EA Sports ketma-ket ikkinchi marta mundial g'olibini topdi
17 iyu 2018 18:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/444626_original.jpg)
![](/upload/storage/444626_220.jpg)
EA Sports ketma-ket ikkinchi marta mundial g'olibini topdi
May oyida EA Sports kompaniyasi FIFA 18 o'yinida JCH-2018 g'olibini aniqlashga urindi va kompyuter o'yinida Franciya terma jamoasi chempion bo'ldi.
Bu taxmin to'g'ri chiqdi, 15 iyul kuni finalda franciyaliklar Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi. Bu FIFA o'yinidagi ikkinchi to'g'ri taxmin. 2014 yilda ushbu simulyator Germaniya mundial g'olibi bo'lishi haqida malum qilgan edi.
Bundan tashqari, EA Sports kompaniyasi FIFA18 uchun chiqarilgan jahon chempionati turnirining statistikasini malum qildi.
O'yin foydalanuvchilari ushbu turnirda 406 mln. o'yin o'tkazishdi, ularda 1 mlrd. gol urildi. O'yinchilar ko'proq Braziliya, Franciya, Argentina, Belgiya va Portugaliya terma jamoalari bilan turnirda ishtirok etishdi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar