ECHL. 1/8 final o'yinlarini 8-9 avgust kunlari o'tkazish rejalashtirilmoqda
10 iyu 2020 15:58
Yangiliklar


ECHL. 1/8 final o'yinlarini 8-9 avgust kunlari o'tkazish rejalashtirilmoqda
UEFA kelasi haftada CHempionlar Ligasining qolgan o'yinlarini Lissabonda o'tkazilishini elon qilmoqchi.
8-9 avgustda 1/8 final o'yinlari o'tkaziladi, Lissabonda 12 avgustda mini-turnir boshlanadi. 8 jamoa bitta o'yin bilan pley-off formatini o'tkazishadi.
1/4 finalning to'rtta g'olibi yarim finalga yo'l oladi. Barcha o'yinlar "Joze Alvalade" va "Eshtadiu da Lush" stadionlarida muxlislarsiz o'tkaziladi.
Hozircha PSJ, "Atletiko", "Atalanta" va "Leypcig" jamoalari 1/4 finalga yo'l olib ulgurishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar