So’nggi yangiliklar

20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  5 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  13 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  3

Dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari Yangiliklar

Dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari

Quyida dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari ro'yxatini etiboringizga havola etamiz.

10. Kristian Eriksen (25 yosh)
Klub: “Tottenxem”
Fuqaroligi: Daniya
Narxi: 70 mln evro

Daniyalik yarim himoyachi vatanida ketma-ket uch yildan beri eng yaxshi futbolchi deb etirof etilmoqda. Angliya chempionatining 157ta o'yinida qatnashib, 37ta gol urgan. Bu borada u hamkasbi, “Arsenal”ning sobiq o'yinchisi Niklas Bentnerni ham ortda qoldirib ketdi.


9. Koke (26 yosh)
Klub: “Atletiko”
Fuqaroligi: Ispaniya
Narxi: 70 mln evro

“Atletiko” o'yinchilari hali “yulduz” bo'lmasalar-da, har safar CHempionlar Ligasining finaligacha chiqadilar. Koke o'ng qanot, chap qanot va markaziy yarim himoyada maydonga tushadi. Uni nafaqat fulbolkasidagi olti raqami uchun, balki aniq va o'z vaqtidagi paslar uchun ham, muntazam ravishda, Xaviga qiyoslashadi.


8. Saul (23 yosh)
Klub: “Atletiko”
Fuqaroligi: Ispaniya
Narxi: 70 mln evro

Saul “Atletiko”ning ajoyib o'yinchisi bo'lgani uchun, balki, “Barselona” xavbekga “yopishib olgandir”. SHu sababli ham, madridliklar u bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishdi. Saul 16 yoshida “Fulxem”da o'ynashi mumkin edi. Lekin, o'sha payt u Angliyaga ketmaganidan xursand.


7. Isko (25 yosh)
Klub: “Real”
Fuqaroligi: Ispaniya
Narxi: 75 mln evro

Iskoning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. SHartnomaga ko'ra tovon puli — 700 million evro. Hozir bu aqlbovar qilmas summadek tuyular, ammo bir necha yil o'tib, ishlar shu yo'sinda ketib tursa, shayxlarning biri bu narxni yanada oshirishga ham bel bog'lar...


6. Toni Kroos (28 yosh)
Klub: “Real”
Fuqaroligi: Germaniya
Narxi: 80 mln evro

Kroos (Ronaldu bilan birgalikda) klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatida g'olib chiqish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. U bu mukofotni to'rt bor yutishga muvaffaq bo'lgan. Xozir “Real”da og'ir vaziyat bo'lishiga qaramay, germaniyalik o'z qadr-qimmatini yo'qotib qo'ymayapti. Futbolchining so'zlariga qaraganda, jamoa buyog'iga chempionlik emas, keyingi mavsum uchun CHempionlar Ligasi yo'llanmasiga ega chiqish haqida o'ylashi zarur.


5. Serxio Buskets (29 yosh)
Klub: “Barselona”
Fuqaroligi: Ispaniya
Narxi: 80 mln evro

Buskets yaqindagina Ispaniya termasi tarkibida 100-o'yinini o'tkazdi. Nasib qilsa, JCH-2018da uni ham uchratishingiz mumkin. Ehtimol, ispaniyalik simulyaciyaga moyilligi uchun, uning muxlislari boshqalarnikiga qaraganda kamroqdir. Ammo, Busketsning raqibdan to'pni olib qo'yishi va “Barselona”ning hujumlariga zamin yaratishi — bu yuqori darajadagi futbolning yorqin namoyondasi ekanidan dalolatdir.


4. Dele Alli (21 yosh)
Klub: “Tottenxem”
Fuqaroligi: Angliya
Narxi: 80 mln evro

Ro'yxatimizdagi eng yosh yarim himoyachi Allining klub bilan shartnomasi 2022 yilda o'z nihoyasiga etishiga qaramay, “Tottenxem” shartlarni yanada ko'paytirish payiga tushib qoldi.


3. Filippe Koutino (25 yosh)
Klub: “Barselona”
Fuqaroligi: Braziliya
Narxi: 90 mln evro

Ehtimol, Koutino to'g'risidagi tinimsiz malumotlardan zerikkandirsiz, ammo 3-o'rinni egalllab turgan braziliyalik haqida yana bir bor o'qishingizga to'g'ri keladi. Futbolchi yanvar boshida “Liverpul”dan ketganidan xabaringiz bor.
Kataloniya klubiga o'tgan yarim himoyachi kelasi hafta debyut qilishi rejalashtirilgan. Qiziq, “ko'k-anorranglilar” avvalgi 4-3-3 sxemasiga ushbu transferdan so'ng endi qaytarmikan?! Bundan ham qizig'i shundaki, Koutino yangi jamoada o'zini qanday ko'rsata olarkan?! “Liverpul”da deyarli barcha hujum u orqali qurilardi, Ispaniyada esa buning uchun boshqa futbolchilar etarli.


2. Pol Pogba (24 yosh)
Klub: “Manchester Yunayted”
Fuqaroligi: Franciya
Narxi: 90 mln evro

Bu yigit soch turmagi bilan ko'pchilikdan ajralib turadi. MYUda Pogbaning o'yini “Yuventus”dagiga nisbatan sekinroq o'sayotgan bo'lishi mumkin. Maydonda u yaxshi harakat qiladi. So'nggi vaqtlarda u golli pas beradigan bo'lsa, bir o'yinda bu ishni bir yo'la ikki bor bajarmoqda.


1. Kevin De Bryuyne (26 yosh)
Klub: “Manchester Siti”
Fuqaroligi: Belgiya
Narxi: 110 mln evro

Uning to'p oshirishlari — bu Pirlo va Sneyder paslarining biriktirilgan variantidir. Dastlabki va oxirgi yurishlarni u bajaradi. Odatda, bu vazifalar ikki o'yinchining ishi. “Siti”da esa belgiyalik bularni bir o'zi uddalamoqda. Oxirgi yil ichida xavbekning narxi 50 milliongacha ko'tarildi. Qanday qilib shunday o'yinchi “CHelsi”ga kerak bo'lmagan ekan, qiziq?!



Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика