Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (40-31-o'rinlar)
30 mar 2018 19:30
Yangiliklar


Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (40-31-o'rinlar)
40. DIOGU DALOT
Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 18 mart, Portugaliya
Poziciyasi: Himoyachi
Jamoasi: "Portu" (Portugaliya)
19 yosh bo'lishiga qaramasdan futbolchi bu mavsumda "Portu"ning o'yinlariga muntazam jalb etilmoqda. Jamoa bilan ECHLda "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. SHuningdek, Portugaliya chempionatining 6 bahsida o'ynadi, shulardan to'rttasida asosiy tarkibda harakat qildi. U jamoaning kelajagi porloq futbolchisi deb tariflanmoqda. SHak shubhasiz, u jamoaning bo'lajak yulduzi bo'lishga qodir.
39. BRAIM DIAZ
Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 3 avgust, Ispaniya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Manchester Siti" (Angliya)
Diaz mashina kabi "Manchester Siti"ning 3 uchrashuvida maydonga tushdi. So'nggi turlarda Pep Gvardiola uni muntazam ravishda o'yinlarga jalb etmoqda. Etiborlisi, Diaz "Malaga" safida bo'lganida Pep uni "Barselona"ga transfer qilmoqchi bo'lgan. Braim Ispaniyaning 21 yoshgacha bo'lganlar termasining asosiy futbolchisi. Unga ayni damda "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
38. UMARO EMBALO
Tug'ilgan yili va joyi: 2001 yil 23 may, Portugaliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Benfika" (Portugaliya)
16 yoshli Umaro "Benfika"ning 19 yoshgacha bo'lganlar jamoasi asosiy tarkib futbolchisi. Yanvar oyida "Leypcig" uni sotib olish uchun 20 mln evrodan voz kechishga tayyor edi. Biroq jamoasi uni qo'yib yubormadi. Muxlislar chapaqay Embaloni Anxel Di Mariyaga qiyoslashmoqda.
37. VILLEM GUBBELS
Tug'ilgan yili va joyi: 2001 yil 16 avgust, Franciya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Lion" (Franciya)
Tasavvur qilyapsizmi, 16 yoshli futbolchining tovon puli 70 mln evro! "Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas uni yaxshi ko'radi va hech qaerga sotib yuborishni istamaydi. To'g'ri, hozircha u "Lion"ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Biroq yoshlar jamoasi bilan 12 uchrashuvda 6 gol kiritdi. Uni "Monako" sotib olmoqchi bo'lgan, biroq 70 mlnni eshitib bundan voz kechgan.
36. EYNDJEL GOMESH
Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 31 avgust, Angliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Manchester Yunayted" (Angliya)
O'tgan mavsumda futbolchi MYU tarkibida debyut o'tkazdi. Uni jamoaga Danken Edvards jalb etdi. U dekabr oyida "Manchester Yunayted" bilan professional shartnoma imzoladi. Angliyaning 17 yoshli termasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Futbolchi "Yunayted"ning kelajagi deb aytilmoqda.
35. SERXIO GOMEZ
Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 4 sentyabr, Ispaniya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Borussiya D" (Germaniya)
Yanvar oyida Dortmundning "Borussiya"si 17 yoshli futbolchini 3 mln evroga sotib oldi va jamoaning 18 yoshli tarkibiga jo'natdi. U 17 yoshgacha bo'lganlar JCHsida "Kumush to'p"ni qo'lga kiritdi, uning ideal darajadagi texnikasi bor. Serxio "Kamp Nou" yulduzi bo'lishi mumkin edi, biroq u Germaniyaga yo'llanma oldi.
34. AMIN GUIRI
Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 16 fevral, Franciya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Lion" (Franciya)
Karim Benzema va Aleksandr Lyakazettlardan keyin "Lion"da yana bir to'purar hujumchi o'sib ulg'aymoqda. U o'tgan yili Xorvatiyada o'tgan 17 yoshgacha bo'lganlar Evropa chempionatida eng ko'p gol kiritgan futbolchi bo'ldi. Uning ham texnikasi, driblingi yuqori saviyada. U bu mavsumda "Lion" tarkibida 5 uchrashuvda qatnashgan bo'lsa-da, hozircha gol kirita olmadi. Biroq uning davri endi keladi.
33. KAY XAVERC
Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 11 iyun, Germaniya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Bayer" (Germaniya)
18 yoshli futbolchi ikki mavsumdan buyon "Bayer"ning asosiy himoyachilaridan biri. O'tgan mavsumda 24, bu mavsum esa hozircha 23 uchrashuvda harakat qilgan futbolchi 6 marta gol ham kiritgan. Umumiy hisobda 50dan ortiq o'yin o'tkazdi. Natijalar alo! Uning o'yinlarini "Liverpul" skautlari jiddiy ravishda kuzatib bormoqda.
32. XUAN KAMILO ERNANDES
Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 22 aprel, Kolumbiya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Ueska" (Ispaniya)
Segunda yulduzi! U atigi 18 yoshda. Biroq jamoasi bilan 25 uchrashuvda qatnashib, 11 gol kirita oldi. "Kucho" Aleksis Sanches kabi tezkor, kuchli va texnikali. Unga Kolumbiyaning bo'lajak yulduzi deb qarashmoqda.
31. ALEKSANDER ISAK
Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 21 sentyabr, SHveciya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Borussiya" D (Germaniya)
SHveciyaning mahalliy AIK jamoasida ko'rsatgan yorqin o'yinlari Dortmundning "Borussiya"si skautlari nazariga tushdi. 18 yoshli futbolchi jamoasining asosiy futbolchisi bo'lib hisoblanmasa-da, u Dortmundni tark etgan Per-Emerik Obameyangning o'rnini bosishi kutilmoqda. Biroq u gabonlikning darajasiga etishi uchun anchagina ishlashi kerak.
(Davomi bor)
Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (50-41-o'rinlar)
Mirjalol Normatov tarjima qildi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar