ECHL. "H" guruhi. 2-tur prevyusi
27 sen 2016 12:37
Yangiliklar
ECHL. "H" guruhi. 2-tur prevyusi
Birinchi turda "Lion" o'z uyida "Dinamo Zagreb"ni o'z uyida 3:0 hisobida taslim qildi. "Yuventus" va "Sevilya" o'rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmagan edi - 0:0.
"Sevilya" va "Lion" UEFA musobaqalarida ilk bor to'qnash kelishadi. "Lion" Ispaniyadagi oxirgi 4ta o'yinning 2tasida g'olib chiqqan.
"Dinamo Zagreb" va "Yuventus" ham UEFA bayrog'i ostida birinchi marta to'qnash kelishadi. "Dinamo" 2001 yildan buyon ilk bor evrokuboklarda Italiya klubiga qarshi o'ynaydi. "Yuventus" evrokuboklarda 17ta o'yindan buyon yutqazmayapti - 10 g'alaba, 7 durang. 
"Sevilya" - "Lion"
27 sentyabr. Sevilya. "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni.
Bosh hakam - Bas Neyxeys (Gollandiya).
Taxminiy tarkiblar:
"Sevilya": Riko; Mariano, Merkado, Parexa, Eskudero; Iborra, N'Zonzi; Vitolo, Nasri, Korrea; Vaskes.
O'ynamaydi: Tremulinas, Karrisu, Rami
"Lion": Lopesh; Yanga-Mbiva, Mammana, Morel; Gaspar, Ferri, Gonalon, Tolisso, Rybus; Korne; Fekir.
O'ynamaydi: Kalyulyu, Jalle, Grene, Lyakazett, Rafael
"Dinamo" Zagreb - "Yuventus"
27 sentyabr. Zagreb. "Maksimir" stadioni.
Bosh hakam - Manuel de Souza (Portugaliya).
Taxminiy tarkiblar:
"Dinamo": SHemper; SHitum, Sigali, Benkovich, Pivarich; Sudani, Mashadu, Jonas, Pavichich, Antolich; Fernandes.
O'ynamaydi: Stoyanovich, Mecel, Karimi
"Yuventus": Buffon; Bardzali, Bonuchchi, Kellini; Dani Alves, Xedira, Ernanes, Pyanich, Aleks Sandro; Iguain, Dibala.
O'ynamaydi: Markizio, Rugani, Asamoa, Benatiya
So'roq ostida: Sturaro
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar