So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" dastlabki o'yinda safarda "Granada"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" dastlabki o'yinda safarda "Granada"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi

Ayni damda Evropa ligasining 1/4 finalidan o'rin olgan "Granada" - "Manchester Yunayted" bahsi bo'lib o'tmoqda.

Granada Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 0:2

Gollar: Reshford (31, 0:1), Fernandesh (90-pen, 0:2).

Granada – Ruy Silva, Valexo, Neva (Fulke, 74), Duarte (Xerman Sanches, 54), Dias, Montoro, Puertas, Gonalon, Errera, Kenedi (Machis, 75), Soldado.

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, SHou (Telles, 46), Uan-Bissaka, Lindelef, Pogba (Matich, 74), Brunu Fernandesh, Maktomini, Jeyms, Grinvud, Reshford (Kavani, 66).

Ogohlantirish: Pogba (8), Maktomini (40), SHou (42), Duarte (51), Maguayr (72).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" dastlabki o'yinda sezilarli ustunlikka erishdi!

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Brunu o'zi ishlagan penaltini golga aylantirdi!

VARdagilar ham ushbu vaziyatda penalti borligini tasdiqladi. To'p oldida jabrlanuvchi.

89. PENALTIIIII!!! Brunu Fernandeshni urib yiqitishdi. Bosh hakam ikkilanmasdan tezda xushtagini chalib, 11 metrlikka ishora qildi.

87. "Granada"ning bosimi ortda qolib, "Yunayted" yana tejamkor uslubiga o'tib oldi.

83. ZARBAAAAAAA!!! Brunu birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Ruy Silva zarbani qaytardi!

81. Darvin Machisning zarbasi Maktominiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

77. Iye... Tellesning ajoyib to'p uzatishidan keyin Kavani chiroyli vaziyatga ega bo'lgandi. Gol urishi mumkin edi u. Ammo to'pga oyog'ini cho'zmadi.

73. Jeyms chap qanotdan darvoza yonidagi Kavani tomon to'pni uzatgandi. Kuchli uzatmaga Edi etib kela olmadi.

67. Kenedining zarbasini de Xea ushlab oldi.

61. "Granada" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Uzatma kuchli chiqqani uchun to'p qarama-qarshi tomonga chiqib ketdi. 

58. ZARBAAAAA!! Maguayrning kuchli zarbasi noaniq ketdi.

53. "Yunayted"da jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Ammo Soldado xavfni bartaraf qildi.

50. "Granada" ketma-ket ikki burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Dastlabki bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBAAAA!! CHiroyli vaziyat. Burchakdan uzatilgan to'pni Kenedi MYU darvozasi tomon to'xtatmay tepdi. CHiroyli zarbani de Xea ushlab oldi. 

41. ZARBAAAAAA!!! Kim zarba berganini ko'rmay qoldim-ku, lekin De Xeaning darvozasi ustuni nishonga olinganini ko'rdim. David ushbu vaziyatni nazoratdan chiqarib yuborgandi.

38. Erreraning qanotdan MYU jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pi hech kimga tegmasdan autga chiqib ketdi.

36. Umuman olganda o'yin tempi yomon emas.

Bugungi o'yin vaqtida maydonga kiyimsiz muxlis maydonga tushib ketibdi) Rasmlarini afsuski qo'ya olmaymiz)

31. GOOOOOOOOOOLLLLL!! RESHFORRRRRDDDDDD!!!! Lindelofning super to'p uzatishidan keyin Markus to'pni chiroyli to'xtatib, ikkinchi urinishda darvozani ishg'ol qildi!!

27. Reshfordning zarbasi noaniq ketdi.

25. "Yunayted" tezkor hujumga o'tib ketayotganida "Granada" futbolchisi jarohat olgani uchun Fernandesh to'pni autga chiqarib yubordi.

21. "Granada" tezkor hujum uyushtirgandi. Gonalonning qanotdan markazga oshirgan to'pini Lindelof qaytarib yubordi.

19. Reshfordning jarimadan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

18. Endi "Yunayted"da standart vaziyat.

13. Mankunianliklar raqib jarima maydonchasi yonida shturmni boshladi.

8. "Granada" futbolchisi Kenedi MYU jarima maydonchasi yonida yiqitildi va jarima zarbasi belgilandi.

5. "Yunayted"da qarshi hujum. Maktominining zarbasini himoyachilar qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Nuevo Los Karmenes" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda "Granada" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari bahslashadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика