So’nggi yangiliklar

11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  0 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  21 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  14 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  19 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  12 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  16 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  38 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6

ECHL. "Real" Evropa CHempionlar ligasining 14 karra g'olibi! Yangiliklar

ECHL. "Real" Evropa CHempionlar ligasining 14 karra g'olibi!

Evropa CHempionlar ligasi finali yakunlandi.

"Liverpul" (Angliya) – "Real Madrid" (Ispaniya) 0:1

Gol: 0:1 – 59 Vinisius Junior.

00.00, «Stad de Frans»

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Xenderson (Keyta, 77), Tiago Alkantara (Firmino, 77), Fabino, Salax, Mane, Dias (Diogu Jota, 65).

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 90), Kroos, Kazemiro, Valverde (Kamavinga, 85), Benzema, Vinisius Junior (Rodrigo, 90).

Ogohlantirish: Fabino (62).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! "Real Madrid" CHempionlar ligasi g'olibi! 

90+3. "Real"da o'zgarish: Vinisius o'rniga Rodrigo maydonga tushdi.

90+2. Kamavinga Benzemaning uzatmasidan so'ng to'pni yuqoriga yo'lladi.

90+1. Sebalos birga-bir vaziyatni havoga sovurdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Real"da o'zgarish: Sebalos Modrich o'rniga maydonga tushdi.

88. Kurtuani havodan ham, erdan ham dog'da qoldirib bo'lmaydi. Burchakdan oshirilgan to'pni ushlash uchun Tibo parvoz qildi.

87. Vinisius ofsaydda qolib ketdi.

87. Benzema Trentni aldab o'tolmadi, qulay vaziyat chippakka chiqdi.

85. "Real"da o'zgarish: Valverdi o'rniga Kamavinga maydonga tushdi.

82. Kurtua so'zini hamma vaziyatda yozmasam bo'lmayapti. Salohning navbatdagi zarbasi va ko'ngil xotirjam.

82. Keyta Firminoning ajoyib uzatmasini puchga chiqardi.

80. Kurtuaning yigirmata qo'li bor shekilli, navbatdagi qiyin vaziyatda jamoasini qutqardi.

77. "Liverpul"da ikki o'zgarish: Henderson o'rniga Keyta, Tiago o'rniga Firmino maydonga tushdi.

76. Kazemiro jarimadan oshirilgan to'pni pas bermasdan darvozaga tepganida, katta ehtimol bilan gol bo'lardi.

74. Trentning zarba aralash uzatmasiga Jota oyoq qo'yishga ulgurmadi.

73. Alisson Vinisiusga uzatilgan to'pga ega chiqdi.

71. Vinisiusning zarba berishiga Konate yana imkon bermadi.

69. Kurtua qaerda bo'lsayam etib keladi, yana Saloh imkoniyatdan foydalana olmadi. "Oltin to'p"ni bu yil ikki kishiga berish kerak.

67. Endi Saloh qo'pollik ishlatdi, jabrlanuvchi Kroos

65. "Liverpul"da o'zgarish: Dias o'rniga Jota maydonga tushdi.

65. Salohga nisbtan qo'pollik ishlatildi.

64. Salohdan o'z uslubida zarba va o'z uslubidagi Kurtua!

62. Fabino Valverdini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!!!! VINISIUS!!! Valverdining kuchli uzatmasini braziliyalik vinger darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

58. To'p Alabaning qo'liga tekkandi, ammo atayin bu holat sodir bo'lmadi.

Benzemaning goliga tushuncha berib ketamiz: 

Agar to'p Benzemaga raqibdan kelsa, hakam oxirgi teginishga emas, to'pga ongli ravishda o'ynalganmi yoki rikoshetligiga qaraladi. Bu vaziyatda rikoshet. SHuning uchun offsayd.

56. Dias Militaoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

54. "Liverpul"ning ikki zarbasiga "Real" himoyachilari to'siq qo'yishdi.

52. Salohning uzatmasini Kurtua egallab oldi.

49. Kazemiro qarshi hujumda to'xtatib qolindi.

47. Trentdan uzatma, Karvaxal Diasga to'p etib borishiga yo'l qo'ymadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! HOZIRCHA HISOB OCHILMADI.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. Qo'shimcha vaqt VARni ko'rish bilan o'tmoqda. Ofsayd ekan. Gol inobatga olinmadi.

43. GOOOOLLL! Yo'q, Benzema ofsaydda edi, gol hisobga olinmadi. VAR ko'rib chiqmoqda.

41. ZARBA! Henderson burchak zarbasidan qaytgan to'pga to'xtatmasdan zarba yo'lladi, raketa tezligidagi to'p mo'ljalga etib bormadi.

40. Manedan xavfli zarba, Militao so'nggi lahzada oyog'ini qalqon qildi.

39. Dias tezlikda Karvaxaldan o'tib ketolmadi.

36. Vinisius burchak to'pi ishlab oldi. Hujum bartaraf etildi.

34. Saloh bosh bilan zarba yo'lladi, yana yozaverib qo'limiz charchagan Kurtua to'pni egalladi.

32. Benzema Vinisiusni birga-bir vaziyatga boshlayotgandi, Van Deyk holatni o'qidi.

30. Trent to'pni o'tkazib yuborganda Vinisius Alisson bilan birga-bir vaziyatga chiqardi.

30. Hendersonning qanotdan uzatmasi Kurtuning qo'liga borib tushdi.

28. Salohning xatosiga Kazemiro xato bilan javob qaytardi.

25. Vinisiusdan Benzemaga uzatma, Alisson to'pni egallab oldi.

21. ZARBA! Manening zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

19. ZARBA! Trent Salohning pasini to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, ancha noaniq.

18. Valverde qarshi hujumda tezlik qildi, uning pasiga Vinisiusga etib kelolmadi.

18. Salohdan yana zarba! Manening pasini Muhammad to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, Kurtuaaa!

17. Tiagodan ajoyib zarba, Tibo o'z o'rnida.

16. ZARBA! Trentning pasidan so'ng Saloh zarba yo'lladi, Kurtuadan dahshatli seyv! 

15. Vinisius to'p uchun kurashda devqomat Konatega yutqazdi.

14. Robertson jarima maydoni ichiga pas berdi, Mendi to'pni Kurtuaga to'g'rilab berdi.

12. Dias va Mane bir-birini tushunmadi, oqibatda to'p yo'qotildi.

11. Dias o'ziga oshirilgan to'pga etishi uchun kamida Bolt bo'lishi kerak.

10. Mane raqib jarima maydoniga kirib bordi va uzatma amalga oshirdi, biroq hakam to'p maydonni kesib o'tganini qayd etdi.

8. Alaba Vinisiusni oldinga boshlagandi, Alisson oldinga chiqib, bosh bilan to'pni qaytarib yubordi.

7. Mane yiqildi, o'yin qoidasi buzilmadi.

6. "Real"ning hujum qilishiga raqiblar yo'l qo'ymayapti.

4. Arnold Maneni oldinga boshladi, Militao faol harakat qildi.

3. Arnoldning uzatmasini Benzema qaytarib yubordi.

2. Tiago maydonda, endi uni yiqitishdi.

1. "Qizillar" hujumda Valverdega nisbatan qo'pol o'ynashdi.

1. "Liverpul" o'yinni boshlab berdi.

Sardorlar bir-biriga omad tiladi.

Bugungi final o'zgacha bo'lmoqda boshlanmasdan turib, uxlab qolib, ko'rmaganlar armonda, ko'rayotganlar janjal qilmanglar deb qolamiz.

Nihoyat, maydonga ikkala jamoa azolari chiqib kelishmoqda.

CHempionlik kubogi stadionga olib chiqildi.

Kamillaning qo'shig'i yakunlandi, endi asosiy 90 daqiqalik koncertni kutyapmiz.

00:36 da uchrashuvni boshlanadi deyishmoqda. Tantanali ochilish marosimi esa boshlandi. Maydon uzra "HOLA" degan yozuv hosil qilishdi raqqosalar. Bu bozorchaga kirishda pista sotadigan xolaga (h emas afsuski) xurmat manosini ifodalasa kerak. Albatta, hazil. Tashqarida bayram, ichkarida bayram davom etmoqda.

"Futbol — muxlislar uchun!" Kerak bo'lsa, yana bir soat kutamiz tomoshabinlar uchun.

Mersisaydlik muxlislarning stadionga kirishida muammolar yuzaga keldi va ular janjal ko'tardi, qo'riqchilar esa ishqibozlarni tinchlantirish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gazni qo'llashdi.

00:30 gacha kutar ekanmiz. Hechqisi yo'q, ertaga dam olish kuni, tushgacha budilnigimizning ovozini o'chirib qo'ysak bo'ladi.

Final stadionga kirishdagi tirbandlik sabab 15 daqiqaga kechiktirildi.


Stadionning yarmi qizil, yarmi oq,

Ko'zni uzmay, TVga boq.

Tiagoning o'rniga Nabi Keyta o'yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda ekan. Ispaniyalik yarim himoyachi o'yinoldi mashg'ulotlarda kichik jarohat olgan ko'rinadi.

Assalomu alaykum, chinakam futbol ishqibozlari! Bugun uxlamaslikka arzirli o'yin guvohiga aylanamiz. Uylanganlar rafiqangizni sovg'aga ko'ndirib, televizor pultini olib qo'ying. Talabalar, ertaga birinchi para darsdan voz kechavering. Xullas, qiziqarli bahs guvohiga aylanamiz. Ikkala jamoadan birining muxlisi bo'lsangiz, bir qo'lingizga guldasta, bir qo'lingizga dastro'mol hozirlab qo'ying, keyin qidirib qolmaysiz. Baqir-chaqir qilib qo'shnilaringizni tinchini buzsangiz, indamasligi mumkin. CHunki ular ham mana shu o'yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutishayotgan bo'lsa, ajabmas.

Evropa CHempionlar Ligasi. Finalgacha...

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика