So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

ECHL. "Yuventus" safarda yirik hisobda g'alaba qozondi, Moratadan dubl Yangiliklar

ECHL. "Yuventus" safarda yirik hisobda g'alaba qozondi, Moratadan dubl

CHempionlar Ligasi "G" guruhi 3-turidan o'rin olgan uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Ferencvarosh (Vengriya) – Yuventus (Italiya) 1:4 

«Pushkash Arena»

Gollar: Boli 90' –  Morata 7', 60', Dibala 73', avtogol Dvali 81'

Ferencvarosh – Dibus, Botka (Xeyster, 68), Dvali, Lovrenchich, Blajich, Izael (Boli, 74), Somalia, Ngen (Mak, 74), SHiger, Zubkov (Uzuni, 80), Xaratin.

Yuventus – SHensni, Kellini, Danilo, Bonuchchi, Remzi (Makkenni, 53), Kuadrado (Frabotta, 76), Rabo, Artur (Bentankur, 46), Keza (Bernardeski, 76), Ronaldu, Morata (Dibala, 67).

Ogohlantirish: Botka (19).

O'yin yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOL! Boli gol urib, hisobni 1:4 ko'rinishiga keltirdi!

88. Frabottadan yaxshi uzatma, Danilo to'p tomon astoydil intildi, ammo zarba bera olmadi.

87. Mezbonlar allaqachon engilganliklarini tan olishgan, "Yuve" mashg'ulotdagidek o'ynashda davom etyapti. 

85. Makkeni uzoqdan yaxshi zarba yo'lladi, Dibus bu gal adashmadi va to'p yo'nalishini topdi.

83. "Ferencvarosh"dan "xatolar paradi", ular bugun qaysidir manoda o'zlarini o'zlari mag'lub etishdi.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Himoyachilar yana xato qilishdi, bundan Dibala unumli foydalandi!  Gol avtogol sifatida Dvaliga yozildi, chunki u darvozaga kirib ketayotgan to'pga zarba bergandi. 

80. "Ferencvarosh"da o'zgarish: Zubkov o'rniga Uzuni tushdi. 

76. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Keza o'rniga Bernardeski, Kuadrado o'rniga Frabotta tushirildi.  

74. "Ferencvarosh"da 2 ta o'zgarish: Ngen o'rniga Mak, Izael o'rniga Boli tushdi. 

73. GOOOOOOOOOOOOOL! Dibala! 0:3!  Blajich darvozabonga pas berdi, Dibus esa to'pni qabul qilishda xatoga yo'l qo'ydi, Paulo bundan unumli foydalanib qoldi. 

72. Zarba!  Uux! Dibalaning yaxshi o'ylangan zarbasi noaniq chiqdi, ajoyib gol bo'lardi... 

71. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 46% - 54% 

69. Izael burchak to'pini ijro etdi, SHensni mushti bilan to'pni urib yubordi. To'p Lovrenchichga etib keldi, uning zarbasi esa kuchli, biroq noaniq ketdi. 

68. "Ferencvarosh"da almashtirish: Botka o'rniga Xeyster tushirildi. 

67. "Yuventus"da o'zgarish: o'yin qahramoni Morata o'rniga Dibala tushdi. 

65. Kellini, Bonuchchi va SHensni o'zaro pas o'ynashmoqda, raqib ham pressing qilgisi yo'q, "shoshib, nima qilamiz?" deyishmoqda turinliklar.

63. Kuadrado uzoq masofadan uzatmani amalga oshirdi, ammo ikkinchi qavatda Blajich Ronalduni yutdi.

62. "Yuventus" futbolchilari ishonch bilan to'p tepishyapti. Ortiqcha kuch sarflash yo'q, lekin o'yinni tashkil etish – mukammal!

60. GOOOOOOOOOOOOOL! 0:2!  Moratada dubl!  Alvaro Ronalduning pasidan keyin ajoyib zarbasi orqali darvozani ishg'ol etdi.

57. Uuuuxx! Ronaldu! Ajoyib vaziyat! Yaqin masofadan noaniq zarba berdi, kamdan kam uchraydigan holat, ayniqsa, bu Ronaldu bilan sodir bo'lsa. 

54. Krishtianu "Ferencvarosh" jarima madoni ichida o'z klassik fintini ishlatdi, himoyachi sergak turdi va portugaliyalikning zarba berishga yo'l qo'ymadi. Ikkinchi tempda hujumga tao'tgan Kuadrado esa to'pni yo'qotdi.

53. "Yuventus"da almashtirish: Remzi o'rniga Makkenni o'yinni davom ettiradi. 

52. Remzi jarohatlandi, unga shifokorlar yordami kerak. Makkenni maydonga tushish uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi. 

51. Ngen "Yuve" jarima maydoni ichiga kirib bordi, raqiblarni chalg'itishga urindi, ammo hech zarba yo'llamadi.

49. Rabo Morata tomon judakuchli pas berdi, Xaratin holatdan unumli foydalanib, to'pni egallab oldi.

47. Zarba!  Ronalduning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi sal kuchsiz chiqdi.  To'p Ribusda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Yuventus"da o'zgarish: Artur o'rniga Bentankur tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. SHiger Arturga nisbatan qo'pollik ishlatdi, mezbonlar bugun mehmonlarga iltifot qo'rsatmoqchi emas.

42. "Byankoneri" bosim uyushtirdi, raqib posboni Dibus to'pni "aut"ga tepishga majbur bo'ldi.

40. "Yuve" to'pga egalik qilmoqda, kuchli yomg'ir yog'ayotgani tufayli o'ygash qiyin bo'lyapti, shu bois turinliklar ortiqcha harakat qilishmayapti. 

38. O'yinda kichik to'ztalish yuzaga keldi, Botka jarohat olgan ko'rinadi. 

36. Qanday vaziyat!  Morata birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol etmasdan Ronalduga pas bermoqchi bo'ldi. 

34. Remzi Zubkovga nisbatan qoidani buzdi. Keyingi vaziyatda Lovrenchichning olis masofadan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi. 

31. Kezaning uzatmasidan keyin Morata to'pga tegdi, ammo zarba o'xshamagni bois raqib posboni Dibus to'pga ega chiqdi.   

29. Vengriyaliklar qoyilmaqom kombinaciyani amalga oshirdilar. Lovrenchichning uzatmasini Kellini qaytardi.

28. Blajich maydon markazida Moratani itarib yubordi, hakam qoida buzish qayd etdi.  

26. Zarba!  Lovrenchich o'ng qanot orqali ichkarida turgan Zubkovga pas berdi, uning zarbasi kutilganidek chiqmadi...

25. Uuuxx! Krishtianu darvozabon bilan birga-bir holatda qoldi, keyin to'pni Kezaga uzatdi, uning zarbasi himoyachilar tomonidan qaytarildi, qaytarilgan to'pga Kuadrado ega chiqdi, uning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

24. Ronaldu - Remzi o'zaro devor uslubini qo'llashdi, yakunda Blajich to'pni olib qo'yishga erishdi. 

22. Ronaldu Kezani ajoyib pas bilan taminladi. Yo'q, bu vaziyatda o'yindan tashqari holat bor ekan. 

20. Zarba!  Ngenning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

19. Botka Kuadradoga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

18. Keza chap qanotda tezligi evaziga to'pni maydonda qolishiga sababchi bo'ldi va ortida turgan sherigi Raboga pas berdi, u esa to'pni raqibga oldirib qo'ydi. 

16. Zarba!   Botka bir nechta harakatlarni amalga oshirdi va zarba yo'lladi, ancha noaniq. 

15. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 45% - 55% 

13. Zarba!  Somalia qanotda to'pni qabul qilib oldi. Markaz tomon intilib bordi va uzoqdan zarba berishga kirishdi – noaniq.

12. "Ferencvarosh"ning dastlabki hujumi, Zubkov o'ng qanotda ichkariga kirib borib, zarba yo'lladi, ammo himoyachilar o'z vaqtida xavfning oldini olishdi.

11. Zarba!  Kudradoning pasidan keyin Remzi uzoqdan zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qoldi. Ayni damda maydondagi eng faol o'yinchi shubhasiz, Kuadrado!

10. Urilgan gol "Yuventus"ga qo'l keldi, endi jamoa to'pga ishonch bilan egalik qilib, o'yinni nazorat qilyapti. 

8. Gol shubha ostida qoldi, ammo ofsayd yo'q ekanligi malum qilindi. 

7. GOOOOOOOOOOOOOLLL! Morata!  Kuadrado o'ng qanotdan to'pni ichkariga uzatdi, Morata esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

6. "Yuventus" vaziyat tashkil etishga urinmoqda, bu borada Kuadrado jonbozlik ko'rsatyapti. 

4. Zarba!  Ronaldu uzoqdan zarba yo'llab, Dibusni sinovdan o'tkazib oldi. 

3. O'yingohdagi muxlislar

1. Keza chap qanot orqali tezlik oldi va ichkariga kirib borishga oshiqdi, biroq to'p sal oldinroq maydon chetiga chiqib ketgan edi. 

1. O'yin boshlandi! 

- UEFA madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. 

"Krish" bugun nechta gol uradi?

"Yuve" stadionga etib keldi

Kiyinish xonasidan suratlar

"Pushkash Arena" futbol oqshomiga tayyor! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun CHL guruh bosqichi 3-turida  "Ferencvarosh" – "Yuventus" to'qnashuvi guvohiga aylanamiz. Bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.    

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика