YCHL. 1/8 final o'yinlarini 8-9 avgust kunlari o'tkazish rejalashtirilmoqda

Alisher
10 iyun 2020, 15:58
UEFA kelasi haftada Chempionlar Ligasining qolgan o'yinlarini Lissabonda o'tkazilishini e'lon qilmoqchi.

8-9 avgustda 1/8 final o'yinlari o'tkaziladi, Lissabonda 12 avgustda mini-turnir boshlanadi. 8 jamoa bitta o'yin bilan pley-off formatini o'tkazishadi.

1/4 finalning to'rtta g'olibi yarim finalga yo'l oladi. Barcha o'yinlar "Joze Alvalade" va "Eshtadiu da Lush" stadionlarida muxlislarsiz o'tkaziladi.

Hozircha PSJ, "Atletiko", "Atalanta" va "Leyptsig" jamoalari 1/4 finalga yo'l olib ulgurishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS