So’nggi yangiliklar

14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  1 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  3 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  9 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  3 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  7 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  5 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  13 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  13 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  33 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2

ECHL. PSJ – "Barselona", "Yuventus" – "Portu" va boshqa bahslar uchun prevyu Yangiliklar

ECHL. PSJ – "Barselona", "Yuventus" – "Portu" va boshqa bahslar uchun prevyu

Katta o'yinlarga tayyormisiz? Ertaga tunda Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvlariga start beriladi.

“Yuventus” – “Portu” (10.03 01:00)

Ronalduning CHempionlar Ligasida g'alabaga bo'lgan intilishi va golga "ochofat"ligi, qo'shimchasiga hal qiluvchi vaziyatlarda ozgina aniqroq harakat qilishi Pirlo jamoasining zafar quchishiga sabab bo'lishi mumkin. CHLning oxirgi mavsumlarida jamoa asosiy favoritlar bilan bahslarda emas, kichik klublarga mag'lub bo'lib, musobaqadan chiqib ketyapti. Agar "zebralar" shu yil ham "Portu"dan o'ta olmaydigan bo'lishsa, Anellining Pirloga bergan "jon"lari tugab qoladi-yov. "Keksa sinora" portugaliyaliklarni ortga quruq qo'l bilan qaytarsa ham turnirning asosiy davogari bo'lmaydi. "Portu" xatolarni maksimallashtirib, o'zining imkoniyatidan unumli foydalansa, hammasi ular kutgandek bo'ladi. Ularning keyingi bosqichiga chiqishi oxirgi yillarda CHLda kamtar bo'lib borayotgan Portugaliya  jamoalari uchun yaxshi siljish bo'ladi. 9 mart tunida ko'ring, qiziq bo'lish ehtimoli yo'q emas.    

“Borussiya” Dortmund – “Sevilya” (10.03 01:00)

1/16 final uchrashuvlari ispan jamoalari uchun yoqimli bo'lmadi. Garchi, "Sevilya" yaxshi o'ynagan bo'lsa-da, "Borussiya" Dortmundga yutqazdi va bu bellashuvda Xoland katta sahnaga chiqqanidan xabardorsiz. Andalusiyaliklar gol urishni bilishadi, ammo Dortmunddagi ijrochilardan jabrlanmaslikning yo'lini topish mushkul. Intirigasi eng yuqori o'yinlardan birida nemislarda imkoniyat biroz yuqori, lekin "Sevilya" ham chorak final uchun "talashib" ko'radi.      

PSJ – "Barselona" (11.03 01:00)

Ko'p  qahramonliklar biz bunga unchalik ham ishonmaganimizda sodir bo'lishiga hech etibor berganmisiz?  Seni hisobdan chiqarib qo'yishgan holatlarda, hali irodang tirikligini, taslim bo'lmasligingni, borligingni ko'rsatib qo'yish ishtiyoqi har qachongidan balandroq bo'ladi. 

“Barselona” jamoasi Kataloniyada o'zini qorong'i ko'chaga olib kirib qo'ydi, yo'ldagi chiroqlarning muruvvatini Parijda sozlab kelish vasifasi juda mushkul ekanligi ko'rinib turibdi. Har holda PSJning zodagonlari ularni quchoq ochib kutib olmasliklari turgan gap. Dastlabki bellashuvda yirik 1-4 hisobidagi mag'lubiyatga qaramasdan, qolgan statistik natijalarda deyarli teng holatni ko'rishingiz mumkin, yani “Barselona” darvoza tomon jami 14 marotaba zarba yo'llagan bo'lsa, shulardan 4 tasi darvoza sohasiga aniq etib borgan. Parijliklar ter SHtegen postini 16 marta nishonga olgan, shulardan 8 tasi manzilga aniq borgan. To'pni egallab turish, paslar va ularning aniqligi, hujumlar soni bo'yicha ham deyarli tenglik yuzaga kelgan. Bu shuni ko'rsatadiki, “Barselona” himoyada o'ta tartibli va xatosiz o'yin namoyish etib, paydo bo'lgan imkoniyatlardan maksimal foyda chiqarishi shart. Tezkor gol juda ham muhim faktorga aylanadi va muhimi “ko'k-anorranglilar”ning har bir futbolchisi eng yuqori kayfiyatda chiqishlari lozim bo'ladi. 

CHLni erta tark etsa va undan so'ng La Ligada ham zafar quchishni eplay olmasa, Kumanning faoliyatiga ham jiddiy so'roq belgisi qo'yilishi mumkin. “Barsa” rahbariyati sabrliligi bilan mashhur emas. Aytgancha, ispaniyaliklarning g'alabasi kaliti sifatida Messini ko'rsatmagan bo'lardim.  Aksincha, yosh futbolchilar o'zini ko'rsatishi zarur. Qolaversa, Grizmann ham aynan mana shunday o'yinlar uchun olib kelingan. Argentinalik yigit esa 10 mart kuni raqiblarini “o'ldirish” uchun borini beradi.

Pochettino shogirdlarining asosiy vazifasi – koncentraciyani yo'qotmasdan, o'yinga to'g'ri yondashuv bilan chiqish. Raqibni xatolar bilan ushlash orqali barchasini hal qilish ularning qo'lida qoladi. Mbappe va uning sheriklari “Barselona”dan o'tib oladigan bo'lishsa, chorak final bahslarida  istalgan raqib uchun dahshatga aylanishlari mumkin. Buning uchun oldin “Park de Prens”da Messi jamoadoshlarini “ko'mish”ni oxiriga etkazib qo'ysalar bas. Franciyaning amaldagi chempioni “Monako”ga imkoniyatni boy berib qo'yganiga qaramasdan, Liga 1’da ham ishonchli ko'rinyapti. “Barselona” ham “Sevilya”ni taslim etib, o'ziga bo'lgan ishonchni biroz mustahkamlab oldi. Xullas, uxlamasligingiz uchun asoslar etarli.

“Liverpul” – “Leypcig” (11.03 01:00)

10 mart kungi yana bir bellashuvda “Liverpul” Budapeshtdagi “Pushkash Arena” o'yingohida Germaniyaning “Leypcig” jamoasi bilan to'qnash keladi. Guruhda MYUni qoldirib, shovqin ko'targan nemis klubi Kloop shogirdlarini ham xafa qilishga urinib ko'rishadi. Birinchi o'yindagi 2-0 hisobidagi ishonchli g'alaba va APLdagi omadsizlik “qizillar”ga CHLda hazillashish imkonini bermaydi. SHunday bo'lsa-da, nemischa irodani yana bir bor bukib o'tishlari darkor. “Liverpul”ni alamga cho'ktirish uchun “buqalar” o'ta g'ayrioddiy kuch bilan maydonga tushishsa, nimadandir umid bor. 

Xulosa. “Leypcig”ning imkoniyatlari juda past, katta ehtimol bilan ertaknamo yakun bo'lmaydi.

Maruf Abdumalikov tayyorladi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика