Dris Mertens ketma-ket ikki o'yinda xet-trikka erishib 42 yillik natijani takrorladi
18 dek 2016 20:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/231675_original.jpg)
![](/upload/storage/231675_220.jpg)
Dris Mertens ketma-ket ikki o'yinda xet-trikka erishib 42 yillik natijani takrorladi
"Napoli" klubi Italiya A seriyasi 17-turida "Torino"ga qarshi o'ynadi.
Bahsning birinchi bo'limda mezbonlar hujumchisi Dris Mertens uchta gol urishga erishdi. U o'tgan turda "Kalyari" bilan o'yinda ham xet-trik qayd etgandi.
SHu tariqa, belgiyalik futbolchi Italiya A seriyasida 42 yil oldingi natijani takrorladi.
1974 yilgi mavsumda "Yuventus" hujumchisi Petro Anastasi 29-turda "Fiorentina" va 30-turda "Vichenca" bilan o'yinlarda uchtadan gol urishga erishgan.
Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar