EA SPORTS FC 24. Futbolchilar reytingi elon qilindi. SHomurodov, SHukurov, Aliboev va Husanov qaysi o'rinda? Yangiliklar

EA SPORTS FC 24. Futbolchilar reytingi elon qilindi. SHomurodov, SHukurov, Aliboev va Husanov qaysi o'rinda?

Tez orada EA Sports futbol simulyatorining yangi qismi chiqariladi.

Bu safar futsim yangi qismi o'z nomini odatdagi FIFAdan EA SPORTS FC 24'ga o'zgaradi. Kanadalik ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti 29 sentyabr kuni dunyo yuzini ko'radi.

EA Sports futbolchilarining yangilangan reytingini muxlislar etiboriga havola qildi. 

Kuchli o'nlik quyidagi ko'rinishda:

1. Kilian Mbappe (Franciya, PSJ) — 91 ball 

2. Erling Holand (Norvegiya, "Manchester Siti") — 91

3. Kevin De Bryuyne (Belgiya, "Manchester Siti") — 91

4. Lionel Messi (Argentina, "Inter Mayami") — 90

5. Karim Benzema (Franciya, "Al Ittihod") — 90

6. Tibo Kurtua (Belgiya, "Real") — 90

7. Harri Keyn (Angliya, "Bavariya") — 90

8. Robert Levandovski (Polsha, "Barselona") — 90

9. Muhammad Saloh (Misr, "Liverpul") — 89

10. Ruben Diash (Portugaliya, "Manchester Siti") — 89

EA FC 24'ga kirgan o'zbekistonlik futbolchilar: 

3597. Eldor SHomurodov ("Kalyari") — 72

4312. Otabek SHukurov ("Fotih Karagumryuk") — 71

9072. Abduqodir Husanov ("Lans") — 66

13231. Ikrom Aliboev ("Kanvon") — 62

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика