
"Uyimizda o'tgan jahon chempionatidan so'ng, futbolchilarning ishonchini o'ziga qaytarmoqchiman. Bugun yaxshi harakat qildik. O'yin davomida kuchimizni to'g'ri taqsimlab, tezkor futbol namoyish etdik. To'p egalik qilish bo'yicha ham ustunlik bizda bo'ldi. Xatolar bo'ldi, ayniqsa standart vaziyatlarda, ammo xatolarni to'g'irlashimiz bilan, hammasi o'z joyiga tushdi.
G'alabali seriyamiz - ter to'kkan mehnatimizning mevasi. Shu ruhda davom etishimiz kerak. Charchaganlar Chiliga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Ammo hammani almashtira olmayman" - deydi Dunga.