So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

ECHL. Guruhlardagi holat va kimlar mazkur turda masalani hal etishi mumkinligi haqida Yangiliklar

ECHL. Guruhlardagi holat va kimlar mazkur turda masalani hal etishi mumkinligi haqida

"Yuventus", "Manchester Siti" va yana to'rt jamoa guruhdan chiqish vazifasini joriy turdayoq rasman hal etishi mumkin.

Evropa chempionlar ligasining 4-turida olti jamoa nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi: "Atletiko", "Bavariya", "Manchester Siti", "Napoli", PSJ va "Yuventus".


Guruhlardagi holat

"A" guruhi: PSJ (9) — "Bryugge" (2); "Real" (4) — "Galatasaray" (1)

Agarda PSJ mazkur turda g'alaba qozonsa, unda guruhdan chiqish masalasini hal qiladi. SHuningdek, PSJni mazkur turda durang natijasi ham nimchorak finalga olib chiqadi, agarda "Galatasaray" "Real" ustidan g'alaba qozona olmasa. Madriddagi o'yinda durang qayd etilsa va PSJ g'alaba qozonsa, unda parijliklar nafaqat pley-off yo'llanmasi, balki guruhdagi g'oliblikni ham muddatidan avval hal qilishadi.


"B" guruhi: "Bavariya" (9) — "Olimpiakos" (1); "Crvena Zvezda" (3)  — "Tottenxem" (4)

"Bavariya" "Olimpiakos"ni mag'lub etsa nimchorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi. SHuningdek, Myunxendagi o'yinda durang natijasi qayd etilib, parallel bahsda "Tottenxem" g'alabani tantana qilsa ham "Bavariya" muddatidan avval masalani hal qiladi. "Bavariya" g'alaba qozonib, ikkinchi o'yinda durang kuzatilsa, unda "Bavariya" nimchorak final yo'llanmasi bilan birgalikda guruh g'olibligini ham naqd qiladi.


"C" guruhi: "Atalanta" (0) — "Manchester Siti" (9); "Dinamo Zagreb" (4) — "SHaxtyor" (4)

"Manchester Siti" g'alaba qozongan taqdirda guruhdan chiqish masalasini hal qiladi. SHuningdek, parallel o'yinda Zagreb hamda Doneck jamoalari durang o'ynashsa va "Siti" g'alaba qozonsa, unda Gvardiola jamoasi guruh g'olibligini ham rasmiylashtirib qo'yadi.


"D" guruhi: "Lokomotiv" (3) — "Yuventus" (7); "Bayer" (0) — "Atletiko" (7)

"Yuventus" g'alaba qozongan taqdirda muddatidan avval nimchorak final masalasini hal etadi. "Atletiko"da ham pley-off bosqichi masalasini hal qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun "Atletiko" g'alaba qozonishi va "Yuventus" "Lokomotiv"ni mag'lub etishi lozim. 


"E" guruhi: "Napoli" (7) — "Zalcburg" (3); "Liverpul" (6) — "Genk" (1)

Mazkur "kvartet"da "Napoli"da nimchorak final masalasini muddatidan avval hal etish imkoniyati bor. Buning uchun "Napoli" g'alaba qozonishi va parallel o'yinda "Liverpul" "Genk"ka mag'lub bo'lmasligi talab etiladi.


"F" guruhi: "Barselona" (7) — "Slaviya" (1); "Borussiya" Dortmund (4) — "Inter" (4)

Mazkur guruhdagi hech bir jamoa ushbu turda muddatidan avval nimchorak final masalasini hal etish imkoniyatiga ega emas. 


"G" guruhi: "Zenit" (4) — "Leypcig" (6); "Lion" (4) — "Benfika" (3)

Mazkur guruhdagi hech bir jamoa ushbu turda muddatidan avval nimchorak final masalasini hal etish imkoniyatiga ega emas. 


"H" guruhi: "CHelsi" (6) — "Ayaks" (6); "Valensiya" (4) — "Lill" (1)

Mazkur guruhdagi hech bir jamoa ushbu turda muddatidan avval nimchorak final masalasini hal etish imkoniyatiga ega emas.


ECHL. "Borussiya D" - "Inter" va qolgan o'yinlar uchun taxminiy tarkiblar 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика