Drogba: “Messi hali Maradona va Pele darajasida emas, ammo...”

20 mar 2018, 22:42
“Chelsi”ning sobiq hujumchisi Dide Drogba “Barselona” hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Messi faoliyatini hoziroq yakunlashi mumkin. U jahonda futbol uchun ko'p narsani amalga oshira oldi. Agar u JCHni yutsa, bu sovrin uni afsonaga aylantiradi. 

U betakror. Messi hali Maradona va Pele darajasida bo'lmasada, ammo ularga juda yaqin kelgan”, deydi afriklik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AFP