So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Dubayning “Al-Ahli” klubi keyingi paytda g'alabani yoddan chiqarib qo'ydi Yangiliklar

Dubayning “Al-Ahli” klubi keyingi paytda g'alabani yoddan chiqarib qo'ydi

“Nasaf”ning OCHLdagi raqiblaridan biri Dubayning “Al-Ahli” jamoasining keyingi paytlarda omadi yurishmayapti.
Jamoa BAA Pro Ligasining 14-turida so'nggi marta g'alaba qozongan edi. Ular 4 fevral kuni o'z maydonlarida “SHarja” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishib, shundan so'ng g'alaba nimaligini unutib qo'yishdi.

15-turda “Al-SHabab” jamoasidan 1:0 hisobida, 16-turda o'z maydonida “Al-Vasl”dan yirik 4:0 hisobida mag'lubiyat alamini tortishgan dubayliklar 19 fevral kuni BAA Proligasi 17-turida “Ajman” jamoasi bilan safarda murosa yo'lini tanlashdi, uchrashuvda golsiz durang qayd etildi.

Jamoaga yaqinda 9 million evroga xarid qilingan, “Milan” va “Manchester Siti” takliflarini rad etgan braziliyalik legioner Everton Ribeyro ham raqiblar darvozasiga yo'l topa olmayapti.

Bu natijalar albatta klub rahbariyatini qoniqtirmasligi turgan gap, endi ruminiyalik mutaxasis Kozmin istefoga chiqarilsa ham ajab emas. Zero arab mamlakatlarida murabbiy almashtirish hech narsa turmaydi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Kozminga juranlistlar ham uning istefosi to'g'risida savol berishgan: Kozmin: -Men hozir istefo to'g'risida o'ylayotganim yo'q, balki Saudiya Arabistonining “Al-AHli” jamoasi bilan OCHLda bo'ladigan o'yinimiz haqida o'ylayapman”,- deb javob qaytargan.

Eslatib o'tamiz, “Al-Ahli” 25 fevral kuni OCHL-2015 doirasidagi ilk uchrashuvni o'z maydonida Saudiyaning “Al-Ahli” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Diqqat! FIFA.UZ saytida OCHL guruh bosqichi uchun jamoa tuzib musobaqaning rasmiy to'pini yutib olish mumkin! Jamoa tuzishga o'tish.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика