So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Dunyo bo'ylab eng katta ko'cha futboli chempionati yana O'zbekistonda Yangiliklar

Dunyo bo'ylab eng katta ko'cha futboli chempionati yana O'zbekistonda

Teglar :  Red Bull
24 martdan 27 aprelgacha Toshkent shahrida xalqaro turnirning milliy bosqichi bo'lib o'tadi.

Bu musobaqa 4 ga 4 formatida – Red Bull Four 2 Score 2025 nomi ostida o'tkaziladi. Jamoalar darvozabonsiz, qisqartirilgan maydonda va noyob gol hisoblash tizimida raqobatlashadi. G'olib jamoa mamlakatni Avstriyadagi jahon finalida namoyish etishga haqlidir. Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tishi loyiha rasmiy saytida 17 aprelgacha amalga oshiriladi.



Red Bull Four 2 Score – bu kichik maydonda o'tkaziladigan 4 ga 4 futbol musobaqasidir. O'yinlar 10 daqiqa davom etadi, to'xtovlarsiz va darvozabonsiz o'tkaziladi. Turnirning o'ziga xos jihati shundaki, o'yinning birinchi va oxirgi 60 soniyasida kiritilgan gollar 2 ochko hisoblanadi. Musobaqada 25 dan ortiq mamlakat ishtirok etadi va g'oliblar Avstriyada, Red Bull Salzburg'ning uy arenasida o'tkaziladigan jahon finalida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Turnir bosqichlari:
     • 1-bosqich: Guruh bosqichi – 19-20 aprel
     • 2-bosqich: Pley-off / Milliy Final – 27 aprel
     • 3-bosqich: Jahon finali (Avstriya) - 2025 yil sentyabr

Guruh bosqichida g'olib jamoa 3 ochko, mag'lub jamoa esa 0 ochko oladi. Agar 10 daqiqadan keyin hisob teng bo'lsa, ikkala jamoa ham 1 ochko oladi. Guruh bosqichida penalti seriyasi yoki oltin gol tizimi tatbiq etilmaydi. Pley-off bosqichida esa, agar 10 daqiqadan keyin hisob teng bo'lsa, g'olib oltin gol qoidasi asosida aniqlanadi.



Oltin gol nima: Har bir jamoadan bitta o'yinchi 1 ga 1 o'ynaydi, birinchi gol urilgunga qadar. Jamoa oltin gol urganida, o'yin tugaydi va g'olib keyingi bosqichga o'tadi.

Turnirning milliy finali 27 aprel kuni Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida bo'lib o'tadi. Jamoangizni to'plang va loyiha rasmiy saytida 17 aprelgacha ro'yxatdan o'ting. Balki, siz va do'stlaringiz O'zbekiston chempionlari bo'lib, mamlakatni Avstriyadagi jahon finalida namoyish etasiz.

Qo'shimcha malumot:
• loyiha rasmiy sayti 2025
• loyiha afishasi 2025
• 2024-yilgi Red Bull Four Two Score O'zbekiston fotosuratlari – bu erda
• 2024-yilgi News cut (tadbirning xom video kesimlari) – bu erda
• Turli mamlakatlardan fotosurat va videolar – bu erda

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика