So’nggi yangiliklar

Dramatik o'tgan penaltilar seriyasidan so'ng Inesta Yaponiya Superkubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Dramatik o'tgan penaltilar seriyasidan so'ng Inesta Yaponiya Superkubogini qo'lga kiritdi

Yaponiya Superkubogining navbatdagi g'olibi "Vissel Kobe" jamoasi bo'ldi.

Yaponiya Superkubogi

"Yokogama Marinos" - "Vissel Kobe" 3:3 (2:3 - penaltilar seriyasida)

Gollar: Markos Junior (36), Takaxiro Ogixara (54), Erik Lima (73) - Duglas (27), Kyogo Furuxashi (40), Xotaru Yamaguchi (69)

"Yokogama Marinos": Park I Gyu, Bunmatan, Matsubara, Tiago Martins, Natanaka, Ogixara, Kida, Markos Junior, Erik, Onayvu, Nakagava

"Vissel Kobe": Ikura, Vermalen, Nishi, Sakai, Dankler, Osaki, Inesta, Yamaguchi, Serxi Samper, Duglas, Furuxashi


Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa har ikki jamoa dastlabki ikki zarbasini golga aylantirdi. SHundan so'ng ikkala jamoa tomonidan berilgan 9ta (!) zarba golga aylanmadi va seriya bitta xatogacha davom etdi. Nihoyat, Superkubokda rasman mehmon sifatida harakat qilgan "Vissel Kobe" Yaponiya Superkubogini qo'lga kiritdi.




Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика