So’nggi yangiliklar

11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  0 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  13 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  30 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  6 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  170 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1

ECHL. Birinchi davra raqamlar ko'zgusida Yangiliklar

ECHL. Birinchi davra raqamlar ko'zgusida

Evropa chempionlar ligasining birinchi davra o'yinlarida "kuchli beshlik" jamoalari natijalariga baho beramiz.

CHempionlar ligasi 3-turning barcha uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Yani birinchi davra o'yinlari o'z nihoyasiga etdi.

Agarda statistik malumotlarga ko'z yugirtiradigan bo'lsak, unda bir qator qiziq holatlarga duch kelamiz.

Bilasizmi? Dunyoning eng kuchli ligasi deyiladigan APL, yani Angliya chempionatining amaldagi chempioni "Manchester Siti" hali biror marotaba g'alabani qo'lga kiritgani yo'q. Uch uchrashuvda maydonga tushgan Manuel Pellegrini shogirdlari ikkita durang va bir bora "Bavariya"dan mag'lubiyatga uchrashgan.

SHuningdek, Italiya chempionati vakillari birinchi davrada umumiy hisobda atiga ikki bor raqiblarini mag'lub etishdi. "Yuventus" "Malmyo"ni yutgan bo'lsa, "Roma" o'z maydonida CSKAga imkon qoldirmagan edi.

Ispaniya chempionati vakillarida mumiy hisobda 7ta yutuq bor. Bularning deyarli yarmi musobaqaning amaldagi g'olibi "Real"ga tegishli. "Atletiko" va "Barselona" esa ikkitadan g'alaba qozonishgan. 


Ushbu mavsumda Germaniya chempionati vakillarini to'xtatib qoladigan jamoalar topilmayapti. Birgina birinchi turda "Monako" o'z maydonida "Bayer" ustidan g'alaba qozongan edi. Qolgan bellashuvlarda bundesliga azolariga hech kim bas kela olmayapti. 


Eng yaxshi ko'rsatkichni Germaniya klublari qayd etishgan. Ular hisobida 9ta g'alaba va yana ikki durang mavjud.

Kuchli beshlik jamoalarining natijalariga qaraydigan bo'lsak, unda Italiya va Franciya davlatlaridan faqatgina ikkitadan jamoa qatnashayotganini ham inobatga olish zarur. Hozircha Franciya jamoalarining hech biri mag'lubiyatga uchramagani ham fakt. Qolgan to'rtta chempionat vakillari mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi.

Bundesliga jamoalari har jabhada raqiblaridan ustunlik qilayotgani ham bor gap. Ular eng ko'p ochko jamg'arishda ham, eng ko'p g'alaba qayd etishda ham, eng ko'p gol urish bo'yicha ham birinchi davra etakchisi hisoblanishmoqda.

Germaniya chempionatining amaldagi chempioni va vice-chempioni hozircha yuz foizlik natija qayd etib, o'z guruhlarida yakka peshqadam bo'lib turishibdi. Bu ko'rsatkich bilan ham boshqa hech bir liga maqtana olmaydi. Yani boshqa hech qaysi chempionatdan ikkita jamoa yuz foizlik natijani ko'rsata olmadi. 


ECHL, birinchi davradan keyingi turnir jadvali:

#   jamoa             o'       g'       d       m       t-n       o   

1. Bundesliga      12     9       2        1      29-8     29

2. La-Liga              12     7       1        4      26-13   22

3. APL                    12     5       3        4      19-14   18

4. Franciya D-1      6      3        3        0       6-3     12

5. A Seriya              6      2        3        1       9-11    7



CHempionlar ligasi guruhlardagi to'liq vaziyatlar va to'purarlar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.


Evropa chempionlar ligasi o'zining eng qaynoq pallasiga yaqinlashmoqda. Oldinda yana ikkinchi davra uchrashuvlari bizni kutib turibdi. 


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика