ECHL 1/8 finaliga atalgan sher
16 fev 2016 22:35
Yangiliklar
ECHL 1/8 finaliga atalgan sher
Quyida ushbu sherni taqdim etamiz.
Fevral oyi o'rtasi,
nimchorak start olar
Futbol boshlanmasidan,
ko'ngil sher tusab qolar.
Dastlab tushar "Benfika"
va "Zenit" jamoalari.
Kim yutar? Bordir savol
"De Lush"da javoblari.
CHiqib kelar maydonga,
PSJ va "CHelsi"lar.
Har ikkisi teng kuchli,
kuchlilari yutsinlar.
Turinda keksa chollar
va gegemon "Bavariya".
Biriga ochiq yo'llar,
biri bo'lar avariya.
London "Barsa"ni kutar,
unga "Arsenal" raqib.
Messi, Suares, Neymar,
ayasinda ishqilib.
Rim "Roma"si va "Real",
Madrid bunda ideal.
Rim sharmanda bo'ladi,
agar qilmasa halal.
"Dinamo" va "Manchester",
navbatdagi raqiblar.
Bunda "Siti" kuchliroq,
balki teng qayd etar.
PSV "Lan Luvers"da
"Atletiko"ni kutar.
YO PSV, yo Madrid
biri baribir yutar.
So'nggi juftlik aniqdir,
"Gent" hamda "bo'ri".
Jon berar axir yaqin,
chorak finali yo'li.
SHer yoqqan bo'lsa do'stlar
shoirga rahmat ayting.
Men yoqtirgan jamoa
Myunxenga yutib qaytar
Abdumalik, Qo'qon shahridan
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar