So’nggi yangiliklar

22:38Вадим Абрамов: "Биринчи таймда масалани ҳал қилдик"  0 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  8 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  4 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  24 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  98 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  15 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  12 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2

ECHL. "Bavariya" "CHelsi"ni tor-mor etgan holda chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" "CHelsi"ni tor-mor etgan holda chorak finalga yo'l oldi

CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bavariya" va "CHelsi" o'rtasidagi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


"Bavariya" – "CHelsi" 4:1 

«Alyanc-Arena»

Gollar: 1:0 – 10, penalti Levandovski, 2:0 – 24 Perishich, 2:1 – 44 Abraxam, 3:1 – 76 Tolisso, 4:1 – 83 Levandovski.

Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 63), Alaba, Kimmix (Odriosola, 71), Alkantara (Tolisso, 70), Devis, Gnabri (Martines, 81), Gorecka, Perishich (Koutino, 64), Levandovski, Myuller.

CHelsi – Kabalero, Zuma, Djeyms, Kristensen, Emerson, Kante, Kovachich, Maunt, Barkli, Xadson-Odoi, Abraxam (Jiru, 81).

Ogohlantirishlar: Kabalero (8), Emerson (43).

Birinchi o'yin: 3:0


O'yin yakunlandi. "Bavariya" "CHelsi"ni yirik 4:1 hisobda mag'lub etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

88. Ross Barkli yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq jamoadoshlari bu imkoniyatdan foydalana olishmadi.

86. Gorecka Mauntga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va jarima zarbasi belgilandi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Levandovski yoki Levangolskidan gol - 4:1! 

81. "CHelsi"da almashtirish: Abraxam o'rniga Jiru maydonga tushirildi. 

81. "Bavariya"da o'zgarish: Gnabri o'rniga Martines tushirildi. 

80. Oxxooo! Kantedan zarba - shunchaki osmonga! 

79. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 61% - 39% 

76. GOOOOOOOOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Tolisso hisobni yiriklashtirdi - 3:1! 

74. "CHelsi" burchak to'pini o'yinga kiritdi. To'p Kovachichga etib keldi va u himoyachilarga pas berdi. 

72. Uuuxx! Koutinoning qoyilmaqom zarbasi! SHunchaki dahshat! Gol bo'lishiga ozgina qoldi. 

71. "Bavariya"da 2 ta almashtirish: Kimmix o'rniga Odriosola, Alkantara o'rniga Tolisso tushdi. 

70. Barklining jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tegdi. 

68. Alkantara Barklini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi, jarima belgilandi. 

66. Zarba! Levandovskining zarbasidan keyin to'p Zumaga tegib maydonni tark etdi. 

64. "Bavariya"da 2 ta o'zgarish: Boateng o'rniga Zyule, Perishich o'rniga Koutino tushirildi. 

61. Uuux! Devisning ajoyib uzatmasidan keyin Myuller qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

60. Boateng o'ynay oladi va u maydonga qaytdi. 

58. Boateng jarohat olib maydonda yotibdi.  U pas uzatishda tizzasini jarohatlab oldi, tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

56. Goreckaning uzatmasi to'g'ri Kabaleroning qo'liga kelib tushdi. 

53. Uuux! "Bavariya" "CHelsi"dan to'pni olib qo'ydi, Levandovski Devisga pas berdi, uning zarbasiga o'z vaqtida Zuma to'g'anoq bo'ldi. 

51. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 61% - 39% 

49. Mauntdan zarba! Noyer o'z o'rnida! 

47. Gnabrining uzatmasini Kabalero qo'ligi ilib oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 2:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. GOOOOOOOOOOOOL! Abraxam qaysidir manoda aybini yuvdi va hisobni qisqartirdi - 2:1! 

42. Uuuux Emerson Goreckaga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirish oldi.

39. Lempard juda yomon kayfiyatda. 

37. Abraxam ushbu vaziyatda ofsaydda qolgani bois Xadson-Odoining goli bekor qilindi. 

35. Oox! Serj Gnabri qulay poziciyadan imkoniyatni ko'kka sovurdi.

32. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 59% - 41% 

29. Yo'q! Gol VAR orqali bekor qilindi, Abraxam ofsaydda qolib ketgan ekan.

28. GOOOOOOOOOOOOL! Xadson-Odoi gol urdi. 

26. Zarba! Emerson ichkariga kirib bordi va yaqin burchak tomon zarba berdi - Noyer qaytardi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Perishich!  Levandovski Perishichga pas berdi, u esa raqib darvozasiga yo'l topishda adashmadi.

20. Kristensen bosh bilan to'pni qaytardi va Levandovskiga etib kelmasligini taminladi, Gnabri qanotdan polyak tomon to'pni oshirgandi. 

18. Kovachich Goretckaga zarba bergandek tuyuldi, ammo hakam jim.

16. Kabalero to'pni uzoqlarshtirish uchun o'z darvozasidan yugurib chiqib keldi va maqsadiga erishdi.

14. Uuuux! Myullerdan kuchli, ammo ozgina noaniq zarba, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. 

12. Devis Jeyms bilan to'p uchun kurashda o'yin qoidasini buzdi. 

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Levandovski penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi - 1:0! 

8. Penalti!!! Kabalero Levandovskini yiqitdi va hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.  Darvozabonga sariq kartochka berildi.

6. "Bavariya" ketma-ket hujum qilishda davom etmoqda. "CHelsi" himoyachilari jarima maydonchasi ichga oshirilgan to'plarni qaytarishyapti.  

3. Alaba uzoq masofadan zarba yo'lladi, ammo noaniq.

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Jamoalar chigil yozdi mashg'ulotlarda

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugungi futbol oqshomida CHL 1/8 finali javob o'yinida "Bavariya" va "CHelsi" o'zaro to'qnash kelishadi. Ushbu o'yinni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика