So’nggi yangiliklar

10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  9 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  20 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  34 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1

ECHL. "Barselona" "Napoli" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va keyingi bosqichda "Bavariya" bilan to'qnashadi Yangiliklar

ECHL. "Barselona" "Napoli" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va keyingi bosqichda "Bavariya" bilan to'qnashadi

Evropa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasida "Barselona" - "Napoli" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini tomosha qilish mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Keyingi bosqichda bizni "Barselona" - "Bavariya" to'qnashuvi kutib turibdi, ushbu bellashuv bugungidanda shiddatli va murosasiz o'tishi aniq. 

Bo'ldi, bosh hakamning final hushtagi yangradi va "Barselona" choraf finalga yo'l olmoqda. 

90+5-daqiqa. Kulibali kecha Varan yo'l qo'ygan xatoni takrorlamadi va Messiga to'pni "sovg'a" qilmadi.  

90+2-daqiqa. "Barselona" safida o'zgarish. Luis Suares o'rniga Junior Firpo tushdi. Qiziq bir jihat, almashtirilayotgan Suaresning shoshilmayotganini ko'rgan hakam uning oldiga keldi va balki yugurarsan, hech bo'lmasa, yugurgandek chiqib ket, dedi, Luis esa unga umuman etibor bermadi va Juneyt CHaqir urugvaylik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Suares esa xursand.  

O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. Ter SHtegen boshlagan hujumni Semedu davom ettirdi, lekin portugaliyalik futbolchining oshirgan to'piga Suares etib borishi qiyin edi. 

86-daqiqa. Messi to'pni oldirib qo'ydi va raqib tezda hujumga o'tib, zarba berdi, ammo...  

84-daqiqa. Grizmann maydonni tark etdi. Uning o'rniga yosh, iqtidorli, klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi tushdi.

82-daqiqa. "Barselona" futbolchilari to'pni maydonning uchinchi qismiga olib borib, yana darvozabonlarigacha qaytarib olib kelishdi. Kike Seten shogirdlari hisobni saqlab qolish, so'nggi daqiqalarni o'zlari uchun asabiy ruhda o'tmasliginiistashmoqda. 

81-daqiqa. GOOOOL demoqchi edik, lekin Milik o'yindan tashqari holatda ekanligini qayd etildi. 

79-daqiqa. "Napoli" safida o'zgarish! Fabian Ruis o'rniga Arkadiush Milik o'yinga qo'shildi.  

78-daqiqa. "Napoli" futbolchisi jarima maydoni ichida shunday baqirib yiqildiki, uni Toshkentda turib ham eshitishingiz mumkin edi. Takroriy lavhada ko'rindiki, vahima qiladigan hech nima bo'lmagandi. 

77-daqiqa. Politanoning faolligi "Napoli"ga navbatdagi burchak to'pini keltirdi. Insine va Politano kombinaciyasi yana bir burchak to'pi bilan yakunlandi.

75-daqiqa. "Napoli" himoyadan hujumga vertikal paslar orqali chiqib ketgandi, Insine to'pni oldinroqdagi sherigiga etkazmoqchi bo'ldi, lekin Ter SHtegen chiqib, barchasini barbod etdi.

72-daqiqa. Mayda follar ko'payib bormoqda. Futbolchilar charchog'i bilinyapti. Bu safar jabrlanuvchi rolida Antuan Grizmann.

70-daqiqa. "Napoli"da o'zgarish. Kalexon o'rniga Matteo Politano tushdi. 

68-daqiqa. De Yongga nisbatan qoida buzildi.

67-daqiqa. "Barselona" to'pni nazorat qilmoqda. Alba qanotdan oldinga o'tib, jarima maydoni ichidagi sheriklarini topishga urinib ko'rdi, lekin Kulibali to'pni qaytardi.  

65-daqiqa. Manolasning xatosidan keyin "Barselona" hujum uyushtirdi, lekin Messining zarbasi kuchsiz chiqdi. 

63-daqiqa. Dris Mertens jamoadoshlarini ruhlantirib, hali imkon borligiga ishontirmoqchi.

61-daqiqa. Darvoza tomon berilgan zarbalar statistikasiga etibor qaratadigan bo'lsak, "Napoli" oldinga o'tib olganini ko'rishimiz mumkin.

59-daqiqa. "Napoli" burchak to'pini amalga oshirdi, lekin "Barselona" tezda qarshi hujumga o'tib ketayotganda, Zelinski Messini sariq kartochka olib bo'lsada, to'xtatgan maqul deb hisoblab, qoidani ochiqchasiga buzdi. 

58-daqiqaga kelib, "Napoli" "Kamp Nou"da "Barselona"ni ko'proq himoyalanishga majbur qilmoqda.  

Keyingi hujumda jarima maydoni ichida yiqilgan Luis Suares hakamga umid ko'zlari bilan boqdi, lekin CHaqir jim. 

56-daqiqa. Messidan to'pni olib qo'ygan mehmonlar o'z hujumlarini uyushtirishlari mumkin bo'ldi, lekin Fabian Ruis to'pni o'ziga o'nglaguncha, qulay nuqtadan o'tib ketib qoldi.   

54-daqiqa. "Barselona"ning navbatdagi hujumi boshlanmay uzilib qoldi. Ikkinchi bo'limda kataloniyaliklar hujumga o'tishda muammolarga duch kelmoqda. 

53-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Mertens golga aylantirishi mumkin edi, lekin uning bosh bilan bergan zarbasiga kuch etishmadi.  

52-daqiqa. "Napoli"dan yana burchak to'pi. Kalexonning uzatmasidan keyin Pike to'pni qaytarishga erishdi. 

50-daqiqa. Fabian Ruisning oshirib bergan to'pi uchun kurashda Kalidu Kulibali Semeduga nisbatan qo'pol o'ynadi va gol bo'lganda ham inobatga olinmasdi.

Jarima maydonidan uncha uzoq bo'lmagan hududda qoida buzilishi qayd etildi. "Napoli" jarima zarbasini amalga oshirib berdi, Kulibalining zarbasidan keyin to'p mezbonlar himoyachisiga tegib ketgan deb hisobladi hakam.  

47-daqiqa. "Barselona" to'pni egallab turib, raqib shashtini so'ndirishga, o'z ustunligini saqlab qolishga urinmoqda. Futbolchilar nima qilishni bilmay qolishsa, to'pni Messiga etkazishmoqda va u hujumni rivojlantirmoqda. 

Ikkini bo'lim boshlandi. "Napoli"ning yo'qotadigan narsasi yo'q. O'yin oxiriga yaqinlashgani sari, ular ko'proq tavakkal qilishga majburlar.

"Napoli" safida o'zgarish! Diego Demme o'rniga Stanislav Labotka tushirildi.

Bo'ldi, muhim va qiziqarli voqealarga boy bo'lgan birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus.


45+5-daqiqa. Insine va Ter SHtegen to'qnashuvi - GOOOOOL!  

Turkiyalik hakam "Barsa" himoyachilariga etirozga o'rin yo'q, barchasini ko'rib turgandim demoqda. 

45+3-daqiqa. Yana PENALTI! Mertensga nisbatan qo'pollik uchun CHaqir penalti belgiladi.


45+1-daqiqa. GOOOOOL! Urugvaylik futbolchi darvozabonni bir tomonga, to'pni esa boshqa tomonga yo'naltirdi va hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqti ortda qoldi. Penaltini Luis Suares amalga oshiradi!

PENALTI! CHaqir o'sha vaziyatni qayta-qayta ko'rib, o'n bir metrlik jarima zarbasi belgilashga qaror qildi. 

Leo yonboshlab, hakam qarorini kutayotganga o'xshaydi :) CHaqirni "VAR"dagilar chaqirdi. 

Messi hozircha maydonda yotibdi, shifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatmoqda. 

Qizig'i, har ikki jamoa vakillari hakamga "bizning foydamizga jarima zarbasini belgilamaysanmi", deb murojaat qilmoqdalar. 

39-daqiqa. Kulibali va Messi to'p uchun kurashda to'qnashib, maydonga quladi. Kulibali to'pni o'rniga Messining oyog'iga zarba berdi va o'zi ham dumaladi. 

35-daqiqa. Maydon markazida "Barselona" futbolchisiga nisbatan qo'pollik. 

33-daqiqa. "Napoli" futbolchilari, muxlislarining umidi qayta tirilgandek go'yo. Futbolchilar oldinga o'tish, o'yin scenariysini o'zgartirib yuborish harakatidalar.

"VAR" Messi to'pni qo'l bilan o'ynadi deb hisobladi va golni bekor qildi. 2:0.  

Aslida Suaresda qulay vaziyat bo'lgandi, lekin uning zarbasini posbon qaytardi, keyin deyarli yo'q joydan Lionel kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'ldi.   

30-daqiqa. GOOOOOL! Leo Messi 3:0!

Jarima maydoni ichida to'pni go'yoki oldirib qo'ygan va deyarli yiqilib qolgan Messi zarba berishni uddaladi, zarba berganda ham aylanma uslubda, juda chiroyli zarba bilan hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.

23-daqiqa. GOOOOOL! Leo Messi deyishadi buni!

21-daqiqa. "Napoli" jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p jarima maydoni ichiga etkazib berildi, lekin to'p uchun kurashda himoyachilar ustunlik qildi.   

18-daqiqa. "Barselona" to'pni imkon qadar o'zida ushlab turibdi, shoshilmasdan raqib himoyasining zaif nuqtalarini izlash bilan band.

15-daqiqa. Lorenso Insine o'yindan tashqari holatda edi. 

14-daqiqa. "Barselona"ning "firmenniy hujumi", uzun pas, Alba qanotdan oldinga o'tadi va jarima maydoni ichidagi sheriklarini to'p bilan taminlaydi... Hozir ham shunday bo'ldi, lekin birinchi hamlani himoyachilar qaytardi, Rakitichning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

"Napoli" futbolchilari o'yin qoidasi buzilganini Juneyt CHaqirga qanchalik uqtirmasin, gol inobatga olindi va "Barselona" oldinga chiqib oldi.

"VAR"ga murojaat etildi, hamda gol inobatga olindi! Rakitich hisobiga samarali uzatma yozdirib qo'ydi.

10-daqiqa. GOOOOL! Burchak to'pidan keyin Langle hisobni ochdi!

9-daqiqa. Alba yana Messiga ajoyib uzatmani etkazib berdi, Leoning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib, maydondan chiqib ketdi. 

7-daqiqa. "Barsa" o'ziga kela boshladi.

5-daqiqa. "Napoli" futbolchilari pressingda juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.  

4-daqiqa. Maydon markaziga yaqin joyda to'pni olib qo'ygan "Napoli" tezkor hujum uyushtirdi. Mertens to'pni Kalexonga tashlab berdi, lekin ispaniyalik futbolchi ko'ngildagidek zarba berishiga imkon qoldirishmadi.  

Insine qanotdan oldinga o'tib, to'pni markazda turgan Dris Mertensga etkazib bermoqchi edi, lekin aslida to'pni muammosiz egallab olishi kerak bo'lgan himoyachilar sustkashlikka yo'l qo'ydi va sal qolsa Dris hisobni ochardi.

2-daqiqa. Darhol o'ta xavfli vaziyat!!! Dris Mertens!

O'yin boshlandi. Uni mezbonlar, oq rangli liboslarda harakat qiladigan "Napoli" futbolchilari boshlab berdi.

Dunyo ahlini qiynashda davom etayotgan ofat, COVID-19 pandemiyasi tufayli vafot etganlar hurmatiga bir daqiqa sukut saqlandi.  

Qariyaga aylanib, yoshi o'tib boryapti deyilayotgan Luis Suares bugun asosiy tarkibda va bor etiborini raqib darvozasini ishg'ol etishga qaratganini uning jiddiy nigohidan sezish mushkul emas. 

Har ikki jamoa futbolchilari, hakamlar brigadasi maydonga tushib keldi. CHempionlar Ligasi madhiyasini maza qilib tinglashmoqda. 

Zaxira futbolchilari o'z o'rinlarini egallashmoqda. Rikki Puch to'laqonli asosiy jamoa futbolchisiga aylandi desak, mubolag'a bo'lmas endi. 

Yana bir necha daqiqadan so'ng, o'ta murosasiz va kurashlarga boy bo'lishi kutilayotgan bellashuvga start beriladi. O'yinni sizlar bilan men Omonjon To'xtamirzaev tomosha qilib boraman.


Barcelona

Clement Lenglet - 10', Lionel Messi - 23', Luis Suarez - 45'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

09/08/2020, 00:00

1
:
3
Tugadi

SSC Napoli

Lorenzo Insigne - 45'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
10'  Clement Lenglet
10'  Ivan Rakitic
23'  Lionel Messi
30'  Lionel Messi
45'  Luis Suarez
84'  Antoine Griezmann (Monchu)
90'  Luis Suarez
90'  Luis Suarez (Junior Firpo)
45'  Lorenzo Insigne
46'  Diego Demme (Stanislav Lobotka)
60'  Piotr Zielinski
70'  Jose Maria Callejon (Matteo Politano)
70'  Piotr Zielinski (Hirving Lozano)
79'  Fabian Ruiz (Eljif Elmas)
79'  Lorenzo Insigne (Arkadiusz Milik)


Asosiy tarkiblar malum bo'lib ulgurgan.

Barselona (Ispaniya) – Napoli (Italiya)

9 avgust, 00.00, «Kamp Nou»

Barselona – ter Stegen, Alba, Langle, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Rakitich, Semedu, Suares, Grizmann, Messi.

Napoli – Ospina, Mariu Ruy, Di Lorenco, Kulibali, Manolas, Demme, Zelinski, Kalexon, Fabian Ruis, Insine, Mertens.

Birinchi o'yin: 1:1

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика