Dyugarri: “Pogba - “Real” uchun ideal futbolchi”

18 may 2020, 08:45
Fransiya terma jamoasi sobiq a'zosi Kristof Dyugarri vatandoshi haqida so'z ochdi.

“Hamma “Real” yarim himoyasida o'rtacha yosh ancha kattalashib qolganini sezib turibdi. Shu sababdan ham chiziqlar bo'ylab to'pning yetib borishida muammolar paydo bo'lmoqda. Pogba esa yordam berishi mumkin. U gollar urishga ham qodir. “Real”ga yetishmayotgan narsani bera oladigan ideal futbolchi - Pogba. Uning hozirgi holatida muammosi bor deb o'ylamayman. Agar Zidan xohlaydigan bo'lsa, u bilan 1 yildan keyin ham shartnoma imzolasa bo'ladi”, - deydi Dyugarri.

Eslatib o'tamiz, Pogbaning MYU bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC