So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  9 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

ECHL. Bu qoida Sulsherni ishda olib qolgan, "Yuventus" esa undan ikki yildan buyon aziyat chekadi Yangiliklar

ECHL. Bu qoida Sulsherni ishda olib qolgan, "Yuventus" esa undan ikki yildan buyon aziyat chekadi

UEFA safardagi gol qoidasini bekor qilmoqda – qarorni ijroqo'm maqullasa bo'lgani. U 56 yil amal qilgan – bu vaqt davomida ushbu qoida ko'plab o'yinlar taqdirini hal qilgan.

So'zimiz isboti sifatida oxirgi 10 yilda Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichlaridagi holatlarnigina yodga olamiz. Etiborlisi qoida deyarli barcha uchrashuvga tasirini o'tkazgan. Agarda bu qoida bo'lmasa, jamoalar o'yinga butkul boshqacha taktika tanlar va jarayon ham boshqacharoq rivojlangan bo'lardi.

Biz amalda bellashuv taqdirini safarda urilgan gol hal qilgan to'qnashuvlarni to'plashga qaror qildik. So'nggi 10 yilda ECHLning hech bir mavsumi bu qoidasiz o'tmadi. 


2020/21-yilgi mavsum

1/8 final, "Portu" – "Yuventus" 4:4 (2:1, 2:3 qo'shimcha vaqtda)

O'zgartirishning taklif qilingan variantlaridan biri uni faqatgina qo'shimcha vaqt uchun bekor qilish edi. Agarda ekstrataymlarda safar goli bekor bo'lganida, Krishtianu Ronaldu va jamoadoshlari penaltilar seriyasida omadlarini sinab ko'rishlari mumkin edi.

"Portu" va "Yuventus" o'rtasidag kechgan har ikki uchrashuvning asosiy vaqti mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan, ammo ekstra-taymlarda jamoalar bittadan gol urishgan hamda g'alaba turinliklarga nasib qilgan bo'lsada, keyingi bosqichga portugaliyaliklar chiqqandi. 

O'tgan mavsumda Diego Simeone "Enfild"da zafar quchgan o'yinidan keyin ham bu tizimni tanqid qilgandi. Qayd etish lozim, safarda urilgan gol u uchrashuvda bevosita hal qiluvchi ahamiyat kasb etmagandi:

"Qayd etishim kerakki, bu qoida [ekstra-taymlarda urilgan safar goli] adolatdan emas. Biz safarda gol urishimiz uchun qo'shimcha 30 daqiqa ekstrataymlar bo'lgani noto'g'ri. O'sha vaqt bizda bor edi, "Liverpul"da esa – yo'q. Bu adolatsizlik. Bu qoida va vaziyat bugun bizning foydamizga ishladi, lekin keyingi safar raqibimizga yordam berishi mumkin. Bu normal holat emas".


1/4 final "Bavariya" – PSJ 3:3 (2:3, 1:0)
Myunxenliklar Parijda minimal hisobda g'alaba qozondi, bu esa o'yinni qo'shimcha taymlarga ko'chirishga etarli bo'lmadi. Sababi bir hafta avval bo'lgan bellashuvda uyda nemislar 3 ta gol qo'yib yuborgandi.


2019/20-yilgi mavsum

1/8 final, "Lion" – "Yuventus" 2:2 (1:0, 1:2)

Yana turinliklar jabrlanuvchi rolida. Safarda "Yuve" minimal farq bilan mag'lub bo'ladi, bir qarashda bu uyda o'tadigan javob o'yinidan oldin unchalik ham yomon vaziyat emasdek. Ammo o'z maydonida o'tkazib yuborilgan gol italiyaliklarni chorakfinal yo'llanmasidan maxrum qilgan va Ronalduning dubli ham etarli bo'lmagandi.



2018/19-yilgi mavsum

1/8 final, "Manchester Yunayted" – "PSJ" 3:3 (0:2, 3:1)

"Yunayted" uyda 0:2 hisobida yutqazib qo'ygach, Parijda 3:1 hisobida zafar quchgan va kambek amalga oshirgandi. Hal qiluvchi, safarda urilgan golni Reshford 93-daqiqada penaltidan kiritgandi. Agarda safarda urilgan gol ustunlik bermaganida jamoalar kim kuchli ekanligini aniqlash uchun ekstra-taymlarga murojaat qilgan bo'lardi. Kim biladi deysiz, qo'shimcha vaqtga o'tib, bellashuv Parij foydasiga hal bo'lsa, Sulsher "MYU" bosh murabbiylik kursisida ushlanib qolmasmidi.

1/4 final, "Tottenxem" – "Man Siti" 4:4 (1:0, 3:4)

"Siti" safarda minimal hisobdagi mag'lubiyatdan keyin, uyda 4:2 hisobida oldinda borardi, biroq o'yinning 73-daqiqasida Lorente Londonliklarning uchinchi golini urdi. "Tottenxem" shu kecha mag'lub bo'ldi, lekin g'olibga nasib qiluvchi yo'llanmani qo'lga kiritdi.

1/2 final, "Tottenxem" – "Ayaks" 3:3 (0:1, 3:2)

Omad kelsa qo'sha-qo'sha keladi deyishganidek, o'sha mavsum ECHLda "Tottenxem" safardagi gollar qiroliga aylanib ketgandi. Londonliklar endi gollandlarga minimal hisobda mag'lub bo'lishdi, lekin safarda Lukas Mouraning xet-trigi inglizlarni finalga o'tishiga sabab bo'lgandi. Hal qiluvchi golni Lukas 96-daqiqada urgani yodingizda bo'lsa ajab emas.

2017/18-yilgi mavsum

1/8 final, "SHaxter" – "Roma" 2:2 (2:1, 0:1)

Taktik natija, safarda gol urib mag'lub bo'lgan rimliklar, uylarida bitta gol urib, himoyaga "yotib olsalar" ham bo'laverardi. Safarda urilgan gol qoidasi bo'lmaganida A Seriya vakili yana hujumga borishi va gol urishi talab qilinardi.

2016/17-yilgi mavsum
1/8 final, "Man Siti" – "Monako" 6:6 (5:3, 1:3)

Bu yil nihoyat niyatiga etgan va finalga etgan "Manchester Siti" 16/17-yilgi mavsumda ham safar golidan aziyat chekkan. Francuzlar safarda 5 ta gol o'tkazib yuborib ham keyingi bosqichga chiqishni uddalashgan. Barchasiga safarda urilgan 3 ta gol va Franciyada kerakli hisob qayd etilgani sabab bo'ldi. Qiziq jihati, Sane 71-daqiqada "Siti"ni chorakfinalga olib chiqayotgandek edi, ammo 77-daqiqada monegasklar ikki o'yin natijasiga ko'ra muvozanatni tiklab, barchasini ostin-ustun qilib yuborishngandi.

2015/16-yilgi mavsum 

1/2 final, "Atletiko" – "Bavariya" 2:2 (1:0, 1:2)

Madridliklar Myunxendagi javob o'yinida mag'lubiyatga uchragan bo'lsalarda, safarda Grizmann tomonidan urilgan gol evaziga finalga yo'l olishgan.


Sezon-2014/15

1/8 final, PSJ – "CHelsi" 3:3 (1:1, 2:2 qo'shimcha vaqtda)

Londonliklar safardan (1:1) durang bilan qaytgandilar, shuning uchun uy o'yinining 81-daqiqasigacha – hisob 0:0 edi, keyingi bosqichga inglizlar chiqadigan vaziyat edi. 81-daqiqada Keyxill gol urib, jamoasi imkoniyatlarini yanada oshirdi. Biroq 86-daqiqada unda hali parijliklar safida to'p tepayotgan David Luiz gol urib, hisobni tenglashtirgan va o'yin ekstra-taymlarga ko'chgandi.

Qo'shimcha taymlarda safarda urilgan gol qoidasi amal qilar va o'yinnning bu qismida ham jamoalar bir xil bittadan gol urgan bo'lsada, chorak finalga PSJ chiqqandi. Qiziq bir fakt, o'sha o'yinda Luizdan tashqari francuzlar tarkibida Tiago Silva gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Keyinchalik u ham "CHelsi" azosiga aylanganidan xabaringiz bor albatta.


1/8 final, "Arsenal" – "Monako" 3:3 (1:3, 2:0)
Londonliklar mehmonda ikkita gol urdi, ammo bu keyingi bosqich uchun etarli bo'lmadi. CHunki bir hafta jamoa 3 ta gol qo'yib yuborgandi. Etiborlisi, uchinchi gol "Arsenal" darvozasiga 94-daqiqada kiritildi.

2013/14-yilgi mavsum

1/4 final, PSJ – "CHelsi" 3:3 (3:1, 0:2)

Ushbu jamoalarning yana bir to'qnashuvi, lekin bu safar keyingi bosqichga londonliklar yo'l olgan. Parijda Azarning penaltidan urgan goli "CHelsi"ga umid bergan, Demba Ba esa 87-daqiqada tablodagi hisobni 2:0 ko'rinish olishini taminlagan.


2012/13-yilgi mavsum

1/8 final, "Arsenal" – "Bavariya" 3:3 (1:3, 2:0)

Har ikki jamoa uy uchrashuvlarini boy bergan, lekin keyingi bosqichga myunxenliklar yo'l olgandi. CHunki safarda bitta gol ko'proq urishgandi

1/4 final, PSJ – "Barselona" 3:3 (2:2, 1:1)

Har ikki o'yin durang natija bilan yakunlangan bo'lsada, kataloniyaliklar safarda urilgan ikki gol hisobiga keyingi bosqichga yo'l olishgan. Ikkinchi golni Xavi 89-daqiqada penaltidan urgani francuzlar uchun yanada alamli bo'lgani turgan gap.

2011/12-yilgi mavsum
1/8 final, "Marsel" – "Inter" 2:2 (1:0, 1:2)

Francuzlar har ikki uchrashuvning 93-daqiqalarida gol urib, keyingi bosqichga yo'l olishdi. Uyda o'sha gol g'alaba to'pi bo'lgan bo'lsa, safarda kerakli hisobda mag'lubiyatni taminladi.


***

Undan ham avvalroqqa qaytadigan bo'lsak, 2002/03-yilgi mavsumda "Milan" "Inter"ga qarshi har ikki uchrashuvni bitta stadionda o'tkazgan. To'qnashuv umumiy hisobda (1:1) ham durang bilan yakunlangan, ammo g'oliblik "Milan"ga nasib qilgandi. CHunki ikkinchi o'yinda ular rasman mehmon hisoblanardi. Yaqinda bunday alamli holatlarga chek qo'yiladiganga o'xshaydi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика