So’nggi yangiliklar

10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  0 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  10 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8

ECHL. "Leypcig"ga mag'lub bo'lgan "Manchester Yunayted" Evropa ligasiga tushib ketdi Yangiliklar

ECHL. "Leypcig"ga mag'lub bo'lgan "Manchester Yunayted" Evropa ligasiga tushib ketdi

ECHLning 6-turidan o'rin olgan "Leypcig" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translciyasini kuzatib boring.

RB Leypcig Germaniya – Manchester Yunayted Angliya 3:2

"Red Bull Arena Leypcig"

Gollar: Anxelino (2, 1:0). Xaydara (13, 2:0). Klyuyvert (69, 3:0). Fernandesh (80-pen. 3:1). Pogba (82, 3:2).

Leypcig - Gulashi, Mukiele, Orban, Konate, Anxelino (Xalstenberg, 87), Xaydara, Kampl (Adams, 75), Sabitcer, Nkunku, Dani Olmo, Forsberg (Poulsen, 56).

Manchester Yunayted - De Xea, van-Bissaka , Maguayr, Lindelof (Tuanzebe, 77), SHou (Uilyams, 61), Maktomini, Matich (Pogba, 61), Telles (van de Bek, 46), Brunu, Grinvud, Reshford.

Ogohlantirishlar:  Kampl (35), SHou (43), Klyuyvert (62), Maguayr (63), Uilyams (68), Lindelof (77), Adams (82).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! MYU Evropa ligasiga tushib ketdi. "Leypcig" esa pley-offga yo'llanma olmoqda! Ajoyib o'yin uchun ikki tomonga rahmat aytamiz.

90+4. UXXXX!! Sal qoldi avtogol va  duranggaaaa...

90+2. To'qnashuv. Orban endi 2-3 daqiqa yotadi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. RESHFORDDDD!! Gulashining o'ziga zarba berib qo'ydi...

88. MYU!!! Ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Reshfordning pasidan keyin Maktomini noaniq zarba yo'lladi.

86. MYU harakat qilmoqda. Biroq "Leypcig" vaqtni cho'zish uslubiga o'tib oldi.

YO'QQQ !!GOLLLLLL!!!! Nimalar bo'lyapti!!! GOL aziz do'stlar! Gol kimga yozilarkin... 2 daqiqa oldin hisob yirik ko'rinishda edi.

82. Pogba gol urgandi, biroq gol inobatga olinmadi.

80. GOOOOOOOOOLLLL!! Brunu penaltidan unumli foydalanmoqda!

79. PENALTI!!! Grinvud yiqitildi!

74. ZARBAAAAAAAA!!! Brunudan kuchli zarba va Gulashidan chiroyli seyv!

73. ZARBA! Grinvudning zarbasini Gulashi qaytardi...

71. Grinvudning zarbasi noaniq ketdi.

69. GOOOOOLLLL!! Klyuyvertttt!!! Biroq bu erda VAR qo'l bilan o'ynalgan vaziyatni ko'rmadi. SHunchaki g'alati... Biroq Maguayr va Pogbaning shunchaki "mahorati"ga qoyil)

68. ZARBAAAAAA!! Brununing jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi...

67. Ajoyib nuqta! Standart vaziyat! Bu nuqtadan gol ura olmaslik qiyin!

66. ZARBAAAAAAA!! Brununing kuchli zarbasini Gulashi burchakka chiqarib yubordi.

64. Reshfordning zarbasi noaniq ketdi. Bugungi MYU g'alabaga loyiq emas.

60. Ikkinchi bo'limda temp yomon bo'lmayapti. Lekin vaziyatlar kam.

55. UXXXXXX!!! Brununing jarimadan oshirgan to'pini Maguayr darvozaga kirita olmadi.

54. "Leypcig" futbolchilari MYUga qarshi juda keskin o'ynamoqda. SHu sababli mankunianliklar hujumga o'tishga qiynalyapti.

51. Garchi faol boshlagan bo'lsa-da, MYU vaziyat yarata olmadi. Endi esa "Leypcig" to'pga egalik qilishni boshlamoqda.

49. MYU ikkinchi bo'limni faol boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi. Bo'lim hakamning xatolari, hisoblanmagan gol va "Leypcig"ning katta ustunligi bilan yodda qoldi.

45+1. Bosh hakamdan navbatdagi xato! Himoyachi to'pni burchakka chiqarib yuborgandi. Biroq burchak zarbasi belgilanmadi. Bosh hakamning xatolari juda ko'payib ketdi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Tushunarsiz... SHou to'pni raqibidan toza olib qo'ygandi. Bosh hakam esa unga sariq kartochka berdi.

39. EXXX!! Reshford yana bir bor ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi.

37. IYE! To'p "Leypcig" futbolchisining qo'liga tekkandi. Biroq hakam penalti belgilamadi.

33. Xavfli vaziyat!!! Raqiblari xatosidan keyin Brunu to'pni Reshfordga oshirdi. Markusning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

31. Offsayd. Qaytamiz, 2:0.

30. GOOOOOOOOOLLLL!!!! 3:0!!! MYU Evropa ligasiga tushib ketadigan ko'rinadi. Offsayd bor bu erda.

27. MYU yana bir standartdan foydalana olmadi. Telles uzatgan to'pni Gulashi ushlab oldi.

24. Jarimadan tepilgan to'p jonli devorga tegib qaytdi.

22. MYUda standart vaziyat. Yaxshi nuqta.

17. UXXXXX!! KAMPL!!! Yuz foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi u.

14. MYU 5 himoyachi bo'lib ham himoyada katta xatolarga yo'l qo'ymoqda. Xaydara aynan Telles yoki SHouning joyidan gol urib ketdi.

13. GOOOOOOOLLLL!! XAYDARAAAAAA!!! VAR orqali tekshirilmoqda.

10. "Leypcig" burchak zarbasiga ega bo'lmoqda. Xavfli vaziyat.

9. ZARBAAAAAAAA!! Brununing chiroyli pasidan keyin Grinvud raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va zarba berdi. Gulashi to'pni ushlab oldi. MYU ajoyib vaziyatni ko'kka sovurdi.

7. UXXXX!! Anxelinoning zarbasini De Xea ushlab oldi.

5. O'yindagi total ustunlik mezbonlar tomonida. Biroq vaziyatlar yo'q.

2. GOOOOOOOOOLLLLL!!! ANXELINOOOOOO!!! Kuchli zarba va chiroyli gol!!!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishgan, stadion uzra ECHL madhiyasi sadolari yangramoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun Germaniyada MYU ECHL pley-offi uchun kurash olib boradi. Sizlar bilan uchrashuvni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика