypcig" biroz jonlandi. Uzoq vaqt davom etgan hujumni Lindelef qaytardi.

54. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Maguayr qaytarishda juziy xatolikka yo'l qo'ygandi. Uni xatosini jamoadoshlari yopib ketdi.

51. ZARBAAAAAAAA!! Grinvudning zarbasini Gulachi qaytardi!

47. "Leypcig" hujumga o'tdi. Xavfli bo'lishi kutilayotgandi. Biroq Poulsen to'pni Maguayrga berib qo'ydi.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

MYUning kichik bosimi ostida taym yakunlandi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. SHou jarimadan to'pni "Leypcig" darvozasi yoniga uzatdi. Maguayr hujumda fol ishlatdi.

41. Umuman olganda vaziyatlar ko'p emas, biroq to'p bir joyda turmayapti, jamoalar tez o'ynamoqda.

38. Poulsenning kuchli zarbasiga Maguayr to'g'anoq bo'ldi. Umuman olganda Garri bugun yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

34. Matich ogohlantirildi.

32. UXXXXX!! Jarimadan oshirilgan to'pni Upamekano MYU darvozasi tomon yo'llamoqchi edi. Matich to'pni qaytardi, hujumda fol ham ishlatildi.

29. "Leypcig" MYU jarima maydonchasi yoniga joylashib olgan, bosim boshlandi.

25. UXXXXX!!! MATIICHCHCHCHCH!!! Nemanya jamoasini yaqqol goldan saqlab qoldi. U Xenrixsga ketayotgan to'pga oyog'ini ko'tarib, tepib yubordi.

24. ZARBAAAAA!! NKunkuning kuchli zarbasini   De Xea burchakka chiqarib yubordi.

21. GOOOOOOOOOOLLL!!! Pogbaning pasidan keyin Grinvud hisobni ochdi! Gol VARda ham tekshirildi, toza GOL!

16. SHouning uzun pasi Grinvudga atalgandi. Meyson hujumda Xenrixsga qarshi fol ishlatdi.

15. "Leypcig" hujumga o'tgandi. Fred vaziyatni bartaraf etdi.

10. XAVFLI VAZIYAT!!! Marsyal o'ng qanotdan mehmonlar jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Pogba tomon to'pni uzatdi. To'pni himoyachilar qaytardi.

7. UXXXXXX!! Bu safar qaytgan to'pni SHou darvoza tomon yo'llagandi. To'p Poulsenning boshiga tegib qaytdi.

6. ZARBAAAAAAA!! Jarimadan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytardi. Fred esa raqib posti tomon zarba berdi. Gulachidan ajoyib seyv!

4. Start biroz zerikarli bo'lishini bilgandim. CHunki ikki tomon ham extiyotkorlikni maqul topdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- O'yinni boshlash uchun barcha narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi, madhiya yangrab o'tdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. "Old Trafford"ga sayohat qilamiz. Bugun ushbu stadionda "Manchester Yunayted" ECHLning 2-turida "Leypcig"ga qarshi bahs olib boradi. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика