So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

ECHL. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Barselona" Vengriyaning 30 karra chempionini mag'lub qildi Yangiliklar

ECHL. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Barselona" Vengriyaning 30 karra chempionini mag'lub qildi

Mazkur sahifa orqali ECHL 1-turi doirasidagi "Barselona" - "Ferencvarosh" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib borishingiz mumkin.

"Barselona" 5:1 "Ferencvarosh" 

Gol: 1:0 -  Messi (penalti) 17, 2:0 - Fati 42, 3:0 - Koutino (52), 3:1 - Xaratin (penalti) 70, 4:1 - Pedri (82), 5:1 - Dembele (89).

Barselona – Neto, Langle, Dest, Serdji Roberto (Firpo, 62), Pike, Pyanich (Buskets, 76), de Yong, Fati (Pedri, 63), Koutino (Arauxo, 70), Trinkau (Dembele, 63), Messi.

Ferencvarosh – Dibus, Botka (Lovrenchich, 77), Kovachevich, Blajich, CHivich (Xayster, 63), Izael, Xaratin, Zubkov (Mak, 71), SHiger, Ngen (Boli, 71), Laiduni (Somalia, 63).

Ogohlantirishlar:

Laiduni (32), CHivich (44), Xaratin (85), Kovachevich (90).

CHetlatish:

Pike (68).

Barcelona

Lionel Messi - 27', Ansu Fati - 42', Philippe Coutinho - 52', Pedri - 82', Ousmane Dembele - 89'

Champions League Grp. G . 1-tur

21/10/2020, 00:00

1
:
5
Tugadi

Ferencvaros

Igor Kharatin - 70'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Schaerer

45'
90'
27'  Lionel Messi
42'  Ansu Fati
42'  Frenkie de Jong
52'  Philippe Coutinho
52'  Ansu Fati
62'  Sergi Roberto (Junior Firpo)
63'  Ansu Fati (Pedri)
63'  Trincao (Ousmane Dembele)
68'  Gerard Pique
70'  Philippe Coutinho (Ronald Araujo)
76'  Miralem Pjanic (Sergio Busquets)
82'  Pedri
82'  Ousmane Dembele
89'  Ousmane Dembele
89'  Lionel Messi
32'  Aissa Laidouni
44'  Eldar Civic
63'  Aissa Laidouni (Somalia)
63'  Eldar Civic (Marcel Heister)
70'  Igor Kharatin
71'  Tokmac Chol Nguen (Franck Boli)
71'  Oleksandr Zubkov (Robert Mak)
77'  Endre Botka (Gergo Lovrencsics)
85'  Igor Kharatin
90'  Adnan Kovacevic

Sandro SHerer uchrashuvni yakunlab beruvchi hushtagini chaldi! "Barselona" ECHL guruh bosqichini yirik g'alaba bilan boshladi - 5:1.

90+2. Jarima zarbasini Messi tepdi, Denesh Dibusdan superseyv!

90+1. Jarima maydoni chizig'ining ustida Serjino Destni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Kovachevichga sariq kartochka ko'rsatildi.

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi.

89. Gol! Dembele Messining uzatmasidan keyin o'ng oyog'i bilan darvozani ishg'ol qildi - 5:1!

88. Uxx! Hisob o'zgarishi mumkin edi. Lovrenchichning zarbasini Neto arang qaytardi.

86. Mezbonlarning yana bir ajoyib hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

85. Xaratin Frenki de Yongga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

82. Gooool! Usmon Dembele raqib jarima maydonga yorib kirdi va to'pni orqaroqqa tashlab berdi. To'pga birinchi bo'lib etib kelgan Pedri Denesh Dibus darvozasini ishg'ol qildi. Malumot uchun, ushbu gol futbolchi uchun "Barselona" tarkibidagi birinchisi hisoblanadi.

79. Frank Bolining navbatdagi zarbasini Kleman Langle bartaraf qildi.

77. "Ferencvarosh"da o'zgarish: Botka o'rniga Georgiy Lovrenchich maydonga tushdi.

76. Pyanich o'rniga Buskets o'yinga tushirildi.

75. O'yindagi tashabbus Vengriyaning 30 karra chempioni tomonga o'tib ketdi. Hozirgina maydonga tushgan Frank Bolining zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

71. "Ferencvarosh"da ham o'zgarish: Sergey Rebrov Zubkov va Nguenni o'yindan oldi. Ularning o'rniga Frank Boli va Robert Mak maydonga chiqarildi.

Kuman Koutinoning o'rniga Arauxoni maydonga chiqardi.

70. Gollll! Xaratin, 3:1!

69. "Barselona" darvozasi tomon penalti belgilandi. Pike maydondan chetlatildi!

65. "Barselona" futbolchilarining maydondagi joylashuvi o'zgargan. O'yin boshidan beri chap qanotda o'ynayotgan Serjino Dest o'ngga o'tdi, uning o'rnida Xunior Firpo harakat qilyapti.

"Ferencvarosh" tarkibida o'ynayotgan CHivich va Lyaduni o'rniga Xayster va Somalia maydonga  tushdi.

62. O'zgarishlar: Roberto o'rniga Firpo, Fati o'rniga Pedri, Trinkau o'rniga Dembele maydonga tushdi.

58. Leoga nisbatan qoida buzildi. Messi o'zi uchun qulay nuqtadan standart ishladi.

57. Sergey Rebrov shogirdlari chap qanotdan qarshi hujumga o'tishdi. Biroq, Zubkovning jarima maydoniga oshirgan uzatmasiga aniqlik etishmadi.

52. Golllll! Koutino hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi. Messi jarima maydoni ichida raqiblarini chalg'itib, to'pni Fatiga oshirdi, Ansu to'pni braziliyalik yarim himoyachiga o'tkazib yubordi. Koutino bir urinish bilan darvozabonning yaqin burchagini ishg'ol qildi.

49. Jarima maydonchasi ichida turgan Trinkauning zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi! To'pni o'yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berdi.

Sandro SHererning hushtagi chalindi, tanaffus!

45. Birinchi bo'limga hech qancha vaqt qo'shib berilmadi.

44. Trinkauga nisbatan maydon markaziga yaqin nuqtada qoidani buzgan Eldar CHivichga sariq kartochka ko'rsatildi.

42. Goooool! Ajoyib hujum, o'yinda hisob o'zgardi. Frenki de Yong jarima maydonchasi ichiga yuqorilatib, qoyilmaqom tarzda tashlab bergan to'pni Ansu Fati bir urinishda davrozaga kiritib qo'ydi - 2:0!

39. Nguen Zubkovni yaxshi vaziyatga chiqardi, ammo vengriyaliklar hujumchisining zarbasiga kuch va aniqlik etishmadi.

37. Uxx! Messi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi, shundan keyin qanot hakami o'yindan tashqari hulatni qayd etdi. 

36. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasiga yorib kirgan Trinkau to'pni markazga tashladi. Ansu Fatining zarbasidan keyin hisob o'zgarishi mumkin edi, ammo Denesh Dibus navbatdagi bor seyv ko'rsatdi.

35. Robertoga maydon tashqarisida yordam ko'rsatilyapti. Kataloniyaliklar ayni daqiqalarda maydonda bir kishi kam bo'lib qolishgan.

32. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Sandro SHerer Serxi Robertoga nisbatan qo'pol o'ynagan Laiduniga sariq kartochka ko'rsatdi.

30. Fati jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi, ammo Ansu tepgan to'p Dibusga qiyinchilik tug'dirmadi.

27. Argentinalik forvardning o'zi 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirdi, gol - 1:0!

26. Jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Kovachevich qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Penalti!

23. Messi to'pni Koutinoga etkazib berdi. Braziliyalik xavbekning aylanma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

22. CHivich o'z jarima maydoni yaqinida Fransishku Trinkauga nisbatan qoidani buzdi. "Barsa"da standart. 

20. Vengerlardan xavfli hujum! Neto ojiz qolgandi, biroq, Isaelning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib ortga qaytdi.

17. Yana bir golli vaziyat! Leo Messining zarbasini Dibus bartaraf qildi, to'p Fatiga borib tushdi. Ansuda zarba yo'llash uchun jurat etishmadi. U to'pni markazga uzatdi, himoyachilar yaxshi o'ynab, hujumni bartaraf qilishdi.

11. "Ferencvarosh" qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunladi, ammo Nguenning goli hisobga olinmadi -offsayd! 

8. Koutino burchakdan etkazib bergan to'pga Langle boshi bilan zarba berdi. To'p darvoza to'sini ustidan oshib, maydonni tark etdi.

6. Messi jarimadan to'pni darvozaga tepdi, kiper o'z o'rnida.  

5. Ansu Fati qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. "Ferencvarosh" jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi belgilandi.

2. "Ferencvarosh" hujumchisi o'yindan tashqari holatda qoldi.

1. Uchrashuv start oldi. To'pni o'yinga mehmonlar kiritib berishdi, ketdik!

CHempionlar Ligasining "G" guruhi jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Bugun "Barselona" o'z maydonida "Ferencvarosh" — Vengriyaning 30 karra chempionini qabul qilyapti. Guruh ishtirokchilari o'rtasidagi narigi uchrashuvda "Yuventus" "Dinamo" (Kiev)ni mag'lub qildi.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика