So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

ECHL. "Manchester Yunayted" Istanbulda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

ECHL. "Manchester Yunayted" Istanbulda mag'lub bo'ldi

ECHLning 3-turi doirasidagi "Istanbul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Istanbul" Turkiya – "Manchester Yunayted" Angliya 2:1

22.55, "Bashakshexir Fotix Terim"

Gol: Ba (13, 1:0), Vishcha (40, 2:0), Marsyal (43, 2:1).

"Istanbul" – Gyunok, Rafael, SHkrtel, Bolingoli-Mbombo, Epuryanu, Kaxvedji (Karlush Ponk, 90), Vishcha, O'zjan (Topal, 87), Aleksich, Tyuryuch, Ba (Gulbrandsen, 80).

"Manchester Yunayted" – Xenderson, Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 76), SHou, Tuanzebe (Maktomini, 46), Maguayr, Matich, Brunu Fernandesh, Mata (Kavani, 62), van de Bek (Pogba, 61), Reshford (Grinvud, 76), Marsyal.

Ogohlantirish: Tuanzebe (21), SHkrtel (89).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Istanbul" ECHLdagi tarixiy ilk g'alabasini "Manchester Yunayted" bilan o'yinda qo'lga kiritmoqda!!!!

90+2. UXXXX!! "Istanbul" avtogol urib qo'yishiga sal qoldi. Epuryanu to'pni qaytarib yubordi.

3 daqiqa qo'shib berildi

89. Fernandeshni yiqitgani uchun SHkrtel ogohlantirildi.

86. EXXXXX!! MYU qiyinchilik bilan raqib jarima maydonchasi ichiga kirgandi. Grinvud oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdi.

84. Tushunyapmiz, Istanbul butun bir jamoa bo'lib himoyaga yotib olgan. Qiyin bo'lyapti mankunianliklarga. Ammo holatning shunga kelishiga o'zlari aybdor.

82. "Istanbul" burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Pogba to'pni qaytarib yubordi.

79. 5 o'zgarish. MYUning o'yiniga tuz etishmayapti. O'zgarishlar esa tuzning o'rnini bosa olmayapti.

76. MYU tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish bo'ldi. Juda qiyin bo'lmoqda yopilib olgan "Istanbul" himoyasini yorib o'tish.

72. Pogbaning hujum tomon to'p uzatishi noaniq ketdi.

68. Zerikib ketdik. To'p MYUda hujum yo'q.

62. Fernandeshning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

60. Reshfordning zarbasi raqibiga tegib, Gyunokning qo'llariga borib tushdi.

56. ZARBAAAAAA!! Brununing jarimadan yo'llagan zarbasini Gyunok qaytardi!

54. UXXXXX!! Rafael fol ishlatdi o'z jarima maydonchasi yonida. MYUda hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyat bor.

52. Van-Bissaka o'ng qanotdan markazdagi Reshfordga to'pni oshirgandi. Himoyachilar to'pni tepib yuborishdi.

48. MYU ikkinchi bo'limni o'zgarish bilan boshlagandi. Maydonni tark etgan Tuanzebening o'rnini Maktomini egalladi. Matich esa markaziy himoyaga javob beradigan bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha intriga bor. MYU ham taslim bo'lmaydi.

43. GOOOOOOLLLLL!!! SHouning qanotdan oshirgan to'pini Marsyal darvozaga yo'lladi. MYUning ilk xavfli hujumi golga aylandi.

40. GOOOOOOOOOOLLLL!!! MYU himoyasidagi qo'pol xatoliklardan keyin Vishcha juda qulay imkoniyatdan foydalandi!

39. Fernandeshning qanotdan oshirgan to'pini Gyunok ushlab oldi.

37. MAGUAYYRRRR!!! Qahveji tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi, van-Bissakani aldab o'tdi va to'pni Baga oshirdi. Maguayr to'pni tepib yubordi. Biroz qaltis harakat bo'lsa-da, yaxshi o'ynadi.

34. UXXX!! Matich shundoq jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi. "Istanbul"da standart!

32. ZARBAAAAAA!! Qanotdan uzatilgan to'pga Aleksich boshi bilan zarba berdi. Xenderson to'pni ushlab oldi.

30. UXXXXXX!! Marsyalning kuchli zarbasiga Rafael o'zini qalqon qildi.

26. Endi Bolingoli MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirishi mumkin edi. Lekin u offsaydda qolib ketgandi.

21. Demba Bani yiqitgani uchun Tuanzebe ogohlantirildi. Mezbonlarda yaxshi nuqtadan stantard vaziyat bor.

18. To'p asosan mehmonlarda. Biroq vaziyatlar yo'q.

15. SHu o'rinda kichik malumot. Demba Ba uch jamoa tarkibida MYU darvozasiga to'rtinchi golini urdi: "Nyukasl"da ikkita, "CHelsi" va "Istanbul" tarkibida bittadan.

13. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Ba kutilmaganda MYU himoyachilaridan o'tib ketdi va birga bir vaziyatdan foydalanib ketdi. 

11. Vishchaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

10. UXXXX!! O'yindagi ilk xavfli vaziyat! SHou raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Reshford to'pga biroz eta olmadi. Aks holda bo'sh darvoza ishg'ol qilinardi.

9. Fernandesh endi bu safar Mata manziliga to'pni oshirgandi. Zarba bir yo'la tribuna tomon ketdi.

5. "Istanbul" ham hujumga o'tdi. Bolingolining Bani mo'ljallab tepgan to'piga aniqlik etishmadi.

3. MYU hujumga o'tishga harakat qildi. Fernandeshning Reshford tomon uzatgan pasi autga chiqib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

22:55. Jamoalar rasmga tushib olishdi, futbolchilar ham o'yinning boshlanishiga tayyor.

22:52. Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Bugun Din Xenderson Evropa chempionlar ligasida debyut qiladi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Bugun "Manchester Yunayted" Istanbulda mehmon bo'lmoqda. "Istanbul" - "MYU" uchrashuvini sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика