ECHL. "H" guruhi prevyusi
18 okt 2016 13:00
Yangiliklar
ECHL. "H" guruhi prevyusi
Turinning "Yuventus" klubi Franciyada "Lion" mehmoni bo'lishadi. "Yuventus" dastlabki ikki turda o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi. "Lion" Franciya chempionatida u qadar yaxshi ishtirok eta olmayapti (4ta g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat). "Yuve" esa doimgidek Italiya A seriyasida gegemonlikni davom ettirmoqda (7 g'alaba, 1 mag'lubiyat).
Xorvatiya chempioni Zagrebning "Dinamo" klubi o'z uyida "Sevilya" bilan kuch sinashadi. Zagrebliklar dastlabki ikki o'yinda umuman gol urmay 7ta to'p o'tkazishdi. Xorxe Sampaoli boshchiligidagi "Sevilya" esa 1ta gol urdi va umuman gol o'tkazmadi. 
"Lion" - "Yuventus"
Taxminiy tarkiblar:
"Lion": Lopesh; Yanga-Mbiva, Nkulu, Dyaxabi; Rafael, Tolisso, Gonalon, Darder, Morel; Fekir, Lyakazett.
O'ynamaydi: Jalle, Mammana, Ribus, Kalyulyu
"Yuventus": Buffon; Bardzali, Bonuchchi, Benatiya; Dani Alves, Xedira, Ernanes, Pyanich, Aleks Sandro; Dibala, Iguain.
O'ynamaydi: Asamoa, Kellini, Mandjukich, Markizio, Pyaca, Rugani
"Dinamo" Zagreb - "Sevilya"
Taxminiy tarkiblar:
"Dinamo": Livakovich; Stoyanovich, Sigali, SHildenfeld, Pivarich; Mashadu, Jonas, Sudani, Antolich, Fernandes; Enrikes.
O'ynamaydi: Lovren, Gonsalu Santush
"Sevilya": Riko; Mariano, Rami, Merkado, Eskudero; Vaskes, Kranevitter, Ganso; Vitolo, Ben-Yedder, Sarabiya.
O'ynamaydi: Tremulinas, Karlos Fernandes, Karrisu

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar