Duglas Kosta "Bavariya"ga qaytishi mumkin
23 jan 2020 13:37
Yangiliklar


Duglas Kosta "Bavariya"ga qaytishi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta "Bavariya"ga qaytishi mumkin.
Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bu haqda futbolchilar bilan bo'lgan yig'ilishda gapirdi.
Nemis klubi qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar Kosta bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Duglas joriy mavsum Italiya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2015-2018 yillar davomida "Bavariya" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar