ECHL. Bugungi uchrashuvlardan so'ng guruhlardagi holat bo'yicha qisqa tahlil
27 noy 2013 04:01
Yangiliklar


ECHL. Bugungi uchrashuvlardan so'ng guruhlardagi holat bo'yicha qisqa tahlil
Bugun bo'lib o'tgan to'rtta guruhdagi 5-tur uchrashuvlaridan so'ng "CHelsi" keyingi bosqichga yo'l olgani rasman malum bo'ldi.
"E" guruhi.
N | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | CHELSI | 5 | 3 | 0 | 2 | 11-3 | 9 |
2 | BAZEL | 5 | 2 | 2 | 1 | 5-4 | 8 |
3 | SHALKE | 5 | 2 | 1 | 2 | 4-6 | 7 |
4 | STYAUA | 5 | 0 | 3 | 2 | 2-9 | 3 |
Eng murakkab holatlardan biri mana shu guruhda vujudga kelgan. 7,8, ochkolarni jamg'argan ikkita jamoa keyingi bosqichga chiqishni istaydi, lekin bitta omadsiz jamoa guruhda qolib ketadi. Bu borada so'nggi turdagi "SHalke-04" - "Bazel" uchrashuvi juda ahamiyatlidir. Har qanday holatda ham "CHelsi" keyingi bosqichga yo'l olib bo'ldi.
So'nggi turda.
"SHalke-04" - "Bazel"
"CHelsi" - "Styaua"
"F" guruhi.
N | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ARSENAL | 5 | 4 | 0 | 1 | 8-3 | 12 |
3 | BORUSSIYA D | 5 | 3 | 0 | 2 | 9-5 | 9 |
2 | NAPOLI | 5 | 3 | 0 | 2 | 8-9 | 9 |
4 | MARSEL | 5 | 0 | 0 | 5 | 4-12 | 0 |
So'nggi turda.
"Marsel" - "Borussiya"
"Napoli" - "Arsenal"
"G" guruhi.
N | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ATLETIKO | 5 | 4 | 1 | 0 | 13-3 | 13 |
2 | ZENIT | 5 | 1 | 3 | 1 | 4-5 | 6 |
3 | PORTU | 5 | 1 | 2 | 2 | 4-5 | 5 |
4 | AUSTRIYA | 5 | 0 | 2 | 3 | 1-8 | 2 |
Bu guruhda ham ajoyib holat kelib chiqqan. "Atletiko Madrid" allaqachon keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, bitta o'rin uchun "Zenit" va "Portu" kurash olib boradi. Bu borada hech qaysi jamoani imkoniyatini yuqori baholab bo'lmaydi.
So'nggi turda.
"Austriya" - "Zenit"
"Atletiko Madrid" - "Portu"
"H" guruhi.
N | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | BARSELONA | 5 | 3 | 1 | 1 | 10-4 | 10 |
2 | MILAN | 5 | 2 | 2 | 1 | 8-5 | 8 |
3 | AYAKS | 5 | 2 | 1 | 2 | 5-8 | 7 |
4 | SELTIK | 5 | 1 | 0 | 4 | 2-8 | 3 |
Bu guruhda "Barselona" so'nggi tur oldidan keyingi bosqichga yo'l oldi. To'plar nisbati bo'yicha "Barselona" 5:2 hisobida "Ayaks"dan oldinda va har qanday holatda ham keyingi bosqichda. Keyingi turda bo'lib o'tadigan "Milan" - "Ayaks" ucharshuvi esa haqiqiy "omadsiz"ni aniqlab beradi. Ushbu uchrashuv Italiyada bo'lib o'tishini inobatga olsak bunda "Milan"ning imkoniyati yuqoriroqdir.
So'nggi turda.
"Milan" - "Ayaks"
"Barselona" - "Seltik"
Hullas hali so'nggi turda ham keskin kurashlarni ko'ramiz.
Humoyun Davurov tayyorladi

Fikrlar