Dubai Cup: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqani Yaponiyaga qarshi durang bilan boshladi
15 noy 2018 11:18
Yangiliklar
Dubai Cup: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqani Yaponiyaga qarshi durang bilan boshladi
Vakillarimiz Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishdi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarga Aziz Omonov (14-daqiqada) va Oston O'runov (29-daqiqada) mualliflik qilishdi. Endi 17 noyabr kuni Olimpiya terma jamoamiz BAAga qarshi, 20 noyabr kuni esa Kuvayt terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Dubai Cup»
14 noyabr 2018 yil, BAA, Dubay.
O'zbekiston – Yaponiya 2:2
Gollar: Aziz Omonov 14, Oston O'runov 29 – Fudjitini 17, Ogava 45 (penalti).
O'zbekiston: 21. Hamroev Umid, 15. Nasrullaev SHerzod, 30. G'ofurov Husniddin, 4. Qobilov Islom (s), 16. Saitov Dilshod, 5. Ismoilov Abror (22. Umirov Davron – 50), 6. O'runov Oston (8. To'xtasinov Nurillo – 80), 7. Nurillaev Suhrob (17. Kenjaboev Islom – 50), 11. Rashidxonov Islom (19. Rustamov Oybek -70), 14. Omonov Aziz (13. Ikromov Farrux – 80), 9. Mirahmadov Mirjahon (10. Qodirqulov Sanjar – 70).
Fikrlar