So’nggi yangiliklar

19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11

Dunyoda faqat 15 kishi Ronalduga javob tariqasida obuna bo'lmagan Yangiliklar

Dunyoda faqat 15 kishi Ronalduga javob tariqasida obuna bo'lmagan

Krishtianu Ronaldu "Instagram"dagi o'quvchilari soni (204 mln.) bo'yicha rekordchi ekanligi hech kimga sir emas.

Ronalduning o'zi 439ta akkauntga obuna bo'lgan va ularning 424tasi javob tariqasida Krishtianu profilidagi "podpisatsya" tugmasini bosgan. 15 kishi esa bu ishni qilmagan. Keling, ular kimligini bilib olamiz.


Stiv Amell - 6,2 mln. obunachi

"Toshbaqa nindzyalar 2" filmidagi Keysi Jons va "Yashil o'q" serialidagi rollari bilan mashhur bo'lgan kanadalik aktyor Oliver Kuin.


Dastin Pore - 1,3 mln. obunachi

Aralash qoidalarning amerikalik jangchisi, engil vazn vakili. 2009 yildan beri professionallar safida jang qiladi, UFC va WEC turnirlaridagi ishtiroki bilan mashhur. Engil vaznda UFC sobiq chempioni.


Leonardo Di Kaprio - 40,9 mln. obunachi

Afsonaviy amerikalik aktyor. "Oskar" mukofoti laureati, uch karra "Oltin globus" sovrini sohibi va ekologiya uchun faol kurashuvchi inson.


Kayli Jenner - 163 mln. obunachi

Amerikalik model, biznesvumen. Kylie Cosmetics kompaniyasining asoschisi va egalaridan biri. Mark Cukerberg rekordini yangilab, 21 yoshida eng yosh milliarderga aylandi.


Ariana Grande - 175 mln. obunachi

Amerikalik aktrisa, xonanda, qo'shiq so'zlari muallifi, musiqiy prodyuser. U shou-biznesdagi professional karerasini 2008 yil Brodveydagi "13" myuziklida boshlagan.


Kendall Jenner - 12 mln. obunachi

Amerikalik supermodel.


Selena Gomes - 168 mln. obunachi

Amerikalik xonanda va aktrisa. "Veyverli Pleys" serialidagi Aleks Russo roli uchun Kids Choice Awards va ALMA Award mukofotlarini qo'lga kiritgan.


Floyd Meyvezer - 23 mln. obunachi

Mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan o'rta yarim vaznda jang qiluvchi amerikalik professional bokschi. Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi.


Jessika Alba - 17,3 mln. obunachi

Amerikalik aktrisa. "Qora farishta" teleserialidagi bosh rol orqali mashhur bo'lgan. Ayni damda Gollivud filmlarida suratga tushadi.


Kara Delevin - 44,3 mln. obunachi

Britaniyalik model va aktrisa. Amerikaning "Vogue" jurnali talqini bo'yicha "Feshn-sanoatning 45 yoshgacha bo'lgan zamonaviy insonlari"dan biri. Fotomodel Models.com portalida 5-o'rinni egallab turibdi.


Emili Ratakovski - 25,5 mln. obunachi

Amerikalik model va aktrisa. 2013 yil Robin Tikning "Blurred Lines" klipi orqali mashhurlikka erishgan.


Xolli Xolm - 2 mln. obunachi

Boks bo'yicha ko'p karra jahon chempioni va UFC sobiq chempioni. Ronda Rouzini nokaut qilgan jangchi.


Neyt Dias - 4,3 mln. obunachi

UFC jangchisi. Ushbu turnirda Konor MakGregorni mag'lubiyatga uchratgan birinchi jangchi.


Misha Teyt - 2 mln. obunachi

UFC sobiq jangchisi, tepadagi Xolli Xolmdan kamarni tortib olgan sportchi. Hozir "dekret"dagi hayotidan zavq olmoqda.


Siara - 24,6 mln. obunachi

Amerikalik xonanda, qo'shiq so'zlari muallifi, prodyuser, raqqosa, aktrisa va model.



Nima deb o'ylaysiz, nega bu insonlar "Instagram"da Ronalduga obuna bo'lmagan?

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика