So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Dunyoning eng yaxshi 10 markaziy himoyachisi Yangiliklar

Dunyoning eng yaxshi 10 markaziy himoyachisi

Teglar :  TOP-10
Markaziy himoyachilar ichida etakchilarni yaxshi bilamiz, lekin o'zimiz uchun yangi ismlarni ham kashf etamiz.

Markaziy himoyachilar avvalgiga nisbatan hozirgi kunda ko'proq qadrlanmoqda. Ularning transfer narxi ham buni isbotlamoqda. Endi Rio Ferdinand kabi yillar davomida eng yaxshi, eng qimmat markaziy himoyachi bo'lish qiyin, rekordlarni ko'p cho'zmay yangilashmoqda. "Liverpul"ning uzoq yillardan beri ilk jiddiy g'alabalari bilan birga himoya markazida paydo bo'lgan van Deyk misoli – himoyachilarga ishonish zarurlgini ko'rsatmoqda. 

Etiboringizni "aynan hozirgi kunda" degan jumlaga qaratamiz — bu mavsum reytingdagi u yoki bu himoyachilarning joylashishiga bevosita tasir ko'rsatdi. 


10-o'rin. Franchesko Acherbi ("Lacio"; Italiya)

Ko'plab top jamoalar himoyasi kutilganidek harakat qila olmayotgan bir pallada, yosh, iqtidorli, mehnatkash yigitni etirof etishni lozim deb toptik. "Lacio" A Seriyada eng kam gol qo'yib yuborgan va Evropa bo'yicha bu borada eng yaxshi ko'rsatkichga ega klublardan biri hisoblanadi, Acherbi esa – Simone Inzagi "mashinasi"ning muhim detali. Darvozabon Strakosha vaqti-vaqti bilan juda qiyin vaziyatlarda jamoasini qutqarayotgani bor gap, lekin himoyadagilar to'pni olib qo'yishda ham, u uchun kurashda va to'pni uzoqlashtirishda ham yaxshi harakat qilishmoqda. "Burgutlar"ning o'yin uslubini inobatga olsak "Lacio" raqiblari zarba berish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo'ladilar. Acherbi bu borada ularni xavfini minimum darajaga tushirishda jonbozlik ko'rsatadi. 


9-o'rin. Leonardo Bonuchchi ("Yuventus"; Italiya)

Simeone shogirdlaridan ham kimnidir alohida ko'rsatishni xohlardik, lekin u erda individual kulchardan ko'ra, umumiy tizim yaxshi ishlaydi va Oblakdan yaxshiroq o'yin ko'rsatayotgan himoyachi ham yo'qdek. Bu erda jamoa taktikasi ham muhim rol o'ynaydi. Tanganing boshqa tomonida – "Yuventus" triosi. U erda esa birdaniga uchta kuchli markaziy himoyachi. Bu erda qariya Kelli bo'lishi mumkin edi, lekin jarohat sabab u Italiya chempionati doirasidagi bor yo'g'i 2 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu erda Lyaport bo'lishi mumkin edi, ammo yana jarohatlar o'z so'zini aytdi. Yana Xummels yoki Zyule yodga tushadi, lekin ularda ham qandaydir sabablar bor. Lekin Bonuchchi "Yuventus" himoyasining muhim azosi va uni mustahkam bo'lishiga katta hissa qo'sha oldi. de Ligt esa Italiyaga ko'nikishi qiyin bo'lmoqda va aytishlariga qaraganda, o'ziga boshqa jamoa qidirishga tushgan. Ammo Leonardo esa so'zsiz asosiy tarkib vakili. 


8-o'rin. Jerar Pike ("Barselona"; Ispaniya)

Umuman olganda Jerar – bunday reytingda top-5da bo'lishi kerak edi. Lekin "hozirgi vaqtda" ko'rinish sal boshqacharoq bo'lmoqda. Bu erda Ter SHtegen "Barselona" himoyachilaridan norozi bo'lgani va klubdagilar Pikeni futboldan ko'ra ko'proq biznes bilan ovvora bo'lib qolganidan nolishgandi. Ispaniyalik futbolga "to'ygandek", natijada o'z ustida ishlashni susaytirgandek. SHu bilan birga raqiblar "Barselona" darvozasi oldida ko'p ham vaziyat yarata olishmaydi. La Ligada – Pike nisbatan stabil o'yin ko'rsatmoqda va Lengle hamda Umtiti xatolarini sezdirmay keta olmoqda. 


7-o'rin. Milan SHkrinyar ("Inter"; Slovakiya)

Kontening "Interi"da bir yo'la 4ta ajoyib markaziy himoyachi mavjud. Yosh Sandro Bastoni tajribali Diego Godin bilan tap tortmay raqobatlasha olishini isbotlab ulgurdi, de Vrey – zo'r himoyachi, lekin bu kvartetda gollandiyalikni ham emas, Milan SHkrinyarni qayd etish o'rinli. U endigina 25 yoshda – markaziy himoyachi uchun bu hali hammasi oldinda degani, yani u o'z ustida hali yanada ko'p ishlashi va kuchayishi hech gap emas. SHu bilan birga Milan bugunning o'zida top darajaga chiqa olgandek, "Inter" darvozasi oldida vaziyat yaratilishi bo'yicha jamoa "Lacio" va "Yuventus"ni ortda qoldirib ketdi. Bunda SHkrinyarning ulushi katta albatta. Himoyachi APL klublari va Madridning "Real" jamoasi qiziqishlariga sababchi bo'lmoqda.  


6-o'rin. Dayotchankul Upamekano ("RB Leycpig"; Franciya)

Bundesligada bu mavsum faqat bir jamoa tartibli himoyasi bilan maqtana oladi – bu "Leypcig". Ko'pchilik uchun kutilmaganda etakchilari jarohat olgan "Bavariya" omadsizliklarga uchradi. Markazda Alaba bor, lekin avvalgi ishonchli o'yin yo'q bo'lgandek tuyulmoqda. "Leypcig" esa bazi kichik xatolar va ancha ochiq futbol namoyish qilishiga qaramay, raqiblariga o'z darvozasi oldida juda kam imkon qoldirayotgani bilan maqtana oladi. Upamekano hozir nafaqat o'z klubi balki butun Bundesligadagi eng kuchli himoyachilardan biri. 


5-o'rin. Xarri Maguayr ("Manchester Yunayted"; Angliya)

O'zining yangi jamoasiga avvalgi ishonchni qaytarishdan ko'ra, ishonchli o'yin ko'rsatayotgan himoya chizig'ining bir vakili bo'lish osonroq. De Xea ham charchadimi, avvalgidek ideal o'yin ko'rsata olmayapti. Tayanch zona haqida esa ortiqcha gapirishning hojati ham yo'q. MYU himoyasi anchadan buyon muxlislarini ishonchli harakatlari bilan xursand qilmayapti. SHu pallada Maguayr xarid qilindi — indvidual olganda Xarriga hech qanday ortiqcha etiroz yo'q. Bu transferiga sarflangan pullarni oqlayotgan kuchli markaziy himoyachi. Futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi (80 mln funt). Unga yaqin vaqtlar ichida yana bir kuchli sherik olib kelishlari kutilmoqda, lekin Xarrining o'zi ham himoyaga ancha yordam berdi.  


4-o'rin. Rafael Varan ("Real"; Franciya)

SHunday pallalar bo'ladiki, Varan – sayyoramizning eng yaxshi himoyachisidek tasavvur uyg'otadi. Lekin tarozining ikkita pallasiga barcha ijobiy va salbiy sifatlarni qo'yadigan bo'lsak, bir katta kamchilikni sezamiz. "Real" markziy himoyachisi hali nisbatan yosh bo'lishiga qaramay, juda ko'p sovrin yutishga ulgurdi. Klubda ham, terma jamoada ham u deyarli barcha musobaqalarni yutib bo'ldi, ammo u chinakam etakchi, yo'lboshchi bo'la olmayotgandek. Kurtua xatolarga yo'l qo'yayotgan damlarda, Ramos yaxshi sport formasi bo'lmaganda, Varan ham yo'qolib qoladi. Hozir Zidan himoyada tartib o'ranata olgandek va Rafaelning oti chopib turibdi. Lekin bu qancha davom etishini hech kim aniq bilmaydi. Kim biladi deysiz, balki Rafaga yonida Ramosdek etakchi borligi halal berayotgandek. Yani Varan masuliyatni o'z bo'yniga olishi shart emas, buni amalga oshiradigan sardor bor. Kuzatamiz, voqealar qanday rivojlanarkin. 


3-o'rin. Kalidu Kulibali ("Napoli"; Senegal)

Kimdir "Napoli"ning natijalariga qarab, Kulibalini bu qadar yuqoriga olib chiqib qo'ymaslik kerak deb aytar. Lekin sinchkovlik bilan etibor berilsa, Gattuzo jamoasi himoyasi Kalidu bo'lmaganida ancha qiynalib qolgan bo'lardi. Kulibali dunyoning eng kuchli himoyachilari qatoridan uzoq vaqtdan buyon tushmay keladi. U "Napoli"dagi jamoaviy xatolarni yopib keta olmas, lekin klub Anchelottini yo'qotdi, lekin CHempionlar Ligasi pley-offiga chiqdi, A Seriyadagi omadsizliklarni engib o'ta oldi. Kalidu uchun esa jamoasini o'zgartirish vaqti keldi shekilli. Bunday kuchli futbolchi sovrin yutishga haqli.  


2-o'rin. Serxio Ramos ("Real"; Ispaniya)

Ramos faoliyatida shunday davrlar bo'ldiki, u o'rgatib qo'ygan darajasida to'p tepa olmadi. Lekin hech qachon u tushkunlikka tushmagan va o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotmagan. Tanqidchilarga javoban u bir-ikki o'yin yoki bir oyni emas, butun faoliyatini baholashni so'raydi – u erda esa bir dunyo sovrinlardan tashqari Serxio futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilar qatoriga kiradi. Ramos avvalgidek tez yugura olmayotgan bo'lishi mumkin, qo'pol xatoga yo'l qo'yishi ham uchrab turibdi, kartochkalar esa futbolchi yoshligida ham u bilan birga edi. Lekin hozir "Real" "Atletiko"dan ham kamroq gol qo'yib yubordi va bu Kurtua o'z o'yinini topib olgani, Varan va Ramos esa bunda unga yordam berayotganidan darak. Serxio yana cho'qqida. 


1-o'rinda. Virjil van Deyk ("Liverpul"; Niderlandiya)

Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi-ku, lekin van Deykni birinchi o'rindaligini shubha ostiga olish hozir ahmoqlik bo'ladi. Oxirgi paytlar ko'pchilik uni Vidich yoki Terri bilan (ularning eng yaxshi sport formasidagi holati bilan) – ideal MYU va "CHelsi"da ularning statistikasi ajoyib edi, Virjil bu mavsum avvalgisiga qaraganda sal bo'shashgandek. Ammo ko'proq muddatni hisobga olaylik, uning imkoniyatlarini inobatga oling. Virjil van Deyk – dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi. U Ramosdan yoshroq, u Kulibalidan farqli o'laroq ECHL finalida g'alaba qozondi, u Varanga etishmagan etakchilik qobiliyatiga ega, uning jamoasi Maguayr "MYU"sini jadvalda 37 ochkoga ortda qoldirmoqda va 9 taga kamroq gol o'tkazib yuborgan. Van Deyk Upamekano va SHkrinyardan tajribaliroq, u Pike va Bonuchchidan faoliyatining cho'qqisiga endi chiqqani bilan ajralib turadi.


Jahonda kuchli markaziy himoyachilar ko'p – bu o'nlikdan esa futbolchilar ushbu mavsumdagi o'yinlariga ko'ra kiritildi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика