So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

ECHL. "Manchester Siti" PSJni mag'lub etib, guruhdagi peshqadamlikni o'ziniki qildi Yangiliklar

ECHL. "Manchester Siti" PSJni mag'lub etib, guruhdagi peshqadamlikni o'ziniki qildi

Teglar :  Manchester SitiPSJ
Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Manchester Siti" — PSJ 2:1

Gol: 0:1 – 50 Mbappe, 1:1 – 63 Sterling, 2:1 – 76 Gabriel Jezus.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gyundogan, Zinchenko (Gabriel Jezus, 54), Rodri, Bernardu Silva, Sterling, Marez.

PSJ – Navas, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh (Kerer, 67), Errera (Danilu Pereyra, 61), Guye (Di Mariya, 67), Paredes, Messi, Neymar, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Rodri (55), Joau Kanselu (80), Gabriel Jezus (90).


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Manchester Siti" PSJni mag'lub etib, o'z guruhida 1-o'rinni kafolatladi.

90+3. Neymarni to'xtatib qolgani uchun Jezus ogohlantirildi.

90+1. Neymarning uzatmasiga Di Mariya etib borolmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Uolkerga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

88. PSJning hujumi o'xshamadi, buning oqibatida mezbonlar qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, biroq ular ham shoshilmadi.

83. PSJ hujum qilaman deb shoshqaloqlik qilmoqda.

80. Kanselu Messini yiqitgani uchun ogohlantirildi.

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Jezus mezbonlarni oldinga olib chiqmoqda. O'ng qanotdan boshlangan hujum chap qanotga ko'chdi hamda Bernardu Silvaning pasidan so'ng Jezus darvozaning o'ng burchagini aniq nishonga oldi.


75. Di Mariya yuqoriga tepish bo'yicha bugungi o'yin rekordini o'rnatdi.

74. ZARBA! Neymar qulay ichkoniyatdan foydalana olmadi, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan braziliyalik futbolchi noaniq zarba berdi.

70. ZARBA! Jezusning yaqin masofadan chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Navas o'z mahoratini ko'rsatdi. Barakalla, Keylorjon!

67. PSJda o'zgarishlar: Guye va Mendesh maydonni tark etdi, ularning o'rniga Di Mariya va Ebimbe o'yinga qo'shildi.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Sterling hisobni tenglashtirdi. Rodrining ichkariga uzatmasidan so'ng Uolker markazga pas berdi, Jezusning chalg'itishidan so'ng ochiq turgan Rahim bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

61. Danilo Errera o'rniga maydonga tushdi.

60. Errera jarohatlangan ko'rinadi. O'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. Danilo uning o'rniga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

57. Paredes yana jabrdiyda rolida. Bu safar Sterling unga shikast etkazdi.

55. Paredesga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun Paredes ogohlantirildi.

54. "Siti"da o'zgarish: Zinchenko o'rniga Jezus maydonga tushdi.

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Mbappe!!! PSJning onda-sonda uyushtirgan hujumi golga aylandi. Hujumda Messi katta hajmdagi ishni bajardi. Aynan uning uzatmasidan so'ng Kilian darvozabonning oyoqlari orasidan to'pni o'tkazib, hisobni ochdi.


47. Dastlab Markinos Sterlingni yiqitdi, keyin esa Sterling Markinosga javob qaytardi. Hakam ikkala vaziyatda ham o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limdagi "Siti"ning hujumlari misoli suv kabi

Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi, tanaffus.

45. Sterlingning zarbasi atigi 3 metrcha yuqoridan ketdi.

44. ZARBA! Mbappe chap qanotdan kuchli aylanma zarba yo'llagandi, biroz noaniq ketdi.

43. PSJ o'z yarim maydonidan nariga o'tolmay qoldi.

40. Messiga aldangan Kanselu unga bilmasdan tarsaki tushirib yubordi.

38. Hakam ortga qaytayotgan Erreraga xalal berib qoldi. "Siti" esa hujum uyushtirishda davom etmoqda. PSJda "yulduzli uchlik" bor edi-ya, adashmasam.

35. Mezbonlar ketma-ket hujum tashkil etib, mehmonlarni qamal holatiga keltirmoqda.

34. Endi Marezdan aylantirma zarba va Navasdan seyv.

33. ZARBA! Gyundoganning kuchli zarbasi "bum" etib darvoza to'siniga tegib qaytdi.

32. "Siti" futbolchisi hakamni ham "o'zimizdan" deb o'ylab, pas berdi.

30. Pressing oqibatida PSJ oddiy vaziyatda xatoga qilishga majbur bo'ldi.

Uyqu kelsa ham na iloj

28. XAVFLI VAZIYAT! Yana kombinacion o'yin va yakunda Zinchenkoning zarbasiga himoyachilar blok qo'yishdi.

27. Mendesh chap qanotdan oldinga borib, zarba yo'lladi, Edersonga bu qiyinchilik tug'dirmadi.

26. Messi Hakimini oldinga boshlagandi, biroq marokashlik futbolchi to'pni yo'qotdi.

22. Rodri Mbappega nisbatan ancha keskin o'ynadi. Francuz forvardi oqsoqlangancha o'rnidan qimirladi.

20. "Siti" hujumlari, asosan, o'ng qanotda, Marez orqali amalga oshmoqda. Uning uzatmasidan so'ng Gyundogan bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

18. ZARBA! Tinib-tinchimas Marez yana faollik namoyish etib, xavfli zarba yo'lladi, bu erda posbon vazifasini Hakimi bajarib berdi, u boshi bilan to'pni qaytardi. 

17. Neymar o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

16. Neymar Diashning zarbini "tatib ko'rdi".

13. Marez yiqildi, hakam esa jim bo'ldi.

10. Yana o'ng qanotda Marezning faolligi ko'zga tashlandi. Uning Sterlingga uzatmasini so'nggi lahzada Hakimi olib qo'ydi va qarshi hujum boshladi, biroq hujum tezligi keyinchalik susaydi.

8. "Siti" pressing uyushtirmoqda. Raqib jarima maydonida qarshisida jamoaning 5-6 futbolchisi taqib qilmoqda.

5. XAVFLI VAZIYAT! Jarima zarbasidan so'ng Rodri boshi bilan zarba yo'lladi, Kimpembe deyarli chiziqdan to'pni qaytardi. Hisob ochilishi mumkin edi.

5. Marezga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

2. Marez o'ng qanotdan Gyundoganni oldinga boshladi, biroq Ilkay to'pga eta olmadi.

1. Uchrashuvni PSJ futbolchilari boshlab berdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Bugun uyquga o'rin yo'q. Hatto muxlislar ham matnli translyaciyani kuzatib borishga shay

Bugungi uchrashuvni Daniele Orsato boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alessandro Jallatini va Fabyano Preti yordam berib boradi. To'rtinchi hakam sifatida Luka Payretto ishlaydi.

Ayni damda guruhdagi vaziyat

1-turdagi jamoalarning o'zaro uchrashuvida Guey va Messining gollari parijliklarga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etgan.

Jamoalar 6 marotaba o'zaro kuch sinashgan. Uladan teng yarmida "shaharliklar"ning qo'li baland kelgan, ikki o'yin durang bilan yakunlangan va atigi bir bahsda parijliklar zafar quchgan.

Bugungi bahsni mezbonlar tarkibida Kevin de Bryuyne, Ferran Torres, Liem Delap va Benjamen Mendi, mehmonlardan esa Aleksandr Letele, Rafinya hamda Yulian Draksler o'tkazib yuboradi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli futbol guvohi bo'lamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика