So’nggi yangiliklar

11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  0 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  4 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  1 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  8 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  8 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  18

"Real Madrid" Milanda "Inter"ni taslim etdi Yangiliklar

"Real Madrid" Milanda "Inter"ni taslim etdi

CHempionlar Ligasi 4-turi doirasida "Inter" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Inter" (Italiya) – "Real Madrid" (Ispaniya) 0:2
"Djuzeppe Meacca (San-Siro)" stadioni

Gollar: 0:1 – 7, Azar penalti, 0:2 – 59 Rodrigo.

"Inter" – Xandanovich, Xakimi (Sanches, 63), Bastoni (D`Ambrozio, 46), de Vrey, Yang, Vidal, Galyardini (Sensi, 78), Barella, SHkrinyar, Martines (Perishich, 46), Lukaku (Eriksen, 86).

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Karvaxal, Varan, Edegor (Kazemiro, 58), Modrich, Kroos, Vaskes, Azar (Vinisius Junior, 78), Mariano Dias (Rodrigo, 58).

Ogohlantirish: Galyardini (19), Vidal (33), Sensi (86).

CHetlatish: Vidal (33).


Inter

Champions League Grp. B . 4-tur

26/11/2020, 01:00

2
:
0
Tugadi

Real Madrid

Eden Hazard - 7', Achraf Hakimi - 59'

Stadion: Giuseppe Meazza, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
19'  Roberto Gagliardini
33'  Arturo Vidal
33'  Arturo Vidal
46'  Alessandro Bastoni (Danilo D'Ambrosio)
46'  Lautaro Martinez (Ivan Perisic)
64'  Achraf Hakimi (Alexis Sanchez)
78'  Roberto Gagliardini (Stefano Sensi)
86'  Stefano Sensi
86'  Romelu Lukaku (Christian Eriksen)
7'  Eden Hazard
58'  Martin Oedegaard (Casemiro)
59'  Mariano Diaz (Rodrygo)
59'  Achraf Hakimi
78'  Eden Hazard (Vinicius Junior)


Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+2-daqiqa. Vinisius Junior qanotda bir raqibini ortda qoldirib, tezlik olib oldinga intilayotgan bir pallada bosh hakam vaqt tugagani va o'yin yakunlanganligini qayd etdi. SHu tariqa "Real Madrid" safarda "Inter" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va amalda milanliklarni guruhda qoldirib ketdi.  

90+1-daqiqa. To'p uchun kurashda Kazemiro Kristian Eriksenni yiqitib qo'ydi. Hakam qoida buzilganligini etirof etdi. 

O'yinning asosiy vaqtiga ham birinchi bo'limda bo'lgani kabi 2 daqiqa qo'shib berildi! 

90-daqiqa. Lukas Vaskes bu vaziyatda o'ng qanot himoyachisi rolida ishonchli harakat qildi va Perishichdan to'pni olib qo'ydi. 

Buyog'iga Konte ham mag'lubiyatni tan olgan ko'rinadi. Sababi murabbiy o'zining asosiy quroli, goleadorini maydondan oldi. 

86-daqiqa. Romelu Lukaku o'rniga Kristian Eriksen maydonga tushirildi. 

86-daqiqa. Stefano Sensi ogohlantirildi. Italiyalik futbolchi maydon markazida Kazemiroga nisbatan agressiv harakati va qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

83-daqiqa. "Real Madrid" futbolchilari to'pni nazorat qilib, raqibning oxirgi umid chiqrolarini ham o'chirib qo'ymoqda.   

81-daqiqa. O'ziga xos tezkor qarshi hujumga chiqib ketgan "Inter" futbolchilari xavfli vaziyatni yuzaga keltirishlari mumkin edi, lekin Perishichning uzatmasini qaytargan Kurtua yaqinida raqib futbolchisi topilmadi va hisob o'zgarmay qoldi. 

79-daqiqa. Hozir maydonga tushgan Vinisius jarima maydoniga kirib bordi va anchayin qiyin holatda bo'lishiga qaramay, zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi.  

"Inter" safida ham o'zgarish amalga oshirildi. Roberto Galyardini o'rniga Sensi tushirildi. Antoni Konte maydon markazida gap ko'pligini bu harakati bilan yaqqol ko'rsatib bermoqda. 

77-daqiqa. Braziliyalik futbolchi Eden Azarni almashtiradigan bo'ldi.  

75-daqiqa. "Real" tarkibida yana bir o'zgarish bo'ladigan ko'rinadi. Maydon chetida Vinisius Junior paydo bo'ldi. 

73-daqiqa. Lukas Vaskes bilan to'p uchun kurashgan Nikolo Barella o'zi jarohat oldi va shifokorlar yordamiga muhtoj.

71-daqiqa. Avvalga vaziyatga o'xshash holat, faqat bu safar maydonning ikkinchi yarmida. Va Ivan Perishich imkon bo'lganda zarba yo'llashni lozim topdi. Ammo uning zarbasiga ham aniqlik etishmadi. 

70-daqiqa. Pressing oqibatida "INter" futbolchilari himoyadan chiqishda to'pni oldirib qo'yishdi, Eden Azar ko'p o'ylab o'tirmay, zarba yo'lladi lekin urinish kuchli bo'lsada, to'p biroz noaniq yo'nalish oldi.  

67-daqiqa. "Inter" futbolchilari yana bosh hakamning qaroridan norozi. Bu safar Nikolo Barella Mendi bilan to'qnashuvdan keyin maydonga yiqildi va jarima zarbasi belgilanishi kerakligini takidlamoqda. 

65-daqiqa. "Real Madrid" futbolchilari markazga yaqin hududda to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Ashraf Hakimi o'rniga Aleksis Sanches maydonga tushirildi. 

61-daqiqa. "Real Madrid" to'xtash niyatida emas. Mehmonlar to'pni egallab turib, raqib himoyasidagi bo'shliq yuzaga kelishini sabr bilan kutishmoqda.   

Toni Kroos ajoyib harakat qildi va Vaskesni bo'sh zonaga chiqishini taminladi. Ispaniyalik futbolchi o'z o'rnida to'pni biroz o'nglab olib, uzoq burchakda yolg'iz qoldirilgan Rodrigoni ko'rdi. 

59-daqiqa. GOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Rodrigo darvozani aniq nishonga oldi!

58-daqiqa. "Real" tarkibida o'zgarish. Martin Edegorning o'rniga Kazemiro o'yinga qo'shildi. Mariano Dias esa o'rnini Rodrigoga bo'shatib berdi.  

56-daqiqa. Ferlan Mendi to'pni qo'li bilan to'xtatdi deb topildi. "Inter" chap qanotidan oldinga o'tdi va to'p jarima maydoniga etkazildi, Tibo Kurtua ikkinchi qavatdan kelayotgan uzatmani ishonchli harakat qilib, Lukakuga aniq etib bormasligini taminladi. Keyinchalik Lukas Vaskes uni yanada uzoqlashtirdi. 

55-daqiqa. Nihoyat "Qirollik klubi" to'pni olib qo'yishga erishdi va shoshilmay hujumga o'tish uchun yo'l izlamoqda.  

53-daqiqa. "Inter" kamchilikda bo'lishiga qaramay, raqibini himoyadan chiqishiga yo'l qo'ymayapti. 

Burchak to'pi. Eshli Yang uni amalga oshirdi Lukaku to'pga birinchi bo'lib etdi va sheriklariga etkazishga urindi, lekin Lukas Vaskes himoyachilarga yordamga keldi. 

51-daqiqa. Lukas Vaskes to'p uchun kurashda Ashraf Hakimiga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. Jarima zarbasi. Himoyachilar to'pni qaytarishga erishdi. 

50-daqiqa. Ferlan Mendining urinishidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasini amalga oshirish uchun kelgan Toni Kroos kutilmaganda bevosita darvozaga zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq. 

49-daqiqa. Tabiiyki bir kishi kam bo'lib qolgan Antoni Konte shogirdlari asosan to'psiz harakat qilishga majbur bo'lmoqda va o'z imkoniyatini kutyapti.   

47-daqiqa. Romelu Lukakuning faolligi evaziga "Inter" oldinga o'tdi. Lekin to'p aynan belgiyalik forvardga tegib maydonni tark etdi. 

46-daqiqa. Bo'limdagi birinchi urinish, birinchi aniq zarbani Mariano Dias amalga oshirdi. Luka Modrichdan to'pni qabul qilib olgan Dominikanlik futbolchi holatini qulayroq qilib olgach, zarba yo'lladi, lekin kuchsiz...

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni maydon markazidan mezbonlar boshlab berishdi. 

Antoni Konte tanaffusdan keyinoq o'zgarish qilishga qaror qildi. Ivan Perishich va DAmbrozio o'yinga qo'shildi. Alessandro Bastoni va Lautaro Martines tanaffusdan maydonga qaytishmadi. 

SHu vaziyatdan keyin bosh hakam birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtakni chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

Luka Modrichning jarima maydoniga kirmay yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.  

45+2-daqiqa. Xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkinligini sezgan Tibo Kurtua joyini tark etib, to'pni uzoqlashtirishga erishdi. 

45+1-daqiqa. "Real" burchak to'pi ishlab oldi, lekin undan naf chiqara olmadi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

41-daqiqa. Eden Azar harakatlari bilan raqibning jig'iga tegayotgani tabiiy, sababi belgiyalik futbolchi to'p bilan shu qadar uzoq muomalada bo'ldiki, oxiri raqiblaridan biri uning oyog'iga zarba berib yubordi. Vinger zarbadan keyin baqirib yubordi va oqsoqlanib qoldi. "Real" muxlislari havotir bilan vaziyatni kuzatishgan bo'lsa ajab emas. Lekin ko'p o'tmay Eden hammasi joyidaligini ko'rsatdi.   

40-daqiqa. Zinedin Zidan shogirdlari to'pni o'zlarida ushlab turib, birinchi bo'limni o'zlari uchun qulay hisobda yakunlashni niyat qilishgan ko'rinadi. 

37-daqiqa. "Inter" kamchilikda bo'lsada, hujumga o'tishga urinmoqda. Biroq hozircha Antoni Konte shogirdlari niyatiga eta olmayapti. 

O'zi shundoq ham mushkul vaziyatdagi "neradzurrilar" buyog'iga nima qilarkin? 

33-daqiqa. ANA BO'LMASAM! QIZIL KARTOCHKA. Hakam penalti bermaganidan shu qadar g'azablangan Vidal etirozlarida davomli bo'ldi va Entoni Teylor avvaliga futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi, lekin keyin yana nimadir gap o'tdi shekil, darhol ikkinchi sariq-qizil kartochka ko'rsatib, chililikni kuzatib qo'ydi.

32-daqiqa. Himoyachilarning xatosidan keyin "Inter" futbolchilari to'pni egallab olishdi, Arturo Vidal jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi va yiqilib tushdi, lekin hakamning hushtagi jim. 

31-daqiqa. "Real" bir necha daqiqadan buyon to'pni raqibga deyarli bermadi. Uzoq davom etgan hujumni Toni Kroos uzoq masofadan bergan zarbasi bilan yakunladi, lekin yana noaniq.

28-daqiqa. Yana o'ng qanot! Bu safar Azar jarima maydoniga kirib ulgurmay kuchli zarba yo'lladi, Xandanovich qaytargan to'pni Edegor egallamasligi uchun ham SHkrinyar maydon tashqarisiga tepib yubordi.

27-daqiqa. "Qirollik klubi" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Azar bilan devor uslubida o'ynab Dani Karvaxal jarima maydoniga to'p bilan kirib bordi, lekin uning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi. 

26-daqiqa. Uni Romelu Lukaku amalga oshirdi, lekin aniqlik etishmadi. 

25-daqiqa. Bastonining zarbasi qovushmagach, bosh hakam Arutro Vidalga nisbatan qoida buzilgani va mezbonlar jarima zarbasi amalga oshirishi zarurligini malum qildi.

22-daqiqa. Rafael Varan to'p uchun kurashda Lautaro Martinesga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi. To'p tezda o'yinga kiritildi, lekin ish zarbagacha etib bormadi.   

21-daqiqa. Ancha uzoq davom etgan hujumni Arturo Vidal zarba bilan yakunladi. Lekin uning darvoga yo'llagan to'pi ancha yuqoridan o'tib ketdi.   

20-daqiqa. Hakimi to'p uchun kurashda Eden Azarni ayab o'tirmadi. 

19-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Luka Modrichga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakam Roberto Galyardiniga sariq kartochka ko'rsatdi. 

16-daqiqa. Pressing oqibatida Ferlan Mendi to'pni olib qo'yib, Azardan qayta qabul qilib oldi, o'zi zarba berishi mumkin bo'lgan nuqtada ham u sheriklarini izladi va Vaskesga to'pni etkazishga urindi. Ammo to'p uzatish noqulay chiqdi va yarim himoyachi unga ko'ngildagidek zarba bera olmadi.  

14-daqiqa. "Inter" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin Lautaro Martines himoyachi Varan bilan joy tanlash uchun kurashni boy berdi va to'pga eta olmadi.    

12-daqiqa. Lukas Vaaaaskes! Jarima maydoniga kirib o'tirmay zarba yo'lladi, Xandanovich tomoshabin rolida qolib ketgandi, lekin to'p ustunga tegib qaytdi.   

10-daqiqa. "Qaymoqranglilar" goldan ruhlangan holda, bo'shashish niyatida emasliklarini ko'rsatishmoqda. Hujum chizig'i vakillari astoydil mehnat qilib pressingda ishtirok etishmoqda.   

8-daqiqa. Bunday tezkor gol o'tkazib yuborish Antonio Konto shogirdldari rejasida bo'lmagani turgan gap, lekin bu yanada qiziqarli, sababi endi aytib o'tganimizdek, jamoalarning bir ehtiyotkor, yopiq futbol namoyish qilishdan voz kechadi. Bu tabiiyki, "Real"ga ham tasir ko'rstadi va biz anchayin tomoshabop o'yin guvohiga aylanamiz.

7-daqiqa. GOOOOOOOL! Eden Azar jarima zarbasini golga aylantira oldi. 

4-daqiqa. PENALTI! Nacho jarima maydoniga kirgan va to'pni qabul qilib olgan bir pallada unga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Hakam penalti borligini ko'rsatdi. 

1-daqiqa. Ha, bugun hech bir jamoa shoshilmaydi. Hech bo'lmasa birinchi golga qadar. O'yin o'ta muhim va u orqali qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan ochkolar shunchalik muhimki, hech kim shoshilmaydi.  

Uchrashuv boshlandi! 


Inter

Champions League Grp. B . 4-tur

26/11/2020, 01:00

2
:
0
Tugadi

Real Madrid

Eden Hazard - 7', Achraf Hakimi - 59'

Stadion: Giuseppe Meazza, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
19'  Roberto Gagliardini
33'  Arturo Vidal
33'  Arturo Vidal
46'  Alessandro Bastoni (Danilo D'Ambrosio)
46'  Lautaro Martinez (Ivan Perisic)
64'  Achraf Hakimi (Alexis Sanchez)
78'  Roberto Gagliardini (Stefano Sensi)
86'  Stefano Sensi
86'  Romelu Lukaku (Christian Eriksen)
7'  Eden Hazard
58'  Martin Oedegaard (Casemiro)
59'  Mariano Diaz (Rodrygo)
59'  Achraf Hakimi
78'  Eden Hazard (Vinicius Junior)


YANGILASH

"Inter" (Italiya) – "Real Madrid" (Ispaniya)

Inter – Xandanovich, Xakimi, Bastoni, de Vrey, Yang, Vidal, Galyardini, Barella, SHkrinyar, Martines, Lukaku.

Real – Kurtua, Nacho, Mendi, Karvaxal, Varan, Edegor, Modrich, Kroos, Vaskes, Azar, Mariano Dias.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика