So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

ECHL. "Atletiko" - "Real" 0:0 O'yin yakunlandi. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

ECHL. "Atletiko" - "Real" 0:0 O'yin yakunlandi. MATNLI TRANSLYACIYA

Evropa chempionlar ligasining chorak finali dastlabki o'yini doirasidagi "Atletiko" - "Real" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Dastlabki o'yinlar
Atletiko Ispaniya – Real Madrid Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0)
14 aprel, 23.45, Visente Kalderon
Atletiko –
Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Turan, Gabi, Suares, Koke (Torres, 83), Grizmann (Garsiya, 77), Mandjukich.
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal (Arbeloa, 85), Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kroos, Xames, Beyl, Benzema (Isko, 76), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Mandjukich (55), Garsiya (80), Ramos (80), Suares (85), Marselo (89).

Yuventus Italiya – Monako Monako 1:0 (0:0, 1:0)
14 aprel, 23.45, Yuventus Stedium
Gol:
1:0 – 57, penalti Vidal (Morata).
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra, Markizio, Pirlo (Bardzali, 74), Vidal, Pereyra (Sturaro, 87), Morata (Matri, 83), Teves.
Monako – Subashich, Radji (Berbatov, 71), Karvalyu, Abdennur, Kurzava, Fabino, Kondogbia, Dirar (Bernardu Silva, 51), Moutinyu, Ferreyra Karrasko, Martial (Mateus Karvalo, 87).
Ogohlantirish: Karvalyu (55).


- Uchrashuv soat 23:45da boshlandi.

 
                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH

Etiboringiz uchun tashakkur. Sizlar bilan yaqin ikki soat davomida TerminaTor bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha xayr, sog' va salomat bo'ling!

Bedor o'tgan ikki soat vaqtingizga achinmasangiz ham bo'ladi.
CHunki "madrid derbisi" zerikarli bo'lmaydi!!! Yarim final yo'llanmasi javob uchrashuvida o'z egasini topadi.

Final hushtagi!!! O'yin tugadi - 0:0.
 
90+4-daqiqa. "Atletiko" tezkor qarshi hujumga o'tdi va Varan jamoasini goldan qutqarib qoldi.
 
90+2-daqiqa. Ronaldo zarba berishiga imkon qoldirishmadi.

90+1-daqiqa. Maydon markazida kurash va "Real" jarima zarbasi ishlab oldi.

Asosiy vaqt tugadi - 0:0. Lekin o'yin davom etadi.

90-daqiqa. "Atletiko" bosim o'tkazmoqda. "Real" bir amallab raqib hujumlarini bartaraf qildi.

89-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA. Javob o'yinini Suares kabi Marselo ham muxlislar qatorida tomosha qiladi!

87-daqiqa. Torresni Ramos to'xtatib qoldi. Burchak zarbasi.

86-daqiqa. O'ZGARISH. Karvaxal o'rnini Arbeola egalladi.
 
85-daqiqa. Mario Suares sariq kartochka oldi va javob o'yinini o'tkazib yuboradi.

82-daqiqa. Kokening o'rniga Torres maydonga tushdi.

82-daqiqa. Havotir olmang! Bugun albatta anana buziladi. "Atletiko" himoyada yaxshi o'ynashini yozgandik, qiziq fakt, Ronaldu ECHL bu mavsumida safardagi o'yinlarda maydonni golsiz tark etmagandi.

81-daqiqa. Arda Turan bir nechta raqibni aldab oldinga o'tdi va oxirgi pallada Kasilyas to'pni maydondan chiqarib yubordi.

80-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA(LAR). Serxio Ramos va Raul Garsiya ogohlantirildi.

78-daqiqa. "Atletiko"ning uzoq davom etgan hujumi, lekin yakuniy zarba yana yo'q.

77-daqiqa. O'ZGARISH!!! Endi "Atletiko"da o'yinchi almashmoqda. Grizmanning o'rniga Raul Garsiya o'yinni davom ettiradi.

75-daqiqa. O'ZGARISH!!! Benzema o'rnini Iskoga bo'shatib berdi.

73-daqiqa. "Real" to'p bilan, muxlislarning asosiy qismiga bu yoqmayapti!
 
71-daqiqa. Yana Manjukich qoidani buzdi. Karvaxal jabrlanuvchi rolida.

70-daqiqa. Na goldan va na o'yinchi almashtirishdan darak yo'q!
 
68-daqiqa. Xavfli vaziyat!!! Marseloning faolligidan so'ng vaziyat yuzaga kelgandi, oxirgi zarbani beradigan o'yinchi topilmadi!

67-daqiqa. Benzema+Ronaldu+Beyl va Miranda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

64-daqiqa. Mandjukich bu ketishda o'yinni ertaroq tugatadi shekilli.

62-daqiqa. "Real" shoshmasdan oldinga o'tmoqda, lekin... Oblak erkin zarbani amalga oshiradi

61-daqiqa. Ronalduning oshirgan to'pini Benzema o'ziga o'nglay olmadi.

60-daqiqa. Xuanfran oldinga o'tdi, jarima maydoniga oshirilgan to'pni Modrich+Beyl qaytarishdi.

59-daqiqa. "Atletiko" butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda.

57-daqiqa. Arda Turan maydon markazida Marseloni yiqitdi, hakam og'zaki tanbeh bilan cheklandi.

56-daqiqa. Kroossning 25-30 metrlardan bergan zarbasi, darvozabon o'z o'rnida.
 
55-daqiqa. SARIQ KARTOCHKA! Mario Mandjukich hakam bilan tortishgani uchun "siylandi".

Bilasizmi?! "Atletiko" bir yildan ko'proq vaqtdan beri o'z maydonida gol o'tkazmayapti!

To'pga egalik qilish 42% - 58 "Real" foydasiga.

51-daqiqa. O'ynashmagin Ramos bilan, bo'lmasa qoshing yoriladi, deyish kerak Mandjukichga. Serxio bilan kurashdan so'ng Marioning qoshi yorildi!

50-daqiqa. "Atletiko" chinakamiga faol boshladi bo'limni.

49-daqiqa. Qanotda Xuanfran faollik ko'rsatdi, uning oshirib bergan to'pini Arda Turan darvozaga yo'naltirdi. Noaniq.
 
47-daqiqa. Yana maydon markazi uchun kurash kechmoqda

46-daqiqa. "Atletiko" faolroq 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ramos turdi, hakam esa bo'lim yakunlanganini bildirdi - 0:0.

45-daqiqa. Grizman bilan kurashdan so'ng Ramos yiqilib yotibdi.

44-daqiqa. Varan himoyada ham, hujumda ham faollik ko'rsatmoqda.

42-daqiqa. "Atletiko" burchak zarbasini amalga oshirdi, hujumni esa "Real" qildi. Ketma-ket zarbalar, to'p maydondan tashqarigai chiqib ketdi.

39-daqiqa. Modrich zarba berdi, lekin noaniq. Hamon hisob ochilmadi.

Takidlash lozim, hali biror marta ham "o'yindan tashqari holat" qayd etilmadi.

38-daqiqa. Grizmaaaan! "Atletiko"ning javobi. Zarba, Kasilyas to'pni egallab oldi.

37-daqiqa. Xames Rodrigesning ajoyib zarbasini Oblak qaytara oldi.
 
36-daqiqa. Jarima zarbasini Xames amalga oshirdi, burchak zarbasi.

34-daqiqa. Burchak zarbasidan so'ng, "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi, Ramos to'pni uzoqlashtira oldi.

33-daqiqa. Karvaxal maydon markazida Mandjukichni yiqitdi.
 
31-daqiqa. Beylning uzoq masofasidan bergan zarbasi xavfli chiqdi.   

31-daqiqa. Burchak zarbasi. Kasilyas o'z o'rnida.

28-daqiqa. "Atletiko" o'z jarima maydonchasi ichida oddiyroq o'ynashga harakat qilyapti.

26-daqiqa. "Real" hujumlarini ko'proq o'ng qanotdan tashkil qilmoqda.
 
24-daqiqa. "Atletiko" oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi. Kasilyas erkin zarbani amalga oshiradi.

23-daqiqa. Modrich maydon markazida to'pni Kroossga oshirgandi, nemis yigiti "uxlab" qoldi.
 
22-daqiqa. Ronalduning zarbasidan so'ng, to'p "jonli devorga" tegib qaytdi.

20-daqiqa. "Real" har ikki qanotdan oldinga o'tishga urunib ko'rdi. Jarima zarbasi!
 
18-daqiqa. "Atletiko" futbolchilari kuchli bosim ostida qolishmoqda va hujumni xotirjam boshlashga imkon topa olishmayapti.

17-daqiqa. "Real" to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Olis burchakdagi Varanning to'p oshirishi o'xshamadi.

16-daqiqa. Har ikki jamoa navbati bilan tezkor qarshi hujumga o'tishdi, to'p "Atletiko"da qoldi.
  
14-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini "Atletiko" amalga oshirdi, lekin samarasiz

13-daqiqa. Marselo atayin qoidani buzdi, lekin hakam braziliyalikni ayadi

11-daqiqa. "Atletiko" hozircha qarshi hujum uchun imkkoniyat kutayotgandek

10-daqiqa. Majichning qarorlari Diego Simeonega yoqmayapti

9-daqiqa. 35 metrlar chamasi masofadan aniq zarba, Oblak o'z o'rnida.

8-daqiqa. Xavfli jarima zarbasi belgilandi. To'p oldida Ronaldo

6-daqiqa. Hozircha tashabbus "Real" tarafda.

5-daqiqa. "Real" tashabbusni qo'lga olmoqchi, "Atletiko" bunga rozi emas.

3-daqiqa. Himoyachining qo'pol xatosidan so'ng, Beyl birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin Oblak jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

2-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi zarbani Dani Karvaxal amalga oshirdi, Oblak o'z o'rnida!

1-daqiqa. "Atletiko" oldinga o'tdi, Grizmanni yiqitishdi, hakam jim.

Muxlislar qo'shiqlarni boshlab yuborishgan va o'yin boshlandi.
"Real" boshladi!

Kasilyas va Koke o'yinni kim boshlashini aniqlab olishmoqda.
 
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va musobaqa madhiyasi yangramoqda.

Stadionda ajoyib muhit ekanligi Toshkentdan ham bilinib turibdi.

Assalomu alaykum! Demak, boshladik!

 

Boshlang'ich tarkiblar:

"Atletiko"

YA.Oblak, Miranda, Xuanfran, G.Sikeyra, D.Leal, Gabi, M.Suarez, A.Turan, Koke, M. Mandjukich, A.Grizmann

"Real"

Kasilyas, S.Ramos, Marselo, D.Karvaxal, R.Varan, L.Modrich, G.Beyl, T.Kroos, X.Rodriges, K.Ronaldu, K.Benzema

Bosh hakam: M.Majich
Qanot hakamlari:
M.Ristich, D.Jurjevich
To'rtinchi hakam:
D.Petrovich

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика