So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

PFLdan navbatdagi tarixiy kelishuv Yangiliklar

PFLdan navbatdagi tarixiy kelishuv

Teglar :  Volkswagen
Malumki, mashhur Volkswagen brendi sport, xususan futbol ommaviyligini oshirishda dunyo miqiyosida qator yirik loyihalarni amalga oshirib keladi.

Jumladan, Volkswagen 2021 yilning yoz oylarida bo'lib o'tadigan EURO2020 — futbol bo'yicha Evropa chempionati musobaqalarining rasmiy homiysi sanaladi. Kompaniya shuningdek, Germaniya, Rossiya va boshqa qator mamlakatlarning milliy futbol ligalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Endilikda O'zbekiston bozoriga ham kirib kelayotgan Volkswagen brendi yurtimizda sport targ'iboti yo'lida yirik loyiha boshlamoqda. Jumladan, Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylanmoqda.

UzReport Pro liganing media va tijorat huquqlari bo'yicha ham O'zbekiston Professional futbol ligasi bilan hamkorlik qilishidan xabaringiz bor. Bugun PFL, Volkswagen hamda Uzreport TV o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Endilikda Pro liga tarixda ilk bor o'z homiysiga ega bo'ldi.

Imzolangan uch tomonlama shartnomaga ko'ra dunyoga mashhur Volkswagen brendi mamlakatimiz futboli rivojiga o'z hissasini qo'shadi. Jumladan, Volkswagen Pro ligaga oid barcha translyaciyalar, tadbir va uchrashuvlar davomidagi tijoriy bannerlar, reklama roliklari hamda media mahsulotlari orasidan joy egallaydi.

Umid qilamizki, Volkswagen bilan mazkur hamkorlik O'zbekiston futboli rivoji yo'lidagi yana bir dadil qadam bo'la oladi.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика