ECHL. "Arsenal" hujumchisi Lukas Peres tarixga kirdi
07 dek 2016 01:30
Yangiliklar
ECHL. "Arsenal" hujumchisi Lukas Peres tarixga kirdi
Londonning "Arsenal" klubining ispaniyalik hujumchisi Lukas Peres "Bazel" bilan bahsning dastlabki 16 daqiqasida ikkita gol urdi.
SHu tariqa, hujumchi ispaniyalik futbolchilar orasida Evropa chempionlar ligasida eng tez dublga erishgan o'yinchiga aylandi. Undan oldingi rekord Serxio Ramosga tegishli edi. "Real" himoyachisi 2014 yil "Bavariya" bilan o'yinda dastlabki 20 daqiqada o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ygan edi.
Fikrlar