So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

ECHL. CHorak final ishtirokchilarining imkoniyatlari qanday? Yangiliklar

ECHL. CHorak final ishtirokchilarining imkoniyatlari qanday?

UEFA CHempionlar Ligasi chorak finalchilari malum bo'ldi.

Evropa futbolining kuchli sakkizligi tez orada o'zaro raqib bo'lishadi. Ushbu mavsumning chorak final bochiqichiga kelib Bundesligadan birorta jamoa qolmagani, 2006 yildan beri birinchi bor kuzatildi. 2009 yildan buyon ilk marta biz yana APL kvarteti ishtirokini guvohiga aylanamiz (bu safar "CHelsi" va "Arsenal" o'rnida "Manchester Siti" hamda "Tottenxem" jamoalari). Albatta, Angliya sharafini himoya qilayotgan klublar CHemionlar Ligasi bezagiga aylanishi shubhasiz.

Biz chorak finalga etib kelgan sakkiz jamoani ko'rib chiqdik va joriy mavsumdagi namoyishlari orqali ularning o'rnini belgilab olishga urindik. Ko'rinib turibdiki, klublarning bu yilgi CHempionlar Ligasidagi ishtiroki asosiy rejaga chiqadi, lekin baribir butun mavsumdagi o'yinlari ham inobatga olinadi. 


8. PORTU

Guruhda: 1-o'rin 

6 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 19-9


"Portu" pley-off bosqichiga 15 ta gol urgan holda etib keldi. Faqat PSJ (17) va "Manchester Siti" (16) guruh bahslarida Portugaliya jamoasidan ko'proq to'p kiritgan. PSJ allaqachon musobaqa bilan hayrlashdi, "Siti" esa guruh o'yinlarida "Portu"dan ko'p  gol urgan yagona jamoa bo'lib qolmoqda. Portugallar "D" guruhidan engil o'tib olishdi. Mahalliy chempionatda ham ishlari joyida - peshaqadam. Ular chorak final yo'lida "Roma" qarshiligiga duch kelishdi va qo'shimcha taymlardan so'nggina keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishga erishdi. Istalgan klub "Portu" bilan raqib bo'lishni xohlaydi, ammo chorak finalga chiqqan jamoa shunchaki "go'sht" bo'lib bermasa kerak. O'tgan yili "Barselona"ni kutilmaganda musobaqadan chiqarib yuborgan "bo'rilar", bu safar "Portu" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'ta olishmaganini ham aytib o'tish lozim.


7. TOTTENXEM

Guruhda: 2-o'rin

4 ta g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 13-10


O'lim guruhidan manfiy to'plar nisbati bilan pley-offga chiqish ilojsiz bo'lishi kerak, aslida. Ammo, Maurisio Pochettino jamoasi bilan emas. "Inter" va "Barselona" bilan bir guruhdan o'rin olgan va ilk 3 ta turdan so'ng 1 ochko to'plashi jamoaning keyingi bosqich imkoniyatlarini pasaytirib yuborgan bo'lsa-da, klub azolari o'zlarida qo'shimcha kuch zaxirasi bor ekanini isbotladi. Keyinchalik Dortmundning "Borussiya" jamoasi nisbatan osonlik bilan mag'lubiyatga uchratildi. Uyda 3:0 va nemislar maydonida ham minimal hisobdagi ustunlik "shporlar"ning muvaffaqiyatini taminlab berdi. Ikki musobaqada bir xil suratda o'ynash, "Tottenxem" uchun og'irlik qiladi va ular katta ehtimol bilan bor etiborni CHempionlar Ligasiga qaratadi. Bu esa chorak finalda londonliklarga qarshi to'qnash keladigan raqibga oson bo'lmasligini bildiradi. 


6. MANCHESTER YUNAYTED

Guruhda: 2-o'rin

4 ta g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 10-7


Mankunianliklar qiyin guruhdan o'ziga xos iroda ko'rsatib, keyingi raundga yo'l olganiga ishonish qiyin. Har holda Joze Mourino boshaqaruvida asl MYU "o'lib bo'lgandi". Aynan uning istefosidan keyin jamoa muhiti va o'yinida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'layotgani va haqiqatan ham xavfli klubga aylanib borayotganini kuzatish mumkin. PSJ bilan dastlabki o'yindan keyin ko'pchilik MYUni manzilga etib keldi, deya hisoblab turgan bir pallada azaldan "qizil iblislar" safida bo'lib kelgan Sulsher, shogirdlarini ruxlantira oldi. Parijda kechgan bellashuvda "kambek" amalga oshirilishi, qaysidir manoda Ser Aleks Fergyusson davridagi "Manchester Yunayted"ni eslatib yubormoqda. Jumboqli tomonga aylangan MYU qaysi jamoaga qarshi to'qnash kelmasin, albatta o'sha jamoani xavotirda ushlab turishga bemalol kuchi etadi.


5. AYAKS

Guruhda: 2-o'rin

4 ta g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 16-8


2015 yildan beri ilk marta ECHLda ko'rinish bergan "Ayaks" hech qaysi klubda yo'q yaratuvchanlik, juda ochiq va musobaqani larzaga keltiradigan o'yinlari orqali ko'pchilik futbol mutaxassislarini hayron qoldirishda davom etmoqda. "Bavariya"dan keyin ikkinchi pog'ona bilan pley-offga yo'l olganidan so'ng, qura amsterdamliklarni oxirgi 3 mavsumdan beri ECHL kubogini hech kimga bermay kelayotgan, lekin, oldingilariga qaraganda biroz bo'shroq o'yin ko'rsatayotgan "Real"ga ro'baro' qildi. Ushbu qarama-qarshilik yakuni qanday yakunlanganini quyidagi havola orqali yana bir bor yodga olishingiz mumkin.

ECHL. "Ayaks" "Real"ni Madridda qoldirib ketdi


4. LIVERPUL

Guruhda: 2-o'rin

4 ta g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 12-8

Ser Aleksning "Siz ECHL pley-off bosqichining uy uchrashuvlarida g'alaba qozonib, mehmonda durang natija bilan o'z yurishingizni davom ettira olasiz" degan so'zlarini Yurgen Klopp va uning jamoasi misolida ko'rishimiz ham mumkin. 

Ammo, etiborli tomoni shundaki, mersisaydliklar "Bavariya"ga qarshi to'qnashuvda "Enfild"da golsiz durang o'ynagani, ularni javob bahsi oldidan ideal bo'lmagan holatda qoldirgandi. SHunga qaramay, jamoa o'z o'yinini myunxenliklarga o'tkaza oldi. Ayni damda, uy va safar o'yini tizimidagi pley-off o'yinlari jamoa ustunligini taminlab berayotgan va o'ziga xos xarakterni shakllantirib ulgurgan vaqtda "qizillar"ga kim raqib bo'lishni xohlaydi deysiz? 


3. YUVENTUS

Guruhda: 1-o'rin

5 ta g'alaba, 3 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 12-6


Turinliklar guruh bosqichining dastlabki 3 o'yinida raqiblariga imkon qoldirmagan bo'lsa ham, keyingi 3 turda biroz ishonchsiz ko'rindi va jamoaning ECHLdagi safari uzoqqa cho'zilishi borasida bir qator shubhalarni uyg'otdi. "Yuventus" A Seriyada yakka hukmron, lekin halqaro maydondagi o'yinlarda bunday emas. Masalan, "Valensiya" va "Yang Boys" jamoalariga qarshi bellashuvlarda "keksa senora" "ikkinchi bo'lim jamoasi"ga aylandi. Pley-off bosqichi esa alohida bir mavzu. "Yuventus"ning o'rnini ko'tarib turgan faktor — Krishtianu Ronaldu. Portugaliyalik yulduzning turinliklar jamoasida bo'lishi, klubning ECHLda zafar quchish koefficientini yuqorilashiga sabab bo'ladi. Aslida, Allegrining yutug'i ham mana shunda. Ronaldu "Atletiko"ni qanday qilib musobaqadan chiqarib yuborgani hali ham sizning o'y-hayollaringizdan chuqur joy olgan bo'lishi katta ehtimol. Yana bir bor yodga olmoqchimisiz? Marhamat, tanlov sizda!

ECHL. Ronaldu effekti: "Yuventus" juda xotirjam "kambek" amalga oshirdi


2. MANCHESTER SITI

Guruhda: 1-o'rin

6 ta g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat

To'plar nisbati: 26-8


"Manchester Siti" guruh bahslarini xotirjam o'tkazdi. Albatta, "Lion" jamoasiga qarshi "Etihad" o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuv bundan mustasno. Jamoa APLda hukmronlik qilmoqda. Gvardiola uchinchi mavsumida o'z falsafasini singdira olgani va yana biz bilgan tiki-taka usuli "Citi"ga ko'p hollarda qo'l kelmoqda. Aguero va Sterling faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazayotgani, Sanening kutilganidan ko'proq samarali o'yini, Bernardu Silva markazda o'z asarini qoyilmaqom yaratishi va bir qator faktorlar manchesterliklarning ECHLda favorit bo'lishlariga zamin yaratadi. Fakt shuki, "Manchester Siti" yuqoridagi so'zlarni "SHalke"ga qarshi uchrashuvda ko'rsatib berdi. Istalgan klubga taktik joylashuv va jamoadagi muhiti orqali namuna bo'la oladigan "Manchester Siti" ECHL chempionligi uchun asosiy nomzodlardan biri sanaladi. 


1. BARSELONA

Guruhda: 1-o'rin

5 ta g'alaba, 3 durang

To'plar nisbati: 19-6


"O'lim guruhi"dan qiyinchliksiz o'tgan kataloniyaliklar yuqori formada o'z ishtirokini davom ettirmoqda. Joriy mavsum ECHLda 477 daqiqa harakat qilgan Messi 8 ta gol urib, 3 marta golli uzatma berishga ulgurdi. Umuman, olganda, argentinalik futbolchi kerakli vaziyatlarda jamoani etaklay olmoqda. Uning hozircha so'nggi bo'lib turgan shedevr o'yiniga gap so'z bo'lishi mumkin emas. "Barselona" klubining navbatdagi raqibi kaysi jamoa bo'lishi mumkin?


P.S. Yuqorida keltirilgan malumotlar orqali hech narsani isbotlamoqchi emasmiz, balki bugun Toshkent vaqti bilan 16:00da o'tkaziladigan qura marosimidan avval klublarning imkoniyatlari haqida qisqacha to'xtalib o'tishga harakat qildik.


Nodir Abdurasulov

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика