ECHL. 5-tur. Zenit – Atletiko 1:1
26 noy 2013 23:56
Yangiliklar


ECHL. 5-tur. Zenit – Atletiko 1:1
Keyingi bosqich masalasini hal qilib bo'lgan "Atletiko" Rossiyaga deyarli ikkinchi tarkib bilan kelgandi. Mezbonlarga esa g'alaba suv va havodek zarur edi. O'yindagi hisob ikkinchi bo'limda mehmonlar vakili Adrian Lopes tomonidan ochildi. Futolchi bu vaziyatda qarshi hujumdan unumli foydalanib qoldi - 0:1. Oradan 20 daqiqa o'tgach mezbonlarning hujumlaridan biri Kurtua darvozasi ishg'ol qilinishi bilan tugadi. Jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni qaytarishga uringan Alderveyreldning boshiga tekkan to'p o'zgacha traektoriya hosil qilib darvozaga kirib ketdi - 1:1. Ushbu hisob o'yin so'nggiga qadar saqlanib qoldi va "Zenit" muhim ikki ochkoni boy berdi.
Tunda guruhning ikkinchi o'yinida "Portu" o'z uyida "Austria"ni qabul qiladi.
Zenit - Atletiko 1:1
Gollar: Adrian Lopes, 53 - 0:1. Alderveyreld, 74 - 1:1.
Atletiko: Kurtua - Alderveyreld, Xuanfran, Insua, Miranda - Koke, Raul Garsiya, Kristian Rodriges (Oliver Torres, 80), Gabi (s), Gilyavogi - Adrian Lopes.
N | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ATLETIKO | 5 | 4 | 1 | 0 | 13-3 | 13 |
2 | ZENIT | 5 | 1 | 3 | 1 | 4-5 | 6 |
3 | PORTU | 4 | 1 | 1 | 2 | 3-4 | 4 |
4 | AUSTRIYA | 4 | 0 | 1 | 3 | 0-7 | 1 |

Fikrlar