Zoff: "22 yoshda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmasligi kerak"
14 iyu 2021 00:48
Yangiliklar
Zoff: "22 yoshda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmasligi kerak"
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Dino Zoff darvozabon Janluiji Donnarummaning "Milan"dan ketishi haqida gapirdi.
"U buyuklik sari qiyin yo'lni tanladi. Men uni tanlaganida ayblamoqchi emasman, ammo u allaqachon 'Milan'ning etakchisi bo'lsa, PSJda nima o'zgaradi? Ha, u ko'proq pul ishlashi mumkin, ammo pul 22 yoshda hal qiluvchi narsa bo'lishi kerakmi?" — deydi Zoff.
Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, uning klub bilan amaldagi shartnomasi iyulda tugaydi. OAVda tobora avj olib borayotgan malumotlarga ko'ra, italiyalik darvozabon faoliyatini PSJda davom ettiradi.
Fikrlar