So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  1 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  12 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  80 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

ECHL. "Manchester Siti" va "Real" o'z uyida, PSJ esa safarda o'ynaydi. Bugungi o'yinlar uchun prevyu Yangiliklar

ECHL. "Manchester Siti" va "Real" o'z uyida, PSJ esa safarda o'ynaydi. Bugungi o'yinlar uchun prevyu

UEFA CHempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichi davom etadi.

2-turning 2-kuniga belgilangan o'yinlar bilan birma-bir tanishtirib o'tamiz.

“Milan” – “Dinamo” Zagreb (21:45)

Avvalgi o'yinlar natijalariga qaraydigan bo'lsak, Italiya chempionlarida Zagreb klubdan aslo qo'rqmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Ular tomonlarning bundan avvalgi to'rttala uchrashuvida ham g'alaba qozonishgan, jumladan, “San Siro”da kechgan oxirgi ikki bahs mezbonlarning 3:1 hisobli g'alabasi bilan tugallangan. Biroq, birinchi turda Ante CHachich shogirdlari kutilmaganda Mislav Orshichning goli evaziga “CHelsi”ni taslim qildi(buyog'iga nima bo'lgani barchaga ayon – Tuxel bo'shatib yuborildi. Go'yo bahona torilgandek). Mana shunday “syurpriz” yana amalga oshadimi, buni bilib olishga oz fursat qoldi. Biroq bu safar raqib “yo'lini topolmay yurgan” “CHelsi” emas.

Bilasizmi?

“Dinamo”ning “San Siro”dagi so'nggi uch o'yini ham, buni qarangki, ikkita to'p farqli mag'lubiyat bilan tugagan. Ikkitasi “Milan”ga qarshi va bittasi “Atalanta” bilan. 


“SHaxtyor” – “Seltik” (21:45)

“Jinnilik! SHok! Fantastika!” sarlavhasi o'tgan turda “konchilar” “Ayntraxt”ni 4:1 hisobida tor-mor keltirgandan so'ng Evropaning ommabop gashrlaridan birida paydo bo'ldi. Takidlash joiz, mazkur natija barchaning “F” guruhiga bo'lgan qarashini butunlay o'zgartirib yubordi. Raqib jamoa murabbiyi Ange Postekoglu “Seltik”ning “Real Madrid”ga mag'lub bo'lgan o'yinidagi (0:3) ishtiyoqi uchun mukofotlashga vada berdi. Turnirda kambek qilish uchun esa uning shogirdlari 2-turda har tomonlama juda qattiq ter to'kishiga to'g'ri keladi. SHotland klubining “SHaxtyor”ga qarshi safarda o'tgan ikki uchrashuvida ham o'z uylariga hech narsasiz qaytishgan. Birinchi o'yin 2004 yilda 3:0 hisobi bilan tugagan bo'lsa, 2007 yilda o'tkazilgan ikkinchi o'yinda ular avvalgi o'yindan bitta kamroq to'p o'tkazib biror javob qaytara olishmagan. 

Bilasizmi?

Ushbu mavsumda “SHaxtyor” uy uchrashuvlarini Varshavada o'tkazyapti. Ularning ushbu shaxardagi yagona o'yini 2006/07 yilgi mavsumda UEFA CHempionlar Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Legiya” ga qarshi bo'lgan va o'shanda 3:2 hisobida g'alab qayd etilgan.


“Reynjers” – “Napoli” (00:00)

“Seltik” va “Ayaks”dan ketma-ket 4:0 hisobidagi zarbani kabul qilib tushkunlikda qolgan “Reynjers” tarafdorlarining musobaqaning ilk turida “Liverpul”ni osonlik bilan enggan “Napoli”ga qarshi o'yin oldidan cho'chib turishlarini kechirsa bo'ladi. 2010 yildan buyon guruh bosqichi doirasida ilk bor “Aybroks”da mehmon bo'ladigan italyan jamoasi, albatta, Gers tomonga past baho bermaydi. Biroq Neapol jamoasi uch ochkolik bo'lgan taqdirda “A” guruhdagi vaziyat ular uchun fantastik ko'rinishga kirishini yaxshi biladilar.

Bilasizmi?

Ueyn Runi CHempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Aybroks”da gol urgan so'nggi futbolchi hisoblanadi. U 2010 yil noyabr oyida penaltidan gol kiritgan edi va o'sha o'yinda “Manchester Yunayted” kichik hisobda ustun kelgan edi.


“CHelsi” – “Zalcburg” (00:00)

1-turda Zagrebning “Dinamo”sidan qabul qilingan alamli mag'lubiyat 2020/21 yilgi mavsumda “ko'klar”ga Evropa CHempionlar Ligasida goliblik shon-shuhratini keltirgan Tomas Tuxelning istefosiga olib keldi. London klubi ilk turda “Milan”ga qarshi bellashib (1:1) ruhlangan “Zalcburg” bilan bo'ladigan o'yinda o'zini tiklab olishga urinib ko'radi. O'sha o'yindagi gol muallifi Noa Okafor uning jamoasi “guruh bosqichida syurpriz bo'lishiga” jamoasini ishontirdi. CHindan, ularning vaqti keldtimi? (guruh bosqichida).

Bilasizmi?

“Zalcburg” o'tgan mavsumda ilk bor CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichiga chiqdi. Biroq ular 2021/22 mavsumda mehmon sifatida ishtirok etgan o'yinlarning birortasida zafar qucha olmadi(1 durang, 3 mag'lubiyat).


“Real Madrid” – “Leypcig” (00-00)

“Birinchi bo'limimiz yaxshiroq o'tishi mumkin edi, ammo biz yaratgan ikkinchi bo'lim juda zo'r o'tdi”, dedi Karlo Anchelotti musobaqa doirasida “Seltik”ni 3:0 hisobida yanchib tashlagandan so'ng. SHu tufayli “Seltik”ka qarshi keyingi uchrashuvda “Qirollik klubi” ajoyib tarzda start olishini bildiradi. Raqib lagerida esa 1-turda “SHaxtyor”ga o'z uyida kutilmaganda mag'lub bo'lgani sababli nemis jamoasi ustozi Domeniko Tedesko istefoga chiqarildi. 

“Biz ustunlik qildik. Ammo yakuniy paslarni to'xtatib qola olmadik va yomon gollar o'tkazib yubordik”, – dedi “Leypcig” yarim himoyachisi Konrad Laymer.

Bilasiz!

Madrid klubining o'tgan mavsumda CHempionlar Ligasidagi ilk uy uchrashuvida Moldova chempioni “SHerif”ga 1:2 hisobida yutqazgani mashhur bo'lib ketgan edi(g'alaba golini kim kiritganini yaxshi eslasangiz kerak. Jasurbek Yaxshiboev ancha vaqt eslab yuriladigan natijaning asosiy sababchisiga aylangandi o'shanda).


“Manchester Siti” – “Borussiya” Dortmund (00:00)

Erling Holand yozda “Borussiya” Dortmunddan “Manchester Siti” safiga kutilganidan kamroq mablag' evaziga ko'chib o'tganida kimdir uning shuncha gol urib tashlashini taxmin qilganiga ishonish qiyin(uning rekordlarni yangilashidan ko'ra Angliya futboliga moslashib ketishi shubha ostida edi). Norvegiyalik futbolchi o'z hisobini turnirning 1-turida “Sevilya”ga qarshi bahsda dubl qayd etish bilan ochdi. 

“U golni aqlbovar qilmas darajada his qila oladi”, – Pep Gvardiola. 

“Borussiya” muxlislari buni juda yaxshi bilishadi. U ikki yarim mavsumda o'z jamoasi uchun 89 o'yinda 86 ta gol urdi.

Bilasizmi?

Ushbu jamoalar 2020/21 yilgi mavsumda ECHL chorak finalida to'qnash keldilar va Guardiola boshchiligidagi “Siti” uyda va safarda 2:1 hisobida zafar quchgan edi. 


“Kopengagen” – “Sevilya” (00:00)

Ikkala jamoa ham joriy yilgi musobaqaning birinchi turida kutgan natijalariga erisha olmadi. “Kopengagen” Dortmund klubi tomonidan qaqshatqich mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, “Sevilya”ning LaLigadagi omadsiz starti (1 durang, 3 mag'lubiyat) CHempionlar Ligasiga ham ko'chib o'tdi va “Manchester Siti” tomonidan 4:0 hisobida “burdalandi”. “Kopengagen” murabbiyi Yess Torup faqatgina o'quv lagerining kuchayishigagina umid qilishi mumkin. 

“O'rganish – bu to'g'ri so'z. Biz individual va jamoa sifatida o'lchanishni istaydigan darajamizdir. Biz tezroq o'rganishimiz lozim”, – dedi u.

Bilasizmi?

“Kopengagen” 2016/17 yilgi mavsumda CHempionlar Ligasi guruh bosqichida ilk bor ishtirok etdi va ajablanarlisi o'z uyida bittayam gol o'tkazib yubormadi(1 g'alaba, 2 durang).


“Yuventus” – “Benfika” (00:00)

Turin klubi musobaqaning birinchi turida Parijda PSJga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berganida italyan nashrlarida futbolchilarga nisbatan bir talay ayblovlar bo'lganiga qaramay jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shogirdlari haqida: “Yigitlar ajoyib ruhga ega edilar”, deya fikr bildirdi. 

Italiyaliklar “Benfika”ning Turinga tashrifidan ijobiy natija kutmoqda. Rojer SHmidtning “burgutlar” bilan starti bundan yaxshiroq bo'lmasdi. Ularning Isroil jamoasi “Makkabi Hayfa” ustidan 2:0 hisobida g'alabasi portugal klubining vatorasiga 10-o'yinda 3 ochkoni o'ziniki qilishi edi. Jamoa himoyachisi Aleks Grimaldo ishonch bilan fikr bildirdi: “Biz bu qiyin guruhlardan biri ekanini bilamiz, ammo ushbu mavsumda biz juda yaxshi holatdamiz”.

Bilasizmi?

Ushbu mashhur jamoalar CHempionlar Ligasida atigi bir bor o'zaro ro'baro kelishgan. 1967/68 yilgi Evrokubog yarim finalida  “Yuve” “Benfika” tomonidan 3:0 hisobida taslim etilgan. Ular keyingi bosqichda “Uembli”da “Manchester Yunayted”ga yutqazgandi. 


“Makkabi” Xayfa – PSJ (00:00)

1998/99 yilgi UEFA Kubok Egalari Kubogi birinchi bosqichida “Makkabi” Xayfa Alen Jiress boshchiligidagi PSJ bilan “Park de Prens” o'yingohida 1:1 hisobida durang o'ynadi va Isroilda 3:2 hisobida g'alaba qozonib, Parij klubini musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Mana oradan 24 yil o'tib ushbu natija katta yutuqdek tuyulmoqda. CHunki PSJ shundan keyin ancha rivojlandi va bugungi kunning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi. Qudratli “Yuventus” ham Franciya poytaxtidan 1:2 hisobida mag'lubiyat bilan qaytdi. “Makkabi” futbolchilari orasida kuchli raqibdan hayiqmagan futbolchilar ham mavjud. 

Jamoaning gaitilik hujumchisi Francdi Perro: “Biz bu erda bo'lishga loyiqmiz. Kim bilan o'ynashimizdan qati nazar, bizning mentalitetimiz imkon qadar ko'limizdan kelganicha o'ynashdir”, – dedi. 

Bilasizmi?

Parij klubi nisbatan yaqinda Isroilda bo'lib, shu yilning 31 iyul kuni Tel-Avivda o'tkazilgan Franciya Super Kubogi bahsida “Nant”ni 4:0 hisobida taslim qildi. Gollarga ikki bor Lionel Messi, Neymar va Serxio Ramos mualliflik qildi.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика