Dris Mertens Edinson Kavaniga etib oldi
08 apr 2019 08:55
Yangiliklar


Dris Mertens Edinson Kavaniga etib oldi
Mertens kecha “Napoli” safida “Jenoa”ga qarshi bahsda maydonga tushib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Bu belgiyalik futbolchi uchun “Napoli” safida barcha musobaqalarda urgan 104-goli bo'ldi. Natijada Mertens Edinson Kavaniga etib oldi. Ikkala futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida 4-o'rinni band etib turibdi. Oldinda Marek Hamshik (121), Diego Maradona (115) va Attila Sallustro (108) bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar