Duayt York: "Xoylundda forvardga kerak bo'ladigan X-faktor yo'q"
02 avg 2024 20:01
Yangiliklar
Duayt York: "Xoylundda forvardga kerak bo'ladigan X-faktor yo'q"
Duayt York Rasmus Xoylundning "Manchester Yunayted"da salohiyatini ro'yobga chiqarishiga ishonchi komil emas.
21 yoshli hujumchi o'tgan mavsum APLning 30 o'yinida maydonga tushib, 10 ta gol urgandi.

"O'ylaymanki, Xoylund uchun mavsumda 20 ta gol uradigan hujumchi bo'lish juda qiyin bo'ladi. Menimcha, bu hech qachon sodir bo'lmaydi.
U hali yosh o'yinchi, lekin uni Evro-2024da kuzata turib ham unga nimadir etishmayotganini payqadim. Aniq sababini tushunmayapman. Unda hujumchiga kerak bo'ladigan X-faktor yo'q.
Menimcha, u yaxshi futbolchi. Uni shu toifaga kiritsa bo'ladt, chunki u hali rivojlanadi. Yigitdan umidlar katta va men unga eng yaxshi niyatlarni tilayman.
Umid qilamanki, u meni hayratda qoldira oladi. U "Manchester Yunayted"ning qutqaruvchisiga aylanadimi? Javob yo'q", – dedi mankunianlar sobiq hujumchisi Duayt York.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar