So’nggi yangiliklar

08:22Артём Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берилди  0 07:47Раньери энди Шомуродов асосий ҳужумчими деган саволга жавоб берди  5 07:23Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Тоттенхэм»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  4 04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  18 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  4 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   12 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  12 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  18 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  55 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  6 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  12 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1

"Manchester Siti" "Inter"ni mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor Evropa CHempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi! Yangiliklar

"Manchester Siti" "Inter"ni mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor Evropa CHempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi!

"Manchester Siti" ECHL g'olibi!

ECHL. "Manchester Siti" - "Inter" 1:0

Gollar: Rodrigo Ernandes (Bernardu Silva) 68'

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 25. Manuel Akandji , 3. Ruben Diash, 6. Natan Ake, 5. Jon Stounz (2. Kayl Uoker 82'), 16. Rodrigo Ernandes, 20. Bernardu Silva, 17. Kevin De Bryuyne (47. Fil Foden 36'), 8. Ilkay Gyundogan, 10. Jek Grilish, 9. Erling Xoland.

Zaxira: 18. SHtefan Ortega, 33. Skott Karson, 4. Kalvin Fillips, 14. Emerik Lyaport, 19. Xulian Alvares, 21. Serxio Gomes, 26. Riyad Marez, 32. Maksimo Perrone, 80. Kol Palmer, 82. Riko Levis.

"Inter": 24. Andre Onana, 36. Matteo Darmian (33. Danilo D'Ambrozio 84'), 15. Franchesko Acherbi, 95. Alessandro Bastoni (8. Robin Gosens 76'), 2. Denzel Dyumfris (12. Raul Bellanova 77'), 23. Nikolo Barella, 77. Marselo Brozovich, 32. Federiko Dimarko, 20. Xakan CHalxanoglu (22. Genrix Mxitaryan 84'), 10. Lautaro Martines, 9. Edin Jeko (90. Romelu Lukaku 57').

Zaxira: 1. Samir Xandanovich, 21. Aleks Kordaz, 5. Roberto Galyardini, 6. Stefan de Vrey, 11. Xoakin Korrea, 14. Kristyan Aslani, 37. Milan SHkrinyar.

Ogohlantirishlar: Nikolo Barella 59', Romelu Lukaku 83', Erling Xoland 90+2', Andre Onana 90+2', Ederson Moraes 90+4', Simone Inzagi ("Inter" bosh murabbiyi) 90+6' 

Manchester City

Rodri - 68'

Champions League Final Stage . final-tur

11/06/2023, 01:00

0
:
1
Tugadi

Inter

Stadion: Ataturk Olympic Stadium, 71412 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
36'  Kevin De Bruyne (Phil Foden)
68'  Rodri
82'  John Stones (Kyle Walker)
90'  Erling Haaland
90'  Ederson Moraes
57'  Edin Dzeko (Romelu Lukaku)
59'  Nicolo Barella
76'  Alessandro Bastoni (Robin Gosens)
76'  Denzel Dumfries (Raoul Bellanova)
83'  Romelu Lukaku
84'  Hakan Calhanoglu (Henrikh Mkhitaryan)
84'  Matteo Darmian (Danilo D'Ambrosio)
90'  Andre Onana
90'  Simone Inzaghi


95+6. Uchrashuv yakunlandi! "Man Siti" o'z tarixida ilk bor ECHL g'olibi bo'ldi! "Inter"ga esa respekt!

90+3. Dimarkoning zarbasi biroz noaniq bo'ldi...

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Yana Lukaku, bu safar uning zarbasi noaniq bo'ldi.

88. QANDAY QILIB? LUKAKUUUUUU!!! Havolatib uzatilgan to'pni Romelu erga sapchitib darvozaga yo'lladi, Ederson qaytarib yubordi...

82. Stounzning futbolkasi yirtilib ketdi. Fursatdan foydalanib u o'z o'rnini Uokerga bo'shatib berdi. 

77. Foden jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, biroq to'pni Ederson ushlab oldi.

73. Lukakuning zarbasini Ederson ushlab oldi.

71. "Man Siti" jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat!!! Dimarkoning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi... 

70. Xo'sh, buyog'iga milanliklar nima qila oladi? Uchrashuv "yonadi"!

Akanji jarima maydonchasi ichida turgan Bernarduga to'pni uzatdi, Silvani pasi rekoshetga uchrab orqaroqqa qaytdi, Rodri to'pga birinchi etib kelib zarba berdi va gol urdi!

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rodri finalda hisobni ochdi!

62. O'yin tempi yuqori, har ikki jamoa ham navbati bilan hujumlar uyushtirmoqda.

58. Laauutaarooo!!! Ederson bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi, darvozaga zarba berdi, biroq Moraes jamoasi joniga oro kirdi...

57. "Inter" hujum jizig'idagi futbolchini almashtirdi: Jeko o'rniga Lukaku maydonga tushdi.

54. Stounz - Gyundogan - Fodenning o'zaro kombinaciyasi amalga oshmay qoldi.

52. Uchrashuvning ikkinchi qismi anchagina jangovar ruhda boshlandi. O'yin ham qiziydiganga o'xshayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Akanjining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

45. Finalning dastlabki bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Qiziq fakt: 2 yil avvalgi ECHL finalida "CHelsi" - "Man Siti" uchrashuvining 60-daqiqasida KDB jarohat olib maydonni tark etgan edi. Bu safar esa 35 daqiqa...

36. De Bryuyne o'rniga maydonga Foden maydonga tushdi. Endi final KDBsiz davom etadi!

34. Foden maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Aftidan, KDBning ushbu jarohati jiddiyga o'xshaydi...

29. De Bryuynening uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Onana ushlab oldi.

27. Xolandning jarima maydonchasi ichidan darvozaga yo'llagan zarbasini Onana qaytardi.

26. Ederson pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, to'p Barellaga kelib tushdi, u darvoza bo'shligini ko'rib to'pni tepdi, biroq noaniq bo'ldi.

20. Brozovichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

16. O'yinning 15 daqiqasi o'tib bo'ldi. Hozircha hisob ochilmadi, shu bilan birga, aytarli xavfli vaziyat ham bo'lmadi. 

11. Uchrashuvda bosim juda yuqori. Hatto bu bosim Edersonga ham tasir qilmoqda. 

10. Endi navbat milanliklarda. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni manchesterlik himoyachilar qaytarib yuborishdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on, FIFA prezidenti Infantino hamda UEFA prezidenti CHeferin finalni stadiondan turib kuzatib bormoqda.

3. Xoland boshladi. Ilkay to'pni KDBga uzatdi, belgiyalik oldinroqdagi Xolandga pas berdi, Erlingning zarbasi noaniq keldi. Qo'shimchasiga ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.

1. O'yin boshlandi!

Istambulda hamisha dahshatli finallar bo'lgan! Bu shahar o'z ananasiga sodiq qolgan holda bugun ham butun dunyo futbol muxlislari uchun superfinal namoyish etib berishlariga umidvormiz! 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика